Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə35/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Konfliktli vaziyat va shaxs. Shunday qilib, shaxslar o’rtasidagi konfliktda
konfliktli vaziyatni taraflar tomonidan qabul qilish xarakteri katta ahamiyatga ega.
Yuzaga kelgan vaziyatni e’tiborga olib, shaxs o’z xarakteri va qarashlarining
xususiyatlariga muvofiq holda harakat qiladi. Aynan shu narsa bilan bir xil vaziyatda
turli kishilar(guruhlar) tomonidan turlicha, ba’zan zid harakatlar sodir etilishini
tushuntirish mumkin. Aynan konkret vaziyat bilan shaxs xususiyatlarining o’zaro
ta’siri konfliktni yuzaga keltirishi mumkin yoki odamni undan qutqarishi mumkin.
Konfliktning rivojlanishi dinamikasi 
Latent bosqich. Konfliktdan oldin uning latent - yashirin bosqichi shart
hisoblanib, unda tashqi harakatlarni istisno qilganda konflikt barcha elementlari
mavjud bo’ladi.
O’z navbatida bu bosqich konflikt rivojlanishining bir qator izchil
jarayonlarini yoki davr(etap)larini o’z ichiga oladi.
Birinchi davr - obyektiv konfliktli vaziyatning yuzaga kelish davri.


41
Ikkinchi davr - bunday vaziyatda subyektlar (yoki hyech bo’lmaganda


subyektlarning biri) tomonidan o’z manfaatlarini anglab yetish davri.
Uchinchi davr – o’z manfaatlarini qondirish uchun to’siqni anglab yetish
(kognitiv konfliktda – o’zga qarashlarni anglash) davri. Bu to’siqlar uch turda
bo’lishi mumkin. Birinchidan, bu to’siqlar bo’lg’usi konfliktning doimiy
ishtirokchilari deb qaralishi mumkin bo’lgan boshqa shaxslarning
pozisiyalariga bog’liq emas, balki obyektiv vaziyatdan kelib chiqishi mumkin.
Masalan, ximiya zavodi atmosferani ifloslantirib atrof-muhitni muhofaza
qilish bo’yicha talablarni doimiy ravishda buzib kelgan. Sababi - mazkur
kimyoviy ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan suvni muhofazalash
inshootlarining sanoatda ishlab chiqilmaganligidadir. Zavodning manfaati - bu
mazkur vaziyatni o’zgartirish, oshkora huquqbuzarlikka barham berishdir. Zavod
bilan konfliktlashuvchi tarafning o’zi yo’q. Bu yerda konfliktli vaziyat bevosita
konfliktni yuzaga keltirmaydi. Ikkinchidan, ishtirokchilarning o’z subyektiv
xususiyatlari ularning manfaatlarini qondirish uchun to’siq bo’lishi mumkin.
Masalan, zavod misolida ko’radigan bo’lsak, uning o’zi tozalash inshootlarini
o’z kuchlari bilan qurishi mumkin edi, biroq kerakli tashabbusni namoyon
etmagan. Biroq bunda zavodning tashqi tartibdagi konfliktga kirishuvini kuzata
olmaymiz. Bu yerda konflikt jamoa ichida bo’lishi mumkin.
Nihoyat, uchinchidan, tashqi to’siq mavjud va obyektiv belgilangan, masalan,
tozalash inshootini qurish uchun qo’shimcha harajatlarga vazirlikning
mansabdor shaxsi tomonidan rozilikning berilmasligi. Bu holatda to’siq yetarli
asosda mavjud va anglashilgan, bu esa, konfliktni keyingi rivojlanishi uchun
muhim shart hisoblanadi.
To’rtinchi davr – o’z manfaatlarini va boshqa tarafning tegishli qarshiliklarini
anglash davri.
Beshinchi davr - taraflarning biri tomonidan o’z manfaatlarini qo’llab-
quvvatlash maqsadida amalga oshirgan muayyan harakatlarini o’z ichiga oladi
( masalan, zavod ma’muriyatining vazirlikka rasmiy murojaati).
Biroq, bu murojaatga berilgan rad javobi konfliktni boshlanishi bo’lib, unda
ikkala tarafning pozisiyalari aniq shakllangan bo’ladi va bir-biriga nisbatan
amaliy harakatlar boshlanadi. Bu oltinchi davrdir.
Konflikt rivojlanishining oltita davri ko’rsatilgan izchillikda bir-birining
o’rniga kelishi shart emas. Ba’zilari tushirilib qoldirilishi, boshqalari
takrorlanishi, ularning izchilligi boshqacha tarzda bo’lishi mumkin. Yuqorida
keltirilgan mantiqiy sxema konflikt tashqi rivojlanishining eng tipik misolidir.
Tabiiyki, bunda konflikt ochiq shaklga ega bo’ladi, bu esa kamida uch holat
bilan xarakterlanadi. Birinchidan, ishtirokchilarning har biri uchun konfliktning
mavjudligi shak-shubhasizdir;
Ikkinchidan, harakatlar amaliy ahamiyat kasb etadi, ular tashqi shaklga ega
bo’ladi, ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, nizoli obyektni egallash
bo’yicha harakatlar sodir etish, zo’rlik, tahdid va b.;
Uchinchidan, latent bosqichdan o’tgan konflikt haqida konfliktga u yoki bu
darajada ta’sir etishga qodir bo’lgan uchinchi shaxslar, begona shaxslar
xabardor bo’ladilar. Bunday ta’sir bir xil ahamiyatli bo’lmaydi. U ba’zida


42
konfliktni sustlashtirishi yoki, aksincha, millatlararo konfliktlarda taraflarning


yovuz kayfiyatlarini kuchaytirishi mumkin.
Ba’zi konfliktlarda boshqacha darajadagi konfliktlarga o’tish kuzatiladi,
masalan, shaxsiy munosabatlardan guruhlar o’rtasidagi konfliktga o’tish
mumkin.


Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə