Mavzu: Xalq xo’jaligi va sanoat sohasidagi o’zgarishlar



Yüklə 20,51 Kb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü20,51 Kb.
#147180
  1   2   3   4
Xalq xo’jaligi va sanoat sohasidagi o’zgarishlar


Mavzu: Xalq xo’jaligi va sanoat sohasidagi o’zgarishlar
Sanoat sohasidagi eng ilg’or yutuqlar poytaxtimizda boshlangan ixtisoslashtirilgan xalqaro ko’rgazmalarda keng namoyish qilinmoqda.
Global moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlari dunyo iqtisodiyotiga hali-hamon o’z ta’sirini ko’rsatayotgan hozirgi murakkab bir sharoitda respublikamizda barcha sohada izchil o’sish sur’atlari kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yilning o’tgan to’qqiz oyida -Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,7 milliard AQSh dollarilik 100 ta yirik ishlab chiqarish ob’yekti foydalanishga topshirilgani, 835 ta korxona eksport faoliyatiga jalb qilingani bunga yaqqol misoldir.
Shu bilan birga, sanoatni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash loyihalari, ayniqsa, 2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohada energiya sarfini qisqartirish, yirik korxonalarga energiya tejamkor texnologiyalarni samarali tatbiq etish borasida ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida ularda tayyorlanayotgan mahsulotlar tannarxini o’rtacha 9,4 foiz arzonlashtirishga erishildi.
Yurtimizdagi bu kabi yuksalish va o’zgarishlar, iqtisodiy barqarorlik, tabiiyki, xorijlik mutaxassislar, sarmoyadorlar, sanoat vakillari, umuman, dunyo hamjamiyatida katta qiziqish, hayrat hamda havas uyg’otayapti. Binobarin, kecha “O’zekspomarkaz” -majmuasida ish boshlagan “Tog’-kon ishi — MiningWord Uzbekistan — 2016”, “Metallurgiya. Mashinasozlik. Dastgohsozlik — Machinery Central Asia — 2016”, “Transport va logistika — TransUzbekistan — 2016” xalqaro ko’rgazmalarida mahalliy hamda xorijlik sanoatchilarning har qachongidan faol qatnashayotgani shundan dalolat -beradi.
Xalqaro ko’rgazmalarning ochilish marosimida ta’kidlanganidek, O’zbekistonda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik nafaqat iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori o’sish sur’atlari ta’minlanishiga, balki aholi turmush darajasi va sifati tobora yaxshilanishiga xizmat qilayotir. Mazkur ko’rgazmalar esa ishtirokchilarga o’zaro aloqalarni rivojlantirish uchun keng imkoniyat yaratadi. Chunki unda yetakchi ishlab chiqaruvchilar bilan tajriba almashish barobarida, yangi texnologik yechim hamda loyihalarni ko’zdan kechirish, yuk tashish, texnik va servis xizmati ko’rsatuvchi ilg’or korxonalar yoki zamonaviy asbob-uskunalar yetkazib beruvchi sanoat sub’yektlari vakillari bilan kelishuvlarga erishish mumkin.
Galdagi xalqaro tadbirlarda yurtimiz vakillari bilan bir qatorda Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Latviya, Litva, Polsha, Rossiya, Belarus Respublikasi, Qozog’iston, Slovakiya, AQSh, Chexiya, Finlyandiya, Fransiya, Shveysariya, Shvetsiya, Estoniya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi 25 mamlakatning 110 kompaniya va firmalari qatnashmoqda. Xususan, o’n birinchi bor o’tkazilayotgan “Tog’-kon ishi — MiningWord Uzbekistan — 2016” xalqaro ko’rgazmasida doimiy ishtirokchilar qatorida ilk bor tashrif buyurganlar ham talaygina. Masalan, birinchi marta qatnashayotganlar — Qozog’istonnning “Karlskrona LC. AB” va “Alfa-Suyfeti” korxonalari o’zlarining suvga chidamli nasoslari, klapanlari hamda xavfsizlikni ta’minlovchi uskunalarini keltirgan bo’lsa, Germaniyaning “Haver Niagara” kompaniyasi mineral xom ashyoni boyitish dastgohlarini taqdim etmoqda. Umuman, ko’rgazmadagi tog’-kon, maydalash-taqsimlash, burg’ilash, boyitish uskunalari hamda boshqa qurilmalar zamonaviyligi va tejamkorligi bilan alohida e’tiborga molik.
— Joriy yilgi tadbirda biz ham energiya tejamkor uskunalarimizni keltirganmiz, — deydi “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi iqtisodchisi Dilmurod Ro’ziyev. — Shulardan biri — Mahalliylashtirish dasturi doirasida tayyorlangan raqamli dastur asosida boshqariluvchi universal tokarlik uskunasi bo’lib, afzal jihatlari ko’p. Uning avtomatik usulda sozlanishi o’lchamlarni olishda o’ta aniqlikni taminlashga xizmat qiladi.
Korxonamiz yurtimiz tog’-kon, metallurgiya sanoati va boshqa tarmoqlarga asbob-uskunalar hamda ularning ehtiyot qismlarini yetkazib beruvchi yirik ishlab chiqarish sub’yektlaridan biri hisoblanadi. Ushbu xalqaro ko’rgazma esa yangi hamkorlar topish, -hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishimizda qo’l kelishiga ishonamiz.
Bunday ishchanlik muhitini to’qqizinchi marotaba tashkil qilingan “Metallurgiya. Mashinasozlik. Dastgohsozlik — Machinery Central Asia — 2016” hamda o’n uchinchi bor uyushtirilgan “Transport va logistika — TransUzbekistan — 2016” xalqaro ko’rgazmalarida ham kuzatish mumkin. Zero, ularda namoyish etilayotgan mahsulot hamda taklif qilinayotgan xizmatlar turfa xil.
— Doimo yuqori saviyada tashkil etiladigan mazkur tadbirda bir necha bor qatnashib, yurtingiz ishbilarmonlari bilan yuklarni tashish va yetkazib berish borasida hamkorlik qilishga muvaffaq bo’lganmiz, — deydi Litvaning “Arijus” kompaniyasi marketing hamda rivojlanish bo’yicha direktori Egidios Ramonos. — O’ylaymanki, galdagi ko’rgazmada ham istiqbolli va manfaatli kelishuvlarga erishamiz.
Xalqaro ko’rgazmalar doirasida, shuningdek, “O’zbekiston Respublikasi qattiq foydali qazilmalarining investitsiyaviy salohiyati — O’zgeoinvest — 2106” IX xalqaro konferensiyasi ham bo’lib o’tadi.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo’mitasi, Avtomobil va daryo transporti agentligi, “O’ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi, “O’zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati, O’zbekiston xalqaro ekspeditorlari, O’zbekiston xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar, Bojxona brokerlari uyushmalari, Savdo-sanoat palatasi hamda “ITE Uzbekistan” kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan mazkur xalqaro ko’rgazmalar joriy yilning 18 noyabriga qadar davom etadi.
Tarixiy taraqqiyotning turli osqichlarida O’zbekiston xalq xo’jaligi, uning iqtisodiy rivojlanish darajasi zigzaksimon yo’lni bosib o’tgan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, O’zbekiston o’tmishda Yer kurrasidagi aholi xo’jalik faoliyatig`oyat qizІin kechgan eng

qadimiy o’lkalardan biri bo’lgan. Mamlakatimizning ўarb bilan Sharq o’rtasidagi iqtisodiy taraqqiyoti uchun qulay bo’lgan jo’Іrofiy o’rni, saxiy tabiati, boy va rang-barang tabiiy resurslari, mehnatkash va dono xalqi umumbashariy taraqqiyotga asrlar osha o’z ulushini qo’shimcha ob'yektiv sharoit yaratgan. Bundan ming yil burun Sharqning buyuk allomasi Abu Rayhon Beruniy tomonidan Ma'mun akademiyasining ochilishi, hamda o’sha davrda tibbiyot ilmining dahosi bo’lgan Abu Ali ibn Sinoning jahonshumul kashfiyotlari va boshqalar xalqimizning boy madaniy merosidan guvohlik beradi. Binobarin, O’zbekistonda uzoq o’tmishda ilm-fan rivojlangan emas, uning zamirida qudratli davlat va iqtisod bo’lmasligi shubhasiz, mamlakatimiz xalq xo’jaligi XX asrda rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Biroq mamlakat xalq xo’jaligi va uning tarmoqlar taraqqiyoti yo’nalishlarini belgilash o’zgalar qo’lida edi. Negaki, 1860 yillarning o’rtalarida ruslar tomonidan mamlakatimizning birinchi marta va 1917-1920 yillarda esa ikkinchi marta bosib olinishini va yurtimizda o’ziga xos mustamlakachilikning qaror topishi xalq xo’jaligining o’zgalar ehtiyojiga muvofiqlashtirib rivojlantirishga olib keldi.


Mustamlakachilik yillarida O’zbekistonning xalq xo’jaligi bir tomonlama rivojlantirildi. Ya'ni qishloq xo’jaligida paxta yetishtirishga, sanoatda esa paxta yalpi hosilini birlamchi qayta ishlash (ya'ni Rossiya to’qimachlik sanoati uchun xomashyo - paxta tolasi ishlab chiqarish)ga asosiy e'tibor qaratildi. Respublika sanoatining qolgan muhim tarmoqlari ham paxta majmuini rivojlantirishga muvofiq ravishda taraqqiy qildirildi. 1913 yilda mamlakatimiz hududida 425 ta sanoat korxonasi mavjud edi. Mamlakatimiz xalq xo’jaligi mustaqillik yillarida yangi bosqichga qadam qo’ydi. Bozor iqtisodiyotining birinchi bosqichidayoq (1991-1994) iqtisodiy islohotlarga oid qonunlar qabul qilindi, uning huquqiy negizi yaratildi. Islohotlar hayotning barcha jabhalarini qamrab oldi. 1995 yildan boshlab O’zbekiston jamiyatni isloh qilishning ikkinchi bosqichiga qadam qo’ydi. Ushbu bosqich bozor munosabatlariga o’tish tuzilmalarini shakllantirishni yakunlashni, mamlakat xalq xo’jaligini har tomonlama rivojlantirishni, milliy valyutani barqarorlashtirishni va uning ichki konvertasiyasini ta'minlash bilan boІliq davlat mulkini xususiylashtirishni yakunlash hamda iqtisodiyotni xomashyo yetishtirib berishdan tayyor mahsulot chiqarishga yo’naltirishni ko’zda tutilgan. Shuningdek, iqtisodiy islohotlarning yuqorida zikr qilingan ikkinchi bosqichida iqtisodiyotni barqarorlashtirish va xalq xo’jaligi uzoq tarmoqlari o’sishini ta'minlash, ishlab chiqarishda aholi keng iste'mol
mollariga ko’ra ularning ehtiyojini nazarda tutib o’zgarishlar qilish va boshqa hayotiy masalalar xalq xo’jaligida qator tarkibiy o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, mamlakat xalq xo’jaligining yetakchi sohasi - sanoatda importning o’rnini bosa oladigan tovarlar ishlab chiqarish: neft mahsulotlari,g`alla ishlab chiqarishni ko’paytirish bilan neft mahsulotlari vag`alla mustaqilligini ta'minlash; eksportbop tovarlar ishlab chiqarish miqdorini ko’paytirishga qaratilgan yo’nalishlarga iqtisodiy siyosatda ustuvorlik beradi.

Yüklə 20,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə