Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Konflikt ishtirokchilarining ruhiyati



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə39/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Konflikt ishtirokchilarining ruhiyati. 
Kichik va katta guruhlar
darajasidagi, shuningdek, shaxs darajasidagi konfliktlar murakkab tabiatga ega
va ularni faqatgina obyektiv va subyektiv sabablar o’zaro ta’sirini e’tiborga
olgan holda tushuntirish mumkin.
Har qanday jamiyatda shaxsiy yoki guruhiy konfliktlar faqat tashqi
(iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va b.) sabablar bilan emas, shuningdek, shaxslar va
guruhlarning ruhiy xususiyatlari bilan ham yuzaga keladi. Ko’pchilik
tadqiqotchilar konfliktning tashqi va ichki (ruhiy) omillarini bir xil
ahamiyatdagi omillar deb qarashga moyildir.
Konfliktli vaziyatlarni tahlil etishda va ularni tartibga solish bo’yicha amaliy
choralarni belgilashda ruhshunoslar uchun eng muhim narsa bu konfliktlilik


45
darajasini ortishiga olib keluvchi shaxslar va guruhlar xulq-atvorining tipologik


ruhiy xususiyatlarini aniqlash hisoblanadi.
Xulq-atvor modelidan kelib chiqib umumlashgan ko’rinishda konflikt
ishtirokchilarining quyidagi uch asosiy ruhiy tipi farqlanadi :
1. Destruktiv(buzg’unchi) tip. Subyektning bu ruhiy tipi konfliktni yuzaga
keltirishga va uni to raqibini jismonan yo’q qilib yuborishgacha yoki to’la
mag’lub qilishgacha kuchaytirishga intiladi. Turmushda - bu xudbin, janjal va
mojarolar tashabbuskori, muassasada - tuhmatchi, ig’vogar omma orasida -
tartibsizliklar va buzg’unchi harakatlar boshlovchisidir. Agar shunday toifa
shaxslar bo’lmaganida ko’pgina konfliktli vaziyatlar tinch yo’l bilan hal etilishi
mumkin bo’lar edi. Bu holat so’nggi vaqtda dunyoning turli hududlarida bo’lib
o’tayotgan millatlararo konfliktlar misolida yaqqol ko’rinadi. Xalqaro maydonda
harakat qilayotgan bunday subyektlar ham ma’lum (S.Xuseyn, Ben Laden va va
b.)
Konfliktli xulq-atvor o’z-o’zini nazorat qilmaslik oqibatida kelib chiqadi.
Konfliktlarga moyil kishilar qoidaga ko’ra, yengil ta’sirchan, qahrli, qo’pol,
o’tkir hissiyotlarga va tavakkal qilishga moyil bo’ladilar, uzoqni ko’ra
bilmaydilar.
2. Konstruktiv (ijobiy) tip. Bu tipdagi shaxslar konfliktdan qochishga, har
ikkala tomon uchun maqbul qarorni topishga intiladilar. Konstruktiv yondashgan
odam vositachi yordamidan foydalanadi va tanglikni yumshatishga yo’naltirilgan
harakatlarni amalga oshiradi. Konstruktiv tip subyektlar muzokaralarni
ishtiyoq bilan olib boradilar, kelishmovchilik predmetini va uni tartibga solish
yo’llarini oydinlashtirishga intiladilar.
3.Konform
tip. Konfliktdagi bunday tip shaxs ko’proq yon berishni,
kurashni davom ettirishdan ko’ra itoatkorlikni afzal ko’radi.
Ko’p hollarda xulq-atvorning komform modeli boshqalarning tajovuzkor
harakatlariga obyektiv yordam qilishi mumkin , masalan, subyektlar o’rtasidagi
ziddiyatlar arzimagan sabablarga ko’ra vujudga kelgan bo’lsa. Bu holda xulq-
atvorning kompromiss yo’li - bu konfliktni to’xtatishning eng yaxshi usulidir.


Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə