Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə37/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Konflikt eskalasiyasi bu tanglik va zo’rlikning kuchayishidir‖
1
.

Konfliktning tugashi va uni psixologik hal qilish 
Konfliktni tugash shakllari. Konfliktlar tipologiyasi bir xil emas,
konfliktlar o’zgaruvchan, biri boshqasiga o’xshamaydi. Bunday vaziyatda
konfliktlar tugashining yagona shakllarini aniqlash yoki ularni hal qilishning
qandaydir universal usullarini topish qiyin masaladir. Biroq, muammoning

1
Қаранг: Работа с конфликтом: навыки и стратегия действия. Лондон, Конфликтологический центр, 2001. С.25.




43
murakkabligiga qaramasdan to’plangan nazariy va amaliy tajribaga tayanib


ba’zi xulosalarni chiqarish mumkin.
Eng avvalo, konfliktning tugashi uni hal qilishdan ancha keng
tushunchadir. Konflikt ikkala tarafning halokati bilan yakunlanishi mumkin,
biroq bu uning hal qilinganligini anglatmaydi. Agar konfliktni tugashiga uning
tamom bo’lishi, uning turli sabablarga ko’ra to’xtashi deb qaralsa, uning hal
qilinishini qarama-qarshi kurashni tinch yoki kuch ishlatish vositalari bilan
to’xtatuvchi konflikt ishtirokchilarining o’zi yoki uchinchi tarafning u yoki
bu ijobiy harakati (qarori) deb tushunishimiz kerak.
Amaliy faoliyat tajribasi shuni ko’rsatadiki, konfliktni hal qilish uchun
ozmi-ko’pmi kuch-g’ayrat sarflash kerak. Konfliktning ―o’z-o’zidan hal qilinishi‖
ma’noga ega emas. Albatta, konfliktni umuman payqamaslik, inkor etish, yaxshi
holatda tushuntirishga harakat qilish mumkin. Biroq, u stixiyali rivojlanadi,
keskinlashadi, boshqa konfliktlarga ta’sir qiladi va natijada tizimni to’la
buzishi mumkin.
Konfliktni muvaffaqiyatli hal qilish shart-sharoitlari ko’p darajada taraflar
va boshqa ishtirokchilarning imkoniyatlari va xohish-erklari bilan belgilanadi.
Konfliktni to’xtatishning bosh, eng faol asosi bu konfliktli vaziyatni yuzaga
keltirgan obyektiv sabablarni bartaraf qilish hisoblanadi. Konflikt ham tashqi
harakatlar , ham konfliktlashuvchi subyektlarning o’zlari bilan belgilanganligi
sababli uning hal qilinishi ham mazkur ikki guruh omillarga bog’liq. Masalan,
oilaviy konflikt er-xotinlarning biri yoki ikkalasining bevafoligi bilan bog’liq
bo’lsa, uni yaxshi hal qilinishi er va xotin ruhiyatining xususiyatlarida
ifodalanadi va o’tmishdagi xatolarni bartaraf etish, birgalikda hayot kechirishga
bo’lgan intilish bilan belgilanadi. Ba’zi xizmat bilan bog’liq konfliktlarda
ko’p narsa tashqi holatlarga bog’liq. Masalan, bo’lim yoki muassasaning qayta
tashkil etilishi ulardagi mavjud ichki konfliktlarni to’la bartaraf etadi.
Adabiyotda
bildirilgan

fikrlarni


umumlashtirish
orqali
konfliktning
yakunlanishini quyidagicha tavsiflash mumkin:
-

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə