Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


holatlarning shunday jamlanishiki, bu ijtimoiy subyektlar o’rtasida real



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə33/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

holatlarning shunday jamlanishiki, bu ijtimoiy subyektlar o’rtasida real 
qarama-qarshilik uchun obyektiv tarzda negiz yaratadi.
Bu ta’rifni batafsil ko’rib chiqsak, vaziyatning bosh xususiyati bu konflikt
predmetining vujudga kelishidir.Vaziyat, konfliktdan oldin yuzaga kelishi uchun u
taraflar tomonidan hali foydalanmasligi va hatto to’la ma’noda anglanmagan bo’lishi
mumkin. Masalan, ilmiy muassasada shtatlar qisqarishi kutilmoqda. Ko’p xodimlar,
ayniqsa, nafaqa yoshidagilar bu tadbir ta’siri ostiga tushishlari mumkin. U yoki bu
lavozimlarni tugatish haqidagi masala kun tartibiga aniq qo’yilmaganligi uchun
konfliktni vujudga kelganligi haqida gapirish ertalik qiladi. Biroq, konfliktli vaziyat
bor, chunki bo’lishi kutilayotgan kelishmovchiliklar predmeti va kurash mavjud,
jamoada tanglik paydo bulgan, bu vaziyat ishtirokchilarining keyingi harakatlarini
yuzaga chiqaradi , belgilab beradi.
F.M.Borodkin va N.M.Koryak mehnat jamoalaridagi turli konfliktli vaziyatlarni
tahlil etib, tashkilotlarda konfliktlar uchun negiz yaratuvchi turli tipik vaziyatlarni
quyidagicha umumlashtirganlar: a) tashkilotlarning tarkibiy bo’linmalari o’rtasida
texnologik aloqalarning nomuayyanligi; b) turli farmoyishlar beruvchi ko’p sonli
boshliqlarning mavjudligi; v) bir boshliqqa bo’ysunuvchi xodimlarning ko’p
mikdorda bo’lishi, bu boshqaruvda tartibsizlikni yuzaga keltiradi; g) mas’uliyatni bir
xodimdan ikkinchisiga o’tkazish, bu umumiy mas’uliyatsizlik holatini yuzaga
keltiradi; d) bir qator xodimlarning uncha yuqori bo’lmagan shaxsiy va ishchanlik
sifatlariga ega bo’lishi. Tabiiyki, shunday sharoitlarda jamoada konflikt va ziddiyatni
yuzaga kelishi juda yengil yuz beradi. Bu ruyxatga tanglikni yuzaga keltiruvchi yana
qator boshqa omillarni kiritish mumkin, masalan, boshqaruv tizimini qayta tashkil
qilish, yuqori idoralarning shtatlar qisqarishi haqidagi ko’rsatmalari, ish haqini
to’lash bilan bog’liq qiyinchiliklar va b.


39
Konfliktli vaziyat obyektiv ravishda bo’lg’usi qarama-qarshi taraflar erki va


xohishidan tashqari (masalan, muassasada shtatlar qisqarishi) yoki taraflardan
birining yoxud ikkisining xohishi bilan yuzaga kelishi mumkin. Bunda shu narsa juda
muhimki, har qanday vaziyat obyektiv mazmunga (u real mavjud hodisalar bilan
belgilanishi mumkin) va subyektiv mazmunga (bu hodisalarga taraflarning har biri
qanday ta’sir etishiga bog’liq) ega, chunki subyekt shulardan kelib chiqib konfliktda
harakat qila boshlaydi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə