Konflikt lotincha "conflictus" to’qnashuv ma’nosini bil­diradi



Yüklə 8,73 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü8,73 Kb.
#182955
3 amaliy


KONFLIKT – lotincha “conflictus” to’qnashuv ma’nosini bil­diradi. YUridik konfliktologiya fani doirasida konflikt tushunchasi birinchi navbatda sub’ektiv huquqning turli xil tarzda buzilishini, huquq doirasida yuzaga keladigan turli xil nizoli holatlarni, fuqarolar, uyushmalar va hokimiyat tuzilmalari man­faatlari to’qnashuvini tavsiflovchi xususiyatlarni va boshqalarni aniqlash uchun qo’llaniladi.

KONFLIKT – lotincha “conflictus” to’qnashuv ma’nosini bil­diradi. YUridik konfliktologiya fani doirasida konflikt tushunchasi birinchi navbatda sub’ektiv huquqning turli xil tarzda buzilishini, huquq doirasida yuzaga keladigan turli xil nizoli holatlarni, fuqarolar, uyushmalar va hokimiyat tuzilmalari man­faatlari to’qnashuvini tavsiflovchi xususiyatlarni va boshqalarni aniqlash uchun qo’llaniladi.

KONFLIKTLI VAZIYAT – ijtimoiy sub’ektlar o’rtasida real qarama-qarshilik uchun ob’ektiv tarzda negiz yaratadigan insonlar manfaatlari bilan bog’liq holatlarning jamlanishi.

KONFLIKT ESKALATSIYASI (lotincha: Ssala – “pillapoya”). Konflikt eskalatsiyasining tashqi namoyon bo’lish xususiyati, eng avvalo, kurashning jadallashuvi hisoblanadi. Konfliktlarning jadallashuvi – muayyan tinch (zo’rlik ishlatishni nazarda tutmaydi­gan) maqsadlarda yashirin konfliktlarni yanada oydinlashtirish va oshkora qilishdir. Konflikt eskalatsiyasi tanglik va zo’rlikning kuchayishidir.

KONFLIKT SUB’EKTI – bir-biriga nisbatan faol (hujum yoki mudofaa shaklidagi) harakatlarni amalga oshiruvchi tomonlar. Bunda konfliktli vaziyat natijasida manfaatlariga putur etgan shaxslar bilan birga, ularni ochiq yoki yashirin tarzda qo’llab quvvatlovchi tomonlar ham konflikt sub’ektlari hisoblanadi.

Diskamfort xolati – insonning ichki xissiyotlari, uylari va tuyg’ulari bilan bog`lik bulib, nimadir bulayotganligi anglanadi, ammo usha nimadir anik ta’rif etilmaydi, u anglashiladi, ammo uni suz bilan ifodalab bulmaydi.


Konflikt tabiy hodisadir. Konflikt - oddiy hol. U har kuni biz bilan hamroh, hayotimizga tegishli. J.j.russoning «tabiiy holat» tabiatiga doir qarashlari uning ko’pchilik zamondoshlari tomonidan ma’qullangan. Mashhur nemis faylasufi i.kant (1724-1804) esa, “qo’shnichilik asosida yashovchi insonlar orasidagi tinchlik holati tabiiy holat emas, … aksincha, u urush holatidir, ya’ni agar to’xtovsiz dushmanchilik harakatlari bo’lmasa ham ularning doimiy tahdidi mavjud. Demak, tinchlik holati o’rnatilishi lozim”1. Bu erda muayyan qarama-qarshi nuqtai nazarni borligini ko’rish mumkin. Bir tomondan, t.gobbs kabi «tabiiy holat»ga «barchaning boshqalarga urush qilish» holati deb qarash, boshqa tomondan esa, j.j.russo singari kelgusida tinchlik va totuvlikning butunlay yangi holatini o’rnatilishi imkoniyatiga bo’lgan ishonch aks ettirilgan.
Yangi davrning tarixiy doirasida ham ijtimoiy konfliktlarning
Xix asrga kelib bu masalaga bo’lgan munosabat tubdan o’zgara boshladi. Nemis faylasufi gegel urushlar va ijtimoiy konfliktlarga baho berishga boshqacha yondashadi. Eng avvalo, u jamiyatning rivojlanishida urushlarning ijobiy rol o’ynashi xususida muayyan fikrlarni bildiradi. Shu bilan birga kuchli davlat hokimiyati tarafdori bo’lgan gegel davlatning yaxlitliligini zaiflashtiruvchi mamlakat ichkarisidagi ijtimoiy tartibsizliklar va qo’zg’olonlarga qarshi chiqadi.
Ijtimoiy taraqqiyotning murakkab jarayonlarini va jamiyat hayotida ijtimoiy konfliktning o’rnini yanada chuqur anglash tarixiy jarayonlarning borishi bilan ob’ektiv tarzda belgilandi. Xix asrda jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa sohalarida bo’lib o’tgan keskin o’zgarishlar ijtimoiy nazariyalar mazmuniga ta’sir etmasdan qolmadi. Bu nazariyalarda izohlanishicha, ijtimoiy taraqqiyot davomida kurash, konfliktlar va to’qnashuvlar nafaqat bo’lishi mumkin, balki ijtimoiy borliqning muqarrar voqeliklari hisoblanadi.
Ingliz iqtisodchisi, ruhoniy tomas maltus (1766-1834)ning “aholi o’sishi qonuni haqida tajriba“ nomli asarida (1798) mamlakatda o’sib boruvchi ishsizlik holati yangicha tushuntirilgan. Xalqning nochorligini tabiatning “abadiy biologik xususiyatlari“ bilan tushuntirib, u aholi sonining o’sishi geometrik progressiya, yashash vositalari arifmetik progressiya bo’yicha ko’payib borishi haqidagi “tabiiy qonun“ni ishlab chiqqan. Mehnatkashlarning kambag’allashuvi sabablarini sanoat to’ntarishi va dehqonlarni ersizlantirish siyosatining tarixiy oqibatlarida emas, balki ishchi sinfining “telbalarcha ko’payish“ga bo’lgan “engil“ munosabatida deb bilgan.
Yashash uchun kurash muammosi ingliz biologi charlz darvinning (1809-1902) ta’limotida ham markaziy o’rinni egallagan. Uning biologik evolutsiya nazariyasining asosiy mazmuni “tabiiy tanlanish yo’li bilan turlarning kelib chiqishi“ nomli kitobida (1859) bayon etilgan. Kitobdagi asosiy g’oya – bu yashash uchun doimiy kurash sharoitida amalga oshadigan jonli tabiat rivojlanishi bo’lib, u eng moslashgan turlarni tanlashning tabiiy mexanizmidan iborat. Ch.darvinning bu g’oyalarini ijtimoiy taraqqiyot jarayonlariga qo’llash haqida bir narsa aytish qiyin. Uning ijodini o’rganuvchilar o’rtasida bu masalada yagona fikr yo’q. Biroq uning ta’limotidan so’ng ijtimoiy hayot evolutsiyasini yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish biologik qonunlari asosida tushunishga urinuvchi yo’nalish - “sotsial darvinizm“ shakllangan.
Yashash uchun kurash tamoyiliga asoslangan sof sotsiologik kontseptsiya pozitivizm asoschilaridan biri gerber spenser (1820-1903) tomonidan ishlab chiqilgan. Ijtimoiy taraqqiyotning asosiy qonuni bu eng moslashgan individlarning yashash qonuni deb hisoblaydi. G.spenser ta’limotiga ko’ra, o’zaro kurashish holati universaldir.
Yüklə 8,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə