Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə43/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Tomonlar orasidagi tang holat 
Konfliktning vujudga kelayotganligini ko’rsatuvchi yana bir signal. Tomonlar
orasida kichkina nizoning kelib chiqishi ham, biz bilan emosional to’qnashgan odam
haqidagi bizning fikrimizga salbiy ta’sir ko’rsata boshlaydi. Bizga qarshi bo’lgan
odamning ―yomon‖ ekanligiga darrov bir necha ko’rsatkichlar topila boshlaydi. Agar
bir o’zimizni to’xtatmasak, bu ―yomon‖lar soat sayin ko’payib boradi. Uning barcha
so’zlari, harakatlari va amallarini biz mikroskop ostida tahlil qila boshlaylaymiz, ko’p
narsalarni ―qora‖ bo’yoqda ko’rishga urinamiz. Ko’proq asl holatni emas, balki mana
shu ongimizda vujudga kelgan hamda o’zimiz qurishga sayi-harakat qilgan odamni
tahlil qilishga o’tamiz. Shu bois, bu odamga nisbatan bizning muomalamiz salbiy
tomonga o’zgaradi. Orada emosional tanglik vujudga keladi. Biz o’z emosiyalarimiz
va xulosalarimizga ishonib boraveramiz, ularning ―sun’iy‖ o’zimiz tomonidan
yaratilganligi va yasalganligini tan olgimiz kelmaydi. Tomonlar orasidagi tanglik
biror sabab kuta boshlaydi. Bu nihoyat darajada qurigan o’tlarning kichik bir
sababdan o’t bo’lib yonishiga o’xshaydi. Chunki bizning emosiyalarimiz tashqariga
chiqishni, uning ―adabini‖ berib qo’yishni, ongimizda shakllangan ―yomon‖ odamga
uning qanday ―yomon‖ligi ko’rsatib qo’yishni biz juda istaymiz. Bizga
mulohazakorlik, bosiqlik va oddiy haqiqatni tan olmaslik halaqit beradi. Biz tang
ahvolga adekvat munosabat bildira olmaymiz.
Bunday holatlar, juda ko’p xollarda oilada, xotin o’z erini rashq qilgan, uni
kuzatishni boshlagan, xotinning miyasida turli bo’xtonlar avj olgan, uning o’zi o’z
qalbida erining ―chetga‖ yurishiga chin ishongan paytlarda vujudga kelishi kuzatiladi.
Xotin o’z erining ming karra ―Men unday odam emasman‖ degan gapini ham
inobatga ololmay qoladi, u faqat o’ziga va o’z emosiyalariga ishonadi, xolos.
Bu vaziyatda ham o’z emosiyalarini ma’lum bir tartibga keltirish, sabab bo’lgan
voqyeani tahlil qilish, masalan eri kech kelgan bo’lsa-yu, u ―Men o’z onamnikida
bo’lganman‖ desa, yo’lini topib, surishtirmasdan, balki axborot olish maqsadida,
vaziyatni o’rganish o’z erining haq ekanligi ko’rsatishi mumkin. Masalan,


50
onasinikiga borsa, u yerda otasining mazasi qochib qolgan bo’lishi, er otasini


bemorxonaga joylashtirish uchun harakat qilgani oydinlashadi.
Inson har qanday vaziyatda o’z emosiyalarini tartibda ushlashi, ularga erk
bermasligi, tarixiy vaziyatni mulohazakorlik bilan tahdid qila olishi tang
vaziyatlarning konfliktga aylanmasligi asosi hisoblanadi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə