Elektrostatik maydonda potensial va potensiallar farqini hisoblash



Yüklə 122,12 Kb.
səhifə1/11
tarix22.03.2024
ölçüsü122,12 Kb.
#183699
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
006Najimatdinov Sh (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Fizika-Matematika fakulteti “Fizika o‘qitish metodikasi’’ kafedrasi


Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi mutaxassisligi
3V-kurs studenti Najimatdinov Sh
Umumiy fizika fanidan yozgan

KURS ISHI


Mavzu: ‘‘Elektrostatik maydonda potensial va potensiallar farqini hisoblash’’

Kafedra mudiri: f-m.f.doc. A. Kamolov


Ilmiy rahbar: f-m.f.n.,katta o‘qituvchi M.A.Jalelov
Student: Najimatdinov Sh

Nukus-2020
Mavzu: ‘‘Elektrostatik maydonda potensial va potensiallar farqini hisoblash’’

I.KIRISH
II. BOB. ‘‘Elektrostatik maydonda potensial va potensiallar farqini hisoblash’’
II.I Potensial.Nuqtaviy zaryad va zaryadlar tizimi maydonlarining potensiali
II.II Potensiallar ayirmasi
II.III Kuchlanganlik bilan potensiallar ayirmasi o‘rtasidagi
bog‘lanish
II.IV Ekvipotensial sirtlar haqida tushuncha
II.V Potensial diagramma
II.VI Elektr potensial va kuchlanish
III.BOB Elektrotexnika taraqqiyoti tarixidan lavhalar
III.I O'zbekistonda elektrotexnikaning rivojlanishiga doir
tarixiy ma'lumotlar
III.II O'zbekistonda elektrotexnikaning rivojlanishiga hissa
qo'shgan olimlar to'g'risida
V.Xulosa
VI.Foydalanilgan adabiyotlar

I. Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish jadal sur'atlarda olib borilmoqda va biz dasturning yangi sifat bosqichiga o'tdik. Ilmiy texnikaviy taraqqiyot ta'lim mazmunini takomillashtiruvini yuqori darajaga ko'tarish uchun qulay shart-sharoit yarata boshladi. Xalq ta'limi, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim tizimining tubdan yangilanishi ta'lim-tarbiya mazmunini yaxshilashdagi asosiy omillardan biri bo'lib borayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz.
Jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish sharoitida yosh avlodga roentgen to'g'risida xususan spektrlar xaqida har tomonlama bilimlar berish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ta'limning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi aspektlari muhim ahamiyatga ega. Fan-texnika taraqqiyotini hayotga tadbiq etish, jumladan jamiyatimiz uchun malakali, ijodkor-pedagog kadrlarni yetishtirishga ham har tomonlama bog'liqdir. Shunday kadrlarni tayyorlash, ularga ta'lim-tarbiya berish mazmuni, shakl va metodlarini takomillashtirish, o‘liy ta'lim muassasalaridagi butun tarbiya jarayonini “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ning sifat bosqichi talablari asosida tashkil etishni taqozo etadi. Talabalarning zamonaviy dunyoqarashini shakllantirishb, ularning fizikaviy bilimlarini rivojlantirish, talabalarni ilmiy-tadqiqotlarga jalb qilish, shular asosida kelajakda yetuk kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish asosiy vazifalaridan biriga aylanmog'i darkor. Buning uchun fizika fanini o'qitishda yangi pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishda talabalaridan quyidagilar talab etiladi ;
• ta'lim tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish;
• ta'limning uzviyligini jamiyatda amalga oshirilayotgan jarayonlarga mosligini ta'minlash;
• ta‘lim muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, pedagog faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko'tarish;
• ta'lim mazmunini o'qitish texnologiyasining zamonaviy yuutuqlaridan kelib chiqqan holda hal qilinishini ko'rsatish;
• o‘quvchilarni hozirgi zamon talablariga qarab tayyorlash kabi yangi yo'nalishlar shular jumlasidandir.
Jamiyat taraqqiyoti mamlakatimizda ta`lim sohasida o'tkazilayotgan islohotlar jahon andazasiga mos yetuk va yuqori darajada fikrlaydigan kadrlar tayyorlashni taqazo etadi. Bu esa o'qitishni ham mazmun, ham uslub jixatdan yuqori pog'onaga ko'tarilishga olib keladi. Mazkur zaruratdan kelib chiqqan xolda, qisqa vaqt ichida fizika fanidan ta`lim tizimining turli bosqichlari uchun o'quv dasturlari va qo'llanmalari ishlab chiqildi va yaratildi. Muammoning muhim jihati bugungi kunga qadar erishilgan ilmiy pedagogik salohiyatni, pedagogika fani olamida erishilgan yutuqlarni yangi sharoitlarda ijodiy qo'llash imkonini yaratish
hisoblanadi. Demak, ilmiy va texnikaviy rivojlanish bosqichida barcha fanlarni, jumladan fizika sohasida erishilayotgan yutuqlarni inobatga olgan holda ta'lim tizimida fizikani o'qitish samaradorligini oshirish yo'llarini izlash, uni amalda joriy etish, fizika o'qitish nazariyasi va uslubiyatining dolzarb muammosi. Yuqori bilim yurtlarida fizika ta'limi samaradorligini tadqiq etish jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, fizika o'qitish uslubiyatining bugungi kunda erishgan yutuqlari mavzuning yoritilishi uchun asos qilib olindi va ulardan keng foydalanildi.

Yüklə 122,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə