Kadrlar tayyorlash milliy dasturi



Yüklə 110,68 Kb.
tarix15.06.2023
ölçüsü110,68 Kb.
#117328
1- ish2


Yangi O’zbekistonda "TA`LIM TO'G'RISIDA"GI qonun bilan "KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI"ning mazmunan bir-birini to’ldirishi.



    1. Yangi O’zbekistonda "TA`LIM TO'G'RISIDA"GI qonun bilan "KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI"ning mazmunan bir-birini to’ldirishi va ularga qo’yilgan shart va talablar.

Yangi O’zbekistonda "TA`LIM TO'G'RISIDA"GI qonun mazmunan o’z maqsadini bayon etgan holda, bilim olish talabida bo’lganlar uchun zamonaviy ta’lim nazariyasi hamda amaliyotiga asosan bilimlarni o’qitish, ixtisos –soxalarni o’qitishda hukumat belgilab qo’ygan yuridik tartiblarga bo’ysunishdan tashkil topadi.
"Ta'lim to'g'risida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", davlat ta'limi standarti hamda uslubiy rejalaridek normativ rasmiy qog’ozlarda hozirgi paytda kelajak avlodlariga ilm-ma’rifatni o’rgatishga bo’lgan so’rovlar o’zini ifodasini ko’rsatgan. Bu rasmiy hujjatlar g’oyatda ilmli, mustaqil fikr bera oluvchi, xulqida barkamol insoniylik xususiyatlarini jamlagan yetuk insonni tarbiyalab chiqarish navbatdagi topshiriq qilib tayinlangan. Kadrlar tayyorlash milliy loyixasining eng muhim tarkibli bo’limlari navbatdagilardan tashkil etilgan:
inson – yetuk kadrlar yetishtirib chiqarish sistemasining asosiy boshlanish obyekti va subyekti hamda, ta’lim yo’nalishidagi ishlarning foydalanuvchisi hamda shularni ro’yobga chiqaruvchisi;
xalq va tashkilot – ta’lim va kadrlar tayyorlash mexanizmining belgilangan vazifalarini yo’lga qo’yish hamda tekshirish ishlarini bajaruvchi kadrlar yetishtirish hamda shu kadrlarni yig’ib olishni kafolatlay oluvchilari;
doimiy ta’lim – salohiyatli, kurasha oluvchi kadr yetishtirib chiqarishni o’zagi hisoblanib, ta’limni hamma usullarini, mamlakat ta’lim nizomlarini, kadrlar tayyorlash sistemasi tarkibi hamda uni yo’nalishini taqdim qilishni qamrab oladi;
fanlar bo’yicha yaxshi bilimlarga ega kadrlar chiqaruvchi hamda ular bilan ishlovchi, zamonaviy o’qitish hamda texnika ma’lumotlarini yaratuvchi; bunday mutaxassislarga qaratilgan talabni, bundan tashqari ularni tayyorlanish holatini qandayligi hamda malakasiga qarab o’rnatiladigan so’rovlarni aniqlovchi muhim xaridori, mutaxasislar tayyorlash mexanizmini mablag’ hamda moddiyati ya’ni texnika tarafdan yetkazish holatlarini ishtirokchisi.
Doimiy ta’lim sistemasini harakat qilish ishlari respublikadagi ta’lim nizomlari bo’yicha, xilma-xil pog’onalardagi ta’lim nizomlarini ketma-ketlligi bo’yicha yetkaziladi hamda navbatdagi ta’lim turlari bo’yicha hisoblanadi: maktabgacha ta’lim; umumiy o’rta ta’lim; o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim; mutaxasislar malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim.
1.2. Oliy ta’lim sistemasi.
Mamlakatimiz o’z istiqlolini qo’lga kiritib, iqtisodiy hamda ijtimoiy o’sishni o'zgacha yo’nalishidan foydalanishi orqali mutaxassislar yetishtirish jamlanmasi hamda uni tarkibini boshqatdan tashkil etishga olib keldi. "Ta’lim to’g’risida"gi
Qonunning tashkil qilinishi yangi ishchi rejalari, o’quv dasturlari, darsliklarni va zamonaviy didaktik ta’minlashni ishlab chiqarishni hamda uni tadbiq qilish kerakligiga olib keldi. Shu sababli "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni tarkibida o’qitish faoliyatini uni , mazmunan boyligiga asoslanib, normativ xujjatlarni jamlanmasi (davlat ta’lim nizomi, ishchi rejalari va dasturlari)bo’yicha, mutaxasislarga ilm hamda ma’rifat o’rgatishda milliy ruxdagi g'oyalarga tayangan holda yo’lga qo’yish aytib o’tilgan. Doimiy ta’lim mutaxassislar tayyorlash tizimini eng muhim qismi va yurtimizning iqtisodiy rivojlanishiga olib boruvchi, shaxs, hukumat hamda davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamda madaniy talablarini qondiradigan muhim yo’nalish hisoblanadi. Doimiy ta’lim mexanizmi uchun mutaxassislarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash ustuvorligini ta’minlanadi.
Uzluksiz ta’lim - inson dunyoga kelgan paytdan umrini oxirigacha bilim olish imkoniyatiga egaligini anglatadi. Ushbu sistema yurtimizning "Ta’lim to’g’risida" gi Qonunida o’z ifodasini topgan. Oliy ta’lim - uzluksiz ta’lim tizimini yuqori saviyadagi kadrlar tayyorlovchi mustaqil turi hisoblanadi hamda u oliy ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim yuqori saviyadagi kadrlar yetkazib berish ta’minlaydi.
Oliy ma’lumotga ega kadrlarni chiqarib berish oliy o’quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim tashkilotlarida) o’rta-maxsus kasb-hunar ta'limi asosida amalga oshiriladi. Oliy ta'lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma'lumot to'g'risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega.
Bakalavriat - o'rta-maxsus kasb-hanvr ta'limi negizida oliy ta'lim yo'nalishlaridan biri bo'yicha fundamental bilimlar beradigan, o'qish muddati to'rt yildan kam bo'lmagan tayanch oliy ta'lim; Magistratura - aniq mutaxassislik bo'yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir.
Bakalavr, magistr - oliy ta'limning tegishli bosqichiga muvofiq dasturlarni muvaffaqiyatli o'zlashtirgan shaxslarga beriladjigan akademik darajalardir. Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar.
Oliy ta'lim o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asoslanib, bakalavriat va magistratura bosqichiga bo'linadi. Oliy ta'lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asoslarda amalga oshiriladi. Bakalavriat mutaxassisliklar yo'nalishi bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta'lim muddati kamida to'rt yil davom etadigan tayanch oliy ta'lim hisoblanadi.
Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so'ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb bo'yicha "bakalavr" darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. Magistratura aniq mutaxassislik bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta'lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'lim hisoblanadi. "Magistr" darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik dasturining yakunlovchi bosqichidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. Ikki bosqichli oliy ta'lim tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur: bakalavriat va magistratura uchun davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;
oliy ta'lim muassasalari uchun professor-o'qituvchi kadrlar tayyorlash, shu jumladan xorijiy davlatlardagi etakchi o'quv va ilmiy markazlarda tayyorlash;
oliy ta'lim muassasalarida tarkibiy o'zgartishlar o'tkazish;
oliy ta'lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish, bu muassasalarning mustaqilligini rivojlantirish, tashkilotlar, vasiylik kengashlari, jamoat nazorat maskanlari, davlat boshqaruvini tashkil qilish;
ta'limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi ta'sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
o'qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofaviy ta'lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish hamda o'zlashtirish;
pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda talabalarni o'qitishni jadallashtirish; xalqning boy ma'naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ta'limning insonparvarlik yo'nalishini ta'minlash.
II BOB. MAXSUS FANLARNI O'QITISH METODIKASI PEDOGOGIK FAN SIFATIDA. MAXSUS FANLARNI O'QITISH METODIKASI FANINI PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI.

2.1. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi pedogogik fan sifatida. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi fanini predmeti, maqsad va vazifalari.


Bugungi kunda magistratura mutaxassisliklaridagi "Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi" fani tanlov fani hisoblanib, fanning o'quv dasturi har bir oliy ta'lim muassasasidagi shu fanni o'qitishga ma'sul bo'lgan professor - o'qituvchilar tomonidan ishlab chiqilmoqda.
Fanning ma'ruza mashg'ulotlarida oliy ta'limning me'yoriy-huquqiy xujjatlari, ta'lim tamoillari, maxsus fanlarni o'qitishning tashkiliy shakllari va amalga oshirish metodlari, maxsus fanlardan ma'ruza, amaliy va tajriba mashg'ulotlarini o'tkazish metodikasi, talabalar bilan kunikma va malakalarini nazorat qilish va baholash kabi mavzular o'rin olgan.
Amaliy mashg'ulotlarda esa, fanga oid quyidagi mavzularga o'rin ajratilgan: oliy ta'lim muassasalarining tuzilmasi va mazmuni, oliy ta'limning me'yoriy huquqiy xujjatlarini tuzilishi va ularni rasmiylashtirish, ta'lim metodlari va ularni amalga oshirish metodikasi, maxsus fanlarni o'qitishda innovatsion ta'lim texnologiyalaridan foydalanish, maxsus fanlardan ma'ruza, amaliy va tajriba mashg'ulotlarini o'tkazish metodikasi, darsni tahlil qilish metodikasi bo'yicha bilim va ko'nikmalar hosil qilish.
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi - ta'limning maqsadlari, vazifalari, mazmuni, metodlari, shakllari, vositalari va o'rganilayotgan muayyan fanlar orqali ta'lim-tarbiya berishning usullarini tadqiq qiluvchi fan.
Bugungi kunlarda metodikaning nazariy va metodologik asoslari, uning pedagogik fanlar tizimidagi o'rni
va amaliyot bilan aloqasi, rivojlanish qonuniyatlari, ilmiy tadqiqot metodlari, metodik tadqiqotlar samaradorligini oshirish yo'llari kabi masalalarga alohida eotibor qaratilmoqda. Bularning barchasi metodika fani nazariyasining taraqqiyotiga asos bo'la oladi. Bundan tashqari metodik hamda qiyosiy metodik tadqiqotlar olib borilmoqdaki, bunda metodikaning fan sifatida shakllanishi, shuningdek, o'quv fanlarini metodikasi bo'yicha to'plangan tajribalar chet mamlakatlar metodik fanlari tizimiga nisbatan qiyosiy o'rganilmoqda.
Metodikaning nazariy asoslarini psixologiya va didaktika tashkil qiladi. Psixologik nuqtai nazardan ong va faoliyat birligi tamoyiliga murojaat qilish mumkin. Ushbu tamoyil asoschilari A.N.Leontpev va S.L.Rubinshteynlar hisoblanadi. Bu tamoyilga binoan inson psixikasi faoliyat jarayonida shakllanadi: mehnat, o'quv, o'yin. Inson faoliyat orqali rivojlanadi.
S.L.Rubinshteyn fikrlash jarayoniga samarali tahsir ko'rsatuvchi omil o'rganilayotgan voqea-hodisalarning muammoli qo'yilishi degan oyani ilgari suradi. Bu tamoyil keyingi vaqtlarda o'quv dasturlari, darsliklar yaratishda o'z aksini topmoqda. Albatta, o'quv jarayoni samarali bo'lishida ta'limga qiziqishni uyg'otish juda muhimdir. Asosiy qiziqish manbai o'quv materialining mazmuni hisoblanadi. O'quv materiali mazmuni yorqin, yangilikka boy, obrazli bo'lishi hamda hayrat hissini, ma'naviy-ruhiy
holatni vujudga keltirishi, seminar ahamiyati ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Buning uchun talabalarda qiziqish uyotishi mumkin bo'lgan qiziqarli misollar, faktlar, video va individual vositalari, gazeta, radio xabarlari tanlanadi. Ta'limga qiziqish o'quv-mashqiy o'yinlar orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Ularga quyidagi talablar qo'yiladi:
-o'quv dasturiga mos bo'lishi;
-ma'lum ta'limiy maqsadlarni ko'zlashi;
-ma'lum izchillikka rioya qilinishi;
-talabalar individual xususiyatlarini hisobga olishi;
-o'yin qoidalarining sodda va aniq qo'yilishi;
-har bir talabaning faol ishtirok qilishi.
Ta'lim jarayonining didaktik asoslari. Ta'lim jarayoni pedagog va talabalar faoliyatidan iborat va muayyan ta'limiy vazifalar hal qilinadi, yaoni bilim, ko'nikma va malakalar egallanadi, talaba shaxsi shakllanadi. Ta'lim jarayoni quyidagi elementlardan iborat:
1.Ta'lim maqsadlarining belgilanishi.
2. Ta'lim maqsadlarini amalga oshirilishini taominlovchi ta'lim mazmuni - dastur va darsliklarda keltiriladi.
3.Ta'lim tamoyillari, metodlari va vositalari.
4.Ta'lim shakllari.
5. Ta'lim natijalarining aniqlanishi va navbatdagi yo'nalishning belgilanishi.
Demak, pedagog ta'lim jarayoni rejalashtirar ekan, har bir mavzuga yuqoridagi elementlarni inobatga olgan holda tayyorgarlik ko'radi. Ta'lim jarayoni o'zaro boliq, murakkab tizimni tashkil qiladi.
Ta'lim mazmuniga quyidagi to'rt element kiritilishi lozim:
1.Dunyo, ob'ektiv borliq haqidagi bilimlar.
2.
Bilimlar asosidagi ko'nikma va malakalar.
3.Ijodiy faoliyat mezonlari.
4. Umuminsoniy, ma'naviy qadriyatlarni o'zida mujassam qilishi.
Bu elementlarning har biri shaxs uyun kamol topishida o'ziga xos vazifalarni bajaradi. I.Ya.Lerner, M.N.Skatkin nazariyasiga ko'ra ushbu yo'nalishni keng talqin qilish mumkin. Bilimlar orqali ko'nikma va malakalar shakllanadi, turli muammolarni hal qilish natijasida ijodiy faoliyat tarkib topadi va shaxsda o'zga insonlarga, borliqqa, tabiatga, o'z-o'ziga nisbatan mahlum munosabatlar tizimi vujudga keladi, his-tuyular uyonadi.

2.2. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi fanining tadqiqot metodlari.


Maxsus fanlarni o'qitish muammolariga qaratilgan ilmiy izlanishlar o'tkazishdan maqsad o'qitish va o'rgatishning, samarali metodlarni ishlab chiqish va amalda qo'llash, axborot-texnik vositalarni qo'llashga doir masalalarni yechishni o'rganishdan iboratdir. Ilmiy izlanishlar olib borish uchun o'qituvchida fanning mazmunini chuqur bilishni talab etiladi. Ko'pchilik bo'lajak pedagoglar talabalik vaqtlaridayoq pedagogik izlanishlar bilan shug'ullanadilar. Fan bo'yicha metodik ko'rsatmalar, maketlar, mustaqil ishlar uchun materiallar tayyorlaydilar. Ilmiy anjuman va seminarlarda ma'ruzalari bilan qatnashib, o'zlarining pedagogik mahoratlarini oshirib boradilar. Ilmiy pedagogik izlanishlar jarayonini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo'lish mumkin:
1.O'qituvchining adabiyotlarni o'rganish va amaliy ishlar asosida muammolarni aniqlashi. O'qituvchi adabiyotlarni o'rganish davomida quyidagilarni aniqlashi kerak:
( o'rganilayotgan muammo to'g'risida adabiyot muallifining fikrmulohazasi;
( o'rganilayotgan muammo to'g'risida usullardan farqli ravish kiritgan
takliflari;
( adabiyotlarda qaysi asosiy masalalar yoritilmagani;
( muammoni yechish uchun olib boriladigan izlanishlar.
Quyidagilar o'qitish jarayonida yuzaga keladigan muammolar hisoblanadi: ( o'qituvchi dars jarayonida duch keladigan qiyinchiliklar;
( kamchilik va qiyinchiliklarning yuzaga kelish sabablari.
2. O'qitishni bosqichma-bosqich tashkil etish.
( Dalillarni taqqoslash orqali asoslangan takliflar beriladi.
3. Izlanish natijalarini rasmiylashtirish va o'quv jarayonida qo'llash. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasida ilmiy izlanishlarning umumiy va maxsus usullari qo'llaniladi.
Umumilmiy usullarga nazariy izlanish, kuzatish, suhbat, pedagogik so'rov, test, so'rovnomalar,statistik ma'lumotlarni tahlil qilish va boshqalar kiradi. Quyida ularning har biriga to'xtalib o'tamiz:
Nazariy izlanish usuli -adabiyotlardan o'rganish va tahlil qilish hamda pedagogik tajribalar asosida olib borilgan izlanishlar. Adabiyotlar ustida ishlashda kitob va jurnallar, maqolalar va patentlar, ilmiy ishlar, to'plamlar va kataloglar, internet tizimidan olingan ma'lumotlardan foydalaniladi.
Kuzatish usuli- odatda, tabiiy kuzatish orqali talabalarning fanlarni o'zlashtirishlari, ularning xulq-atvori muomalasidan o'zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta'lim-tarbiya t'siri ko'rsatish yo'llarini belgilash uchun qo'llaniladi. Bu usul tadqiqotchining pedagogik tajribani muayyan bir tomoni va hodisalarni biror maqsadni ko'zda tutib idrok etishi tashkil etadi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish obyekti, Vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratilgan tavsif va hokazolar hisobga olinadi. Qayd qilish usuliga qarab kuzatishlar turlarga bo'linadi. Bevosita va bevosita qayd qilish usuli tadqiqotchiga real pedagogik jarayonda kuzatuvchining xattixarakatlari kabilarni yozib qo'yish imkoini beradi. Bevosita qayd qilish usuli birorbir hodisalarning oqibati haqidagi daliliy materialnin boshqa shaxslar orqali yoki qandaydir asbobni qo'llash vositasida olishga imkon beradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti asrida kuzatishning visual usullari xilma-hil texnika vositalari (kinofilm, videotasvir, teleko'rsatuv)dan foydalanish oprqali tobora ko'p qo'llanilmoqda.
Suhbat usuli-so'rashning bir turi bo'lgani holda tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik ko'rastishni talab etadi. Chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita
aloqada bo'lish vaqtida og'zaki suhbat tarzida, suhbatdoshning javoblarini yozmasdan, erkin muomala shaklida qo'llaniladi. Suhbat usulida-o'qituvchilar va talabalar jamoasi bilan ota-onalar va keng jamoatchilik bilan yakka va guruh tarzidaish olib borilganda qo'llaniladi. Suhbat usulida farqli ravishda intervvu olish usuli oldindan belgilangan savollarni izchillik bilan bayon qilishni nazarda tutadi.Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so'rash nazariyasi va amaliyotda intervyu olishning ko'p usullari mavjud Bular: : guruhlar tarzida; : jadal; : sinov va h.k
Talabalar ijodini o'rganishda-ularning o'ziga hos individual tartibdagi faoliyatlariga doir omillar tahlil qilinadi, xulosalar yasaladi.
Pedagogik so'rov usuli- tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribaning biror tomoni yoki hodisalar haqida axborot olish jarayoni bu usulning asosini tashkil qiladi. So'rash usulida savollarning mantiqiy o'ylangan tizimini, uning aniq foydalanishini, nisbatan kamchiligi (3-5 ta) nazarda tutiladi. Shuningdek, qat'iy shakildagi javobni("ha","yo'q") ham taqazo etish mumkin.
Test, so'rovnomalar-so'rovnoma, ya'ni anketa usuli ilmiy farazning yangiligini
aniqlash, yakka yoki guruh holdagi talabalarning fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o'tkaziladi. Test savollaridan ko'zlangan maqsad oz vaqt ichida takabalarning bilimlarini yoppasiga baholashdir. Mutaxasislarning bilimini va dunyoqarashini aniqlash uslublaridan biri-bu test yordamidagi sinovdir.Test yordamida sinov talaba yoki mutahasisning bilimi, ilmi, ma'naviyati hamda yoshlarning qaysi yo'nalish va mutahasislikka layoqati borligini ,iqtidorini zudlik bilan aniqlash va baholashga imkonj beradi. Test yordamida bilimlarni baholashning pedagogik nuqtaviy nazaridan yutuqlari va kamchiliklari keltirilgan va baholash jarayononi EHM yordamida avtomatlashtirish mumkinligi takidlangan. Test savollari va masalalarning aniqligiga sabab, uning qisqa va lo'ndaligi, umumiy javoblar ivhida to'g'ri javobning borligi va ularning talabalarga ko'rsatma bo'lib xizmat qilishi, uning torishmoqli o'yingga o'xshashligi va javobni torishda xotira, ichki tuyg'u va topqirliklar qo'l kelishidir. Test savollarini chop etish talabalarning mustaqil ishlashini yanada faollashtiradi.
Tajriba-sinov eksperiment usuli-ushbu tajriba ta'lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tatbiqiy jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o'tkaziladi.
Statistik ma'lumotlarni tahlil qilish usuli - ta'lim sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag'larning doimiy o'sib borishi, darslik va o'quv qo'llanmalari,
ko'rgazmali qurollar, o'qituvchi kadrlar tayyorlash, ta'lim muassasalarining qurilishi, xo'jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag'lab statistika usuli orqali aniqlanadi.
Matematik va kibernetik usullar - o'qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi va kibernetikasi mashnalari yordamida bir tildan ikkinchi tilga tarjima, dasturli ta'lim va uni mashina orqali boshqarish, o'qitishni mustahkamlash, baholash orqali ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish, tabaqalashgan va individual ta'lim berish kabi jarayonlardir. Ijtimoiy tadqiqot usuli - anketaga savollar kiritiladi. Bundan maqsad talabayoshlarning kasb-hunarga bo'lgan qiziqishlarini, talabalar orasidagi do'stlik munosabatlarini, o'quv yurtidagi shart-sharoitlarini bilish, yutuq va kamchiliklarni, dinga, xususan tasavvuf ilmiga qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma'naviy sifatlarini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan ta'minlanganlik darajasi, o'quv taqsimoti, o'qituvchilarning bilim berish darajasi, o'quv qo'llanmalarining sifati, kompyuterda mashg'ulot o'tkazish turlarini o'rganish, ilmiy va kasbiy mahoratni oshirishdagi mashg'ulotlar turi, stipendiyalar miqdori, stipendiyalar talabalarning qanchalik qoplashi, talabalarning haq to'lanadigan ishlarda qatnashishi, otaonalarining yordami, ularning ma'lumoti, ish joyi, talabalar qo'p boradigan jamoat joylari, yashash joyi, ilmiy dunyoqarashining shakllanishiga ta'sir etuvchi, mutaxasssi bo'lib yetishishida hal qiluvchi omillar, talabalarninng onglilik darajasi, komil inson bo'lish uchun kerak bo'lgan ma'naviy sifatlar, o'zlashtirganlik darajasi haqida savollar anketaga kiritiladi. Savol-javolarning barchasi kompyuterda qayta ishlanadi va xuldosalar chiqariladi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan usullardan tashqari kasb ta'limida maxsus usullardan ham foydalaniladi. Kasb ta'limida tadqiqotning maxsus usullari keng tarqalib, unda hodisa va jarayonlarni o'rganishga yo'naltirilgan asbob-uskunalar va apparatlar ob'ektiv miqdoriy kattaliklarni olish maqsadida qo'llaniladi.
Tadqiqotning maxsus usullari shartli ravishda uch guruhga bo'linadi:
( Ish-harakatlarining natijaviy tafsilotini o'rganish (harakatlarni aniq bajarish, sarflanadigan vaqt, ish unumi) ga bog'liq bo'lgan usullar;
( Biomexanik usullar;
( Psixofiziologik usullar.
Ish-harakatlarining natijaviy ko'rsatkichlari bilan bog'liq tadqiqotlarda, shu jumladan, ularni o'zlashtirish jarayonida xronometraj kata rol o'ynaydi. Ish me'yori, maqbul vaqt, shu jumladan, ishlab chiqarish ta'limining turli davrlarida talabalar vaqt me'yori, tartibotini aniqlash maqsadida, shuningdek, harakatlarning vaqtinchalik tuzilmasini o'rganish talablari yoki ishchilarning tayyorgarlik darajasini baholash uchun xrometrajdan foydalaniladi.
Biomexanik usullar - bu ish-harakatining fazoviy vaqt va kuch parametrlarini o'rganishdir. Bunda ularning mukammalik darajasi, ishchining asbob, dastgoh va hokazolar bilan o'zaro kuch ta'sirida, asbob va qo'l harakatining kinematikasi va boshqalar aniqlanadi. Psixologik usullar o'quv va mehnat faoliyati jarayonida inson organizmining turli a'zolarining funksional holatini o'rganishda foydalaniladi. Bulardan elektromiografiya, elektrokardiografiya, elektrodermografiya usullari keng qo'llaniladi.
Nazorat savollari
1. O'zbekiston Respublikasining "Ta`lim to'g'risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" da oliy ta`limga qanday talablar qo'yilgan?
2. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi fanini maqsad va vazifalari nimlardan
iborat?
3. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi fanining asosiy tushunchalari haqida fikr bildiring?
4. Maxsus fanlarni o'qitish metoddikasining umumiy metodlarini tushuntiring?
5. Maxsus fanlarni o'qitish metoddikasining maxsus metodlarini tushuntiring?
6. Maxsus fanlarni o'qitish metoddikasining nazariy izlanish usulini tushuntiring.
7. Maxsus fanlarni o'qitish metoddikasining kuzatish usulini tushuntiring.
8. Maxsus fanlarni o'qitish metoddikasining suhbat usulini tushuntiring.
9. Maxsus fanlarni o'qitish metoddikasining pedagogik so'rov usulini tushuntiring.
10. Maxsus fanlarni o'qitish metoddikasining pedagogik statistik ma'lumotlarni tahlil qilish usulini tushuntiring.
Yüklə 110,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə