Bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 427.87 Kb.
səhifə1/5
tarix17.09.2017
ölçüsü427.87 Kb.
  1   2   3   4   5
: uploads -> books -> 696768
696768 -> Bitiruv malakaviy ishi ilmiy rahbar
books -> Psixik rivojlanish va ta`lim
books -> Mavzu: Barkamol avlodni tarbiyalashda pedagogik tarbiya
books -> Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot Instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi assistenti
books -> Sotsial guruh tushunchasi, uning asosiy belgilari
books -> Йилларда франция
696768 -> Mundarija kirish
696768 -> O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston milliy universiteti
696768 -> O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
FALSAFA FAKULTETI PSIXOLOGIYA YO'NALISHI
JO‘RAYEV O‘TKIRJON TASHPULATOVICH
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Mavzu: INDIVIDUALLIKKA DAXLDOR RASMIY DINAMIK SO‘ROVNOMALARNING PSIXOLIK TAVSIFI



5310200-Psixologiya talim yo‘nalishi

Ilmiy rahbar: Psixologiya fanlari nomzodi

dotsent A.I.Rasulov


TOSHKENT -2014 yil
Mundarija:




Kirish

3

I-bob

SHaxsning individual-psixologik xususiyatlarini metodologiyasi

6


1.1.

Individuallik psixologik muammo sifatida

6

1.2.

Individuallikni rasmiy–dinamik xususiyatlarini psixologik tadqiqotlarda o‘rganilishi

15


1.3.

Individuallikni psixodiagnostik metodikalari

20




Birinchi bob bo‘yicha xulosa

23

II-bob.

Individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlariga daxldor so‘rovnomalarning psixologik tavsifi

24


2.1.

V.M.Rusalovning “Individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlari so‘rovnomasi”ni savollari xususiyatlari

24


2.2.

Ya.Strelyau “Temperament tuzilishini o‘rganish” so‘rovnomasi

32

2.3.

Mayers-Briggs tipologik so‘rovnomasi

34




Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa

40

III-bob.

Individual-dinamiklikni o‘rganishga doir so‘rovnomlarning tatbiq etish bo‘yicha empirik natijalari

41


3.1.

V.M.Rusalovning “Individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlari so‘rovnomasi” so‘rovnomasi tatibiq etish natijalari

41


3.2.

Ya.Strelyauning Temperament strukturasini o‘rganish so‘rovnomasi

48





Uchinchi bob bo‘yicha xulosa

52




Xulosalar

54




Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

55




Ilovalar






Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Xalqimizning milliy ongi, milliy g‘ururi, milliy iftixori o‘sib, ma’naviy dunyosi kundan kunga boyib bormoqda. Bu esa mustaqil davlatimizning ma’naviy asosini yanada mustahkamlashga imkoniyat yaratib bermoqda. Lekin bundan ma’naviyat sohasida hech qanday muammo yo‘q degan xulosani chiqarib bo‘lmaydi. Bugungi kunda erkin fuqaro ma’naviyati, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. “Boshqacha qilib aytganda, - deydi Prezidentimiz – o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondoshadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarni mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan, erkin jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak”.

Dunyo miqyosidagi hozirgi ijtimoiy-siyosiy hayot kishilik jamiyati taraqqiyotining ayni bosqichi shunday o‘ziga xos xususiyatga egaki, unda harbiy qudrat emas, balki shaxsning psixologik xususiyatlari, intellektual salohiyat, aql-idrok, fikrlash, yangi texnika va texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb-etadi. Yoshlarni mustahkam irodali qilib tarbiyalash, mustaqil ijodiy fikrlashga o‘rgatish tufayli ular kelgusida o‘z oldilarida vujudga kelishi kutiladigan muammolarni ijodiy ravishda hal qilish orqali xalq xo‘jaligining rivojlanishiga, Respublikamizning ilg‘or texnologiyali jahon davlatlari qatoridan munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shishga erishish mumkin.

Davlat va jamiyat tomonidan yoshlarning, ta’lim muassasalari mutaxassislari hamda ota-onalarning oldiga qo‘yilayotgan vazifalar bevosita psixologiya sohasida yaratilayotgan turli psixodiagnostik metodlar (trening, diagnostika, psixoterapevtik suhbatlar, intervyu, anketa usuli, test usuli)yordamida amalga oshirilishi nazarda tutiladi.

Psixologiya sohasi keyingi 10 yillar mobaynida anchagina rivojlandi. Shuningdek, psixologiya sohasining alohida yo‘nalishlari sifatida psixodiagnostika, psixokorreksiya va trening tarmog‘i ham rivojlandi.

Bularning barchasi jamiyatda shaxsning aniq psixologik xususiyatlarini o‘rganish, ularning yutuq va kamchiliklarini bilish va shunga mos ravishda ta’sir ko‘rsatish uchun imkoniyat yaratadi. Mazkur tatqiqot ish aynan aunday dolzarb muammoni o‘rganishga mo‘ljallanganligi bilan xaraktelidir.

Tadqiqot ishining maqsadi. Individuallikka daxldor rasmiy dinamik so‘rovnomalarning psixologik tavsiflash va ular bo‘yicha empirik ma’lumotlar olish.

Tadqiqot ishining predmeti. Individuallikka daxldor rasmiy dinamik so‘rovnomalarning psixologik tavsiflash jarayoni.

Tadqiqot ishining vazifalari:


  1. Individuallikning metodologik masalalarini tahlil qilish orqali, so‘rovnomalarning xususiyatlarini yoritish.

  2. Individuallikka daxldor rasmiy dinamik xususiyatlarni o‘rganish so‘rovnomalarining psixologik tavsiflash

  3. So‘rovnomalarning namunalari asosida psixologik tadqiqotlar o‘tkazib, ularning empirik natijalarini tahlil qilish.

Tadqiqot ishining ilmiy farazi. Agar individuallikka daxldor rasmiy dinamik so‘rovnomalarni o‘zaro aloqadorlikda tatbiq etishga erishish, shaxsning individuallik xususiyatlarini xolisona baholash imkonini berishi mumkin.

Tadqiqot metodlari va metodikalari.

  1. Individuallikka doir materiallarni analitik tahlil usuli yordamida bag‘olash.

  2. So‘rovnoma va test usullari.

  3. V.M.Rusalovning “Individuallikni rasmiy dinamik xususiyatlari so‘rovnomasi” va Ya.Strelyau “Temperament tuzilishini o‘rganish” so‘rovnomasi

  4. Matematik-statistika usullaridan foydalanish.

Tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari. Indviduallikning psixologik mohiyatini yortishga xizmat qiluvchi psixologik konsetspiyalar (Gippokrat, Gallen, E.Krechmer, SHeldon, I.P.Pavlov, V.S.Merlin, K.K.Platonov, B.M.Teplov, V.M.Rusalov va boshqalarning nazariy yondashuvchlari); psixologiya fanining prinsiplari: ong va faoliyat birligi, determenizm, shaxsning tarixiy rivojlanishi tadqiqotning nazariy-metodologik asos sifatida xizmat qildi.

Tatqiqot ishining nazariy ahamiyati.

Tadqiqot ishida shaxsning individual xususiyatlarini diagnostikasi va psixokorreksiyasimuammosining nazariy tahlilida keltirilgan ijtimoiy-psixologik fikrlar yuzasidan to‘plangan materiallar umumiy psixologiya, differensial psixologiya, psixodiagnostika, psixokorreksiya, amaliy psixologiya sohalarini nazariy jihatdan boyitishga xizmat qiladi.



Tadqiqot ishining obekti. Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti, Falasfa, Horijiy filologiya va Geografiya fakultetlari talabalari.

Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati. BMI tadqiqoti ishining natijalaridan quyidagi sohalarda foydalanish mumkin.

  1. Psixodiagnostika fanini o‘qitishda qo‘llanma.

  2. Individuallik xususiyatlarini tadqiqot metodikalari sifatida;

  3. Shaxslarning individuallik jihatlarini yoritish holatda, ularning kasbiy faoliyatini tashkil etishda.

  4. Kasbiy saralashda.

BMIning ilmiy yangiligi:

1.Individuallikka daxldor rasmiy dinamik so‘rovnomalarni mahalliy muhitga moslashtirishga harakat qilinganligi.

2. V.M.Rusalov so‘rovnomasining natijalarni qayta ishlash tizimini takomillashtirilganligi.

3. V.M.Rusalov va Yа.Strelyau so‘rovnomalari yordamida o‘zaro aloqadorlikda tatbiq etilganligi.



Tadqiqot ishining tuzilishi.

Ushbu ish kirish, uch bob, sakkiz paragraf, xulosasalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan tuzilgan.



I-bob. Shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini metodologiyasi

    1. Individuallik psixologik muammo sifatida

Ma’lumki, shaxs va uning o‘ziga xosligi, individualligi muammosi hozirga qadar umumiy psixologiya, differensial psixologiya, shaxs psixogiyasi kabi fanlarning bahsbop va qiziqarli mavzusi sifatida ahamiyat kasb etmoqda. Bizningcha, individuallik shaxsning xulq-atvor sifatlari, xarakter sifatlari va ularning dinamikasi, oliy nerv sisitemasi va uning namoyon bo‘lish xususiyatlari kabi masalalarni mazmunan ifodalab, shaxsni tadqiq etishning o‘ziga xos yondoshuvini nazarda tutadi.Individuallik tushunchasi lotincha so‘zdan olingan bo'lib, «individium» ya’ni «bo‘linmas» degan ma’noni anglatadi. Individuallik har bir insonning o‘ziga xos psixik xususiyatli ko‘rinishi bo'lib, u o‘zining xayoti va faoliyati davomida shaxsda sub’ekt sifatida ishtirok etadi va ijtimoiy- tarixiy madaniyatni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. U inson psixikasining betakror qobiliyati va extiyojining o‘sishida bir butunlik va yagonalik jarayonlari orqali aniqlanadi. Faqatgina faoliyat jarayonida u jonli narsalar bilan munosabatga kirishish tufayli shakllanib boradi. Aynan individuallik madaniyatning qaytarilmas ifodalovchisi (tarqatuvchisi) bo‘lib qoladi.

Munosabatga kirishish uchun zarur bo‘lgan vositalar qatoriga predmetni, forma (shakl)larni,tilni, bilimni, aqlni va boshqalarni kiritish mumkin. Shaxsning ana shu jixatlari uning individualligini ko‘rsatadi.

Insoni to‘laliligicha o‘rganishda 3 ta manbani ajratish mumkin. Ulardan biri falsafadagi dialektik-materialistik tizimlash prinsiplaridir. U xar bir xodisani qandaydir integral butunlikdan, uni ichidagi ko‘plab elementlar orqali – shartli qandaydir tizim xosil qiluvchi funksiya Bilan bog‘langan deb o‘rgangan.

Inson haqidagi ta’limotni boshqa bir manbaii boshqa aralash fanlarning yutuqlari edi: bioximiya, psixofiziologiya, sotsialpsixologiya. Bu tadqiqotlarda individualikning xususiyatlari o‘rganilib, boshqa alohida fanlarda bunchalik to‘liq yoritilmaydi. Bu tadqiqotlar natijasida yangi tizimli qarash va umumiy nazariya yordamida tartiblararo aloqada har qanday reduksionizmni tushuntirishga yordam berdi. Misol uchun: Differensial psixologiyada, psixofiziologiyada insonning psixik xususiyatlarini, asab tizimi xususiyatlaridan ajratish yoki sotsial psixologiyada shaxs xususiyatlarini; shaxslararo munosabatlardan ajratish kabilar.

Va nihoyat individualikning integral tadqintegralik qotlashning 3 chi manbai – umumiy amaliyotni talab qilishdir. Inson individualigiga taluqli bo‘lgan barcha Amaliy masalalarni hal qilishda samatik xilma-xillikni nerv fiziologik, umumiy psixologik va sotsial psixologik individua xususiyatlarni va ularning o‘zaro bog‘liqligini inobatga olish kerak.

Insonning yuqori ierarxik darajasi va shaxslararo munosabatlar tipik hamda sotsial – tipik darajalaribor. Sotsial – tipik shaxsiy xususiyatlari va shaxslararo munosabatlar sotsial qonuniyatlar rivojlanishiga asoslanadi. Shaxsning sotsial tiplari va individual integral xaraktirestikasining bog‘liqligi ikki taraflamadir.

Birinchidan shaxsning sotsial tipik xususiyatlari inson faoliyatida integral individualik orqali amalga oshadi. Uning yaqqol ko‘rinishini biz faoliyatdagi individual stilda ko‘rishimiz mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,individual stil barcha kerakli darajalardagi individual xususiyatlarga asoslanadi: asab tizimi xususiyatlari, temperament, shaxs xususiyatlari, sotsial status. Shu ma’noda individual uslub individuallikning integral xarakteristikasini tushuntiradi.

Individual uslub peshqadam ishchilarda, bilimga chanqoq o‘quvchilarda yaxshi ko‘rinadi. Faqat aktiv munosabatlar orqali inson faoliyati uslubini yaratadi va shu orqali individullikni integralligini mos kelishi, kelmasligini aniqlaydi.

Ikkinchidan individuallik ierarxik darajasi sotsial-tipik sharoitlarsiz vujudga kelmaydi. Bioximik individuallikda qondagi steroitlarni ko‘payib ketishi iqtisodiy va siyosiy xayotdagi sotsial – tipik stresli xolatlar Bilan bog‘liqdir. SHuning uchun individual integrallik xar xil sotsial tiplarga bog‘liqdir.

Biz asab tizimiga va temperament xususiyatlariga tegishli xususiyatlarni taqqosladik. Ular 22 ta sovet va xorijiy tadqiqotchilar tomonidan olingan. (B.M. Teplov, V.D.Nebilitsen, B.G.Ananev, Ayzenk – Grel laboratoriyalaridan olingan.) Ular 30ta asab tizimi xususiyatlariga tegishli ko‘rsatkichlarni va 37 ta temperament xususiyatlariga ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olishgan. Biz asab tizimi xamda temperament xususiyatlari orasida ko‘plab bog‘liqliklarni aniqladik. Masalan qo‘zg‘alish kuchini xavotirlanish boshqaradi u asab jarayonlarini qo‘zg‘alishi va me’yorlashgan kuchi bilan bog‘liq. Boshqa taraflama qo‘zg‘alish kuchini xavotirlanish xam, reaktivlik xam , ekstroversiya-introversiya xam boshqaradi. Shunday qilib asab tizimi xususiyatlari (neyrodinamik) va temperament xususiyatlari (psixodinamik) individuallik xar xil ierarxik darajalarga qarashlidir.



A.D.Erashenko tadqiqotlarida shaxs xususiyatlari va sotsial status bog‘liqligini o‘rgangan.

Ko‘rib chiqilgan faktlardan quyidgicha xulosa chiqarish mumkin. 1) individuallik integral xususiyatlar orasida xama katta tizimlardagidek matematik tiplar mavjud. 2) Xusuiyatlar xar xil individual integrallardagi ierarxik darajaga taluqlidir: a) asab tizimiga (neyrodinamik), b) temperamentga (psixodinamik), v) shaxslikka, g) guruxdagi va kollektivlardagi sotsial muxitga.



V.D.Nibilitsin va V.M.Rusalov tadqintegralqotlarida asab tizimining oddiy elektroeksefalografik faktor strukturasi aniqlangan.

V.V.Belous ishlarida temperamentning oddiy faktorli strukturasi aniqlangan. Kettel ko‘magida ko‘plab tadqiqotlarda shaxs xususiyatlari M simptomonmieks xususiyatlari aniqlangan.

Ierarxik darajalar ko‘pqirralik kriteriyasiga qarabgina emas boshqa kriteriyalarda ham aniqlanadi. Quyi ierarxik darajani biz yuqori daraja qismi qarash mumkin.

P.K.Anoxin asab tizimida neyronli darajani, neyronlar populiyasiyasi darajasini aniqlagan. Yoki B.G.Ananev fikricha quyi ierarxik daraja yuqorisiga qaraganda genetik yoki funksional taraflama qaralib birlamchi xisoblangan.

Individual integral darajadagi biz ajratgan xususiyatni, shaxsning neyrodinamik, psixodinamik xususiyatlari va sotsial statuslari Bilan taqoslab bir-birisiz bo‘lmaydi deb aytolmaymiz. Bir darajaga xos xususiyatni boshqa bir daraja xususiyatlaridan chiqarib olomaymiz.

Faqatgina asab tizimi xususiyatlaridan kelib chiqib, temperament xususiyatini aytolmaymiz. Shaxs xususiyatini temperament xususiyatini o‘rganish orqali xam to‘liq aytolmaymiz.

Ko‘p ahamiyatli aloqalar natijasida ierarxik darajalarda ma’lum bir ochiqlik va yopiqlik darajasiga erishadi. L.Bertalanfi va R.Eshbi lar aytishicha bunaqa katta tizimlar ob’ektiv sharoitimiz o‘zgaruvchanligini va ko‘plab o‘zini rivojlantirish va o‘zaroboshqarishni ta’minlabberadi. Qaysidir ierarxik darajadagi bir xil xususiyatlar o‘zgarib turuvchi aloqa yoki sharoitlardan boshqa darajalar Bilan xar – xil funksiyalarni bajarishi mumkin.

Shunday qilib har – xil xususiyatlar o‘rtasida kompensator munosabatlari o‘rnatiladi. Ko‘p yillik differensial psixofiziologiya ishlarida biz insonni asab tizimi tipii xususiyatlari va faoliyatga bo‘lgan munosabatida, faoliyatning individual stil tipologiyasiga asosalanadi. Agar inson unchalik effektiv bo‘lmagan va uning tipologik xususiyatliga to‘g‘ri kelmaydigan operatsiyalar tizimini qo‘llasa bunda asab tizimi xususiyatini faoliyatga va faoliyat ijobiy munosabatni ta’sirlari orasida kelishmovchilikni yuzaga keltiradi. Asab tizimi faoliyati faoliyatga ijobiy munosabatni amalga oshirishga to‘siq bo‘lib qoladi. Agar operiyasiyalar tizimi tipologik xususiyatlarga mos, to‘g‘ri kelsa unda shaxsning ijobiy yo‘nalganligi faoliyatda amalga oshiriladi va bu asab tizimining umumiy tiplari xususiyatda kuzatiladi.

Asosiy natijalar shuni ko‘rsatadiki konstatirlashgan eksprimentda agar ko‘plab tekshiriluvchilardafaoliyatning individual stili bo‘lmasa unda har-xil darajalardagi xususiyatlarni statistik axamiyati o‘zaro moslashadi.

Misol: maktab yoshidagi psixodinamik xavotirdagi bola kollektiv roli o‘yinlarini qiziqishiga xos o‘yinlardan o‘zini olib qochadi. Katta maktab yoshidagi bolalarda psixodinamik muloqotiga kirisholmaslik (introversiya) faoliyatda kollektivga yo‘nganliklikni unchalik rivojlanmaganlik asosida kelib chiqadi. Psixodinamik muloqotsizlikni va kollektivlikni yo‘nalganligi o‘rtasidagi ziddiyatni insonlar o‘rtasidagi muloqot orqali xal etish talab qilinadi. Faoliyatdagi individual stil roli faqatgina xar-xil darajalarni o‘zgaritshini ta’minlabgina qolmay ularni gormonizatsiya tarafiga o‘zgarishni xam ta’minlaydi. Individual stilni egallash gormanik individuallikni rivojlantirishga asos bo‘ladi.

Shaxs rivojlanishidagi va individual integrallikdagi faoliyat rolini taqqoslab ikkiga ajratishimiz mumkin. SHaxs rivojlanishi faoliyat maqsadi asosida amalga oshadi.

Konkret sotsial vaziyatlar va ob’ektiv talablar asosida faoliyatningt yangi maqsadi vujdga kelib, ular o‘z navbatida shaxsni yangidanshakllanishini aniqlaydi. SHuning uchun shaxsni rivojlanishini asosiy muammosi bu maqsadlarni determinatsiyasidir. Bu orada individualning integralligini rivojlanishi faoliyatining operiyasional qismiga asoslanadi. SHuning uchun bu erda asosiy muammo faoliyatdagi operiotsional qismini determinatsiyasidir.

Bundan tashqari boshqa farqlar ham mavjud. Faoliyatdagi yangi maqsadlarni roli natijasida shaxs xususiyatlarining yangi tizimi vujudga keladi. Ma’lum bir rollar tizimi operatsiyalario‘zgarishi natijasida individual integral xususiyatlari garmoniziyasiyalashadi.

Har-xil operatsiyalar qo‘shilishi va ma’lum bir aloqalar yordamida individual stilni xarakterlashda, yangi faoliyatdagi har-xil kompensator munosabatlari xosil bo‘ladi. Ular har – xil individual xususiyatldarga tayanadi. Misol: muloqtga kirishishga qiynaladigan bolaga muloqotga asoslangan vazifa berilsa, uning komunikativ faoliyatidagi salbiy taraflari yuqori maxsuldorlik va kontrol faoliyatlari bilan kompensatsiyalanadi. Shuning uchun individual stilni eallash insonlarda faoliyatdagi bir-xil ob’ektiv talablardanam optimal yuqori maxsuldorlikni ta’minlaydi ular individual xususiyatlari har-xil bo‘lsayam.

Individual stilni o‘zlashtirish natijaida yuqori maxsuldorlikka erishish faoliyatni sotsial baholash va o‘z navbatida sotsial statusda aks ettiriladi.

Integral individuallikni rivojlanishda bir-xil xususiyatlar o‘zgarmasdan qolib, faqat ular orasidagi aloqalar o‘zgaradi va shaxs rivojlanishini o‘zgarib turishini ta’minlaydi. Shaxsning yangidan shakllanishii integral individuallik asosida mustaxkamlangan xususiyatlarda vujudga keladi.

Individual integrallikni rivojlanishi shaxsni yangilanishini ta’minlovchi omildir.

Faoliyatdagi individual stil va faoliyatni operatsional qismi o‘qitish va o‘qish o‘zini boyitish jarayonida shakllanadi. Shuning uchun u xamisha insonlarga bir xil ta’luqli emas. Ko‘plab tadqintegralqotlarda biz maktabgacha yoshlardagi individual stilni konstruktiv faoliyatda shakllantirdik roli o‘yinlarda arifmetik masalalarni xal etishda ijtimoiy ishlarda va boshqalarda. Lekin o‘zini o‘qitish ya’ni rivojlanish va o‘qish individual stilni o‘zlashtirishga kerakli omillar xolos. G.E. Dikopolskiy va E.V. Shtimmer tajribalarida bolalarni o‘qitish jarayonida ular 2 ta har – xil individual stilni egalashgan va ularni vaziyatlarda yaxshi qo‘llay olishgan. Lekin ularga yangi masalalarda o‘rganilgan stillardan birini qo‘llashni aytishganida , ularni tanlovchi asab tizimini tipidagi individual xususiyatlarga tayangan xolda amalga oshirgan. Faoliyatning determinatsiyalashgan operatsional qismini asosiy faktori bo‘lib, individual xususiyatlar o‘rtasida ikki axamiyatli tushunchalrga tayanadi. Bir tarafdan operatsiya tizimi insonning individual xususiyatidan kelib chiqadi. Ikkinchi tarafdan individual tizimni o‘zlashtirish natijasida har – xil darajalardagi individual xususiyatlar o‘rtasidagi aloqalar xarakterli operatsiyalar o‘zgaradi.

L.I.Bojovich konsepsiyasida har bir ontogeniz bosqichida sotsial vaziyatlar asosida faoliyatning yangi maqsadi va motivlari vujudga keladi. Ular o‘z navbatida shaxsni yangidan xosil qiluvchi determinatsiya tizimi xususiyatlarini anglatadi, tushuntiradi.

Shunday qilib operatsiyalar tizimi yangi individual xususiyatlarni emas, mavjud bo‘lgan xususiyatlar o‘rtasidagi yangi aloqalarni xosil qiladi. Ya’ni individuallikning har xil ierarxik darajalari xususiyatlari asosida xosil qiladi. Ko‘p darajali determinatsiya natijsida individual stil garmoniya xosil qiladi, ya’ni har-xil individuallik darajalarini birlashtiradi. I.X.Pikalov tadqiqotlarida katta maktab yoshidagilarda individual stilni o‘zlashtirishda psixadinamik muloqotsizlik sotsial muloqotni egallash qiyinligini ijobiy kollektivlik yo‘nalganligi disgarmonlashtirgan. SHuning uchun ijtimoiy ishlarda aktiv qatnashish kollektivlik yo‘nalgaligida emas, muloqotmandlikning psixodinomikasida ijobiy qaralgan. Individual stilni izlashtirgandan so‘ng o‘zaro bog‘langanlik umuman teskari xarakterni aks etirdi, bunda esa individual xususiyatlarning garamanizatsiya jarayoni ko‘rina boshlanadi.

Inson individualligi qotib qolgan emas, balki u ijtimoiy-tarixiy rivojlanish xarakteriga ega. Bizga antropologiya fanidan ma’lumki, dastlab inson «homo sapiens» ko‘rinishida bo‘lgan. U ham o‘z individualligini qobiliyati va extiyojlaridan kelib chiqqan xolda rivojlantirgan. Inson avlodi qoldirgan belgilarga nisbatan ham ijtimoiy jamiyatga shaxs individual munosabatini bildirish mumkin. Bola dunyoga kelar ekan u odamlar orasida yashaydi, o‘zaro munosabatga kirishadi. Yangi tug‘ilgan bolani biz individ sifatida ko‘rish imkoniyatiga egamiz. Bola tashqi ta’sirlar yordami bilan o‘zining individualligiga ega bo‘la boshlaydi. Bulardan kelib chiqqan xolda inson individualligiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Insonindividualligi – bu kishining individual rivojlanish sharoiti va turg‘un omillarining birligini qamrab oluvchi ko‘p o‘lchovli va ko‘p darajali bog‘lanishlar, aloqalar sistemasidan iborat.

«Homo sapiens»- odamning yagonaligi, noyob ekanligi, boshqa jonzotlardan sifat jixatdan farq qilishini anglatadi. Olimlar odamning boshqa mavjudotlarning eng oliysidan ham oliy ekanligini ta’kidlaydilar. Rus olimi B.F.Porshnev o‘zining asarida odamning maymundan kelib chiqmaganligini isbot etgan. Ya’ni odam azaldan odam bo‘lgan, lekin u muayyan davrlarda xuddi hayvonlardek kun kechirgan. Ya’ni avtorning fikriga ko‘ra har bir turning buta sifat o‘z ildizi mavjud. Bir necha million yillar davomida shakllanib xozirgi xolatga kelgan.

Shunday bo‘lishi bilan birga inson individualligi psixologik jixatdan; birinchidan har bir kishining ichki dunyosi o‘ziga xosligi, qaytarilmasligi, yagonaligi bilan ajralib turadi. Ikkinchidan inson ichki dunyosi yaxlitligi, tugallanganligi bilan ajralib turadi, ya’ni yaxshi, yomon, olim, noshud, ikkichi va xokozo.

Faylaso‘flar va psixologlar inson shaxsi ma’lum chegaralarga ega bo‘lgan bir mamlakatdir deb ta’kidlaydilar.

Umumiy psixologiyada deyarli hamma psixologik jarayonlar tilga olinadi, lekin inson, guruxlar, irqlar o‘rtasidagi tafovutlar xaqida so‘z yuritilmaydi. Xayotda esa odam bilan odam o‘rtasidagi farqlarning borligi ularning ruxiyatida ham farqlar mavjudligidan dalolat beradi. Insonda psixika bor, shaxs bor. Shaxs ijtimoiy borliq. Psixika esa odamning o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatdir. Shaxs asosan ijtimoiy mazmun bilan sug‘orilgan. Inson bolasi ijtimoiy bo‘lmagan muhitda shaxsga aylanmaydi, lekin psixikaga egaligicha qolaveradi. Ammo shaxsning shakllanishida psixika asos bo‘lib xizmat qiladi. Psixik xususiyatlar asosan irsiy xisoblanadi. Demak, individuallikning shakllanishiga ham irsiy, ham ijtimoiy omillar ta’sir etadi.

Emotsional nuqtai nazardan olib qaralganda shaxs faoliyatida dastlab biologik motivlar ustunlik qilgan, filogenetik taraqqiyot jarayonida esa asta- sekinlik bilan psixologik xususiyatlar shakllangan. Ya’ni biologik extiyojlar ijtimoiy extiyojlarga aylanib boradi.

Ontogenezda individual tabiiy qonuniyatlar xayot jarayonida sekin – asta ijtimoiy psixologik motiv, extiyojlarga aylanadi, va nixoyat bola o‘zining ijtimoiy muhitida shakllanadi va shu muhit maxsuliga ega bo‘ladi.

Individual farqlar muammosiga birinchi ilmiy yondoshuvga nazar solsak, individuallik «Men» tushunchasining paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. «Men» tasavvurining paydo bo‘lishi odamlar o‘rtasida tafovutlarning paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. Masalan: ibtidoiy odamlar o‘zining kuchi bilan boshqalardan farq qilishini xis etgan va buni boshqalarga tan oldirishga harakat qilgan. Bugungi kunda kishining o‘z-o‘zini anglashi, «Men» ni bilishi davr talabi. O‘zligini bilgan kishigina xayotda doim oldinda, muvaffaqiyatga erishib boradi. O‘zligini anglagan odam o‘ziga qiyoslab boshqalarga baxo bera oladi.

Odamlarga nom qo‘yish «shamol», «tosh» individual farqlardan kelib chiqqan, ya’ni shamoldek kuchli, toshdek mustaxkam va xokozo. Frensis Galton «Irsiy daxo» nomli asarini 1969 yilda chop ettirgan va shundan keyin Londonda individual farqlarni o‘rganadigan laboratoriyani tashkil etgan.

F.Galton ko‘zning o‘tkirligi, harakatlar tezligi va zexnni o‘lchaydigan testlar yaratgan va taxlil qilgan. U juda ko‘plab tajribalar o‘tkazib, ma’lumotlar to'plagan va ularni qiyoslab odamlarning ba’zilari aqlan zaif bo‘lishi, ba’zilari aksincha aqlan o‘tkir bo‘lishini, ayrim kishilar ko‘zining o‘tkirligi, yoki asab tizimining kuchliligi bilan farq qilishini aniqlagan.

Emil Krepilin odamlarni farqlovchi xususiyatlarni 3 ga ajratgan; zexn, asab, ko‘z o‘tkirligi.



Individuallik qanday tuzilishga ega?

Individuallikning tarkibiy qismlari sifatida quyidagi shajarani ko‘rsatish mumkin.

















Ijtimoiy tarixiylik










ijtimoiylik










Fiziologik










Bioximik










Fizik












Bu kompleks (ko‘pqirrali) shajara yaxlitlanganda individuallik vujudga keladi.

Inson individualligining etilishiga, rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ko‘pqirraliligini xisobga olgan xolda V.S. Merlin bu tushunchani aniqroq ifodalash uchun «integral individuallik» atamasini kiritdi. Syu bilan birga u individuallik tushunchasida barcha tabiiy va ijtimoiy xususiyatlar integratsiyasini ko‘rsatib o‘tdi. Bunday yondoshishga ko‘ra, inson individualligi bu uzluksiz tashqi va ichki o‘zgarishlar sharoitida o‘z yaxlitligi va o‘z-o‘ziga o‘xshashlikni saqlab qoluvchi, yakka bita odamning aloxida turmush shakli (tarzi) bo‘lib,u turmush tarzi doirasida muxtor sifatida, yakka va betakror biosistema (tabiiy-ijtimoiy tuzilma) tariqasida yashaydi va sa’yi-harakat qiladi. Bu borada V.M.Bexterevning bir fikrini eslab o‘tish joizdir; «SHaxs har doim va har erda biosotsial sharoitlarning maxsulidir».1

Inson integral individualligining rivojlanishi, shakllanishi va etilishining mexanizmlarini ochish, shuningdek shu mexanizmlarni boshqarish uchun insonni tashkil qiluvchi barcha tarkibiy qismlar qanday o‘zaro harakat, ta’sir qiladi, vositalanadi, o‘zgaradi va integrallanishini bilishni talab qiladi. Bu fundamental vazifa nafaqat inson integral individualligining determinantlari hamma kompleksini chuqur, ko‘pbosqichli, abstrakt analiz qilishni nazarda tutmasdan, balki inson individual xatti-harakati, xulq-atvorini tashkil qiluvchilari va tarkiblari o‘rtasidagi turg‘un qonuniyatlarningo‘zaro aloqalarini izlashga yo‘naltirilgan, ular o‘rtasidagi o‘zaro sa’iy-harakat xususiyatini konkret eksparimental tadqiqotlar asosida ochishni ham nazarda tutadi. Tabiiyki,bu kompleks vazifa insonni o‘rganuvchi genetika, antropologiya, psixologiyadan tortib, to siyosiy iqtisod, falsafagacha bo‘lgan ko‘pgina fanlarning birgalikdagi izlanishlari bilan xal qilinishi mumkin. Bu muammo xal qilinishida B.M.Teplov, V.D.Nebilitsinlarning fikricha katta ilmiy yo‘nalish - differensial psixofiziologiyaga berilishi kerak. Uning tadqiqot predmetini rasmiy (formal) sxematik (timsoliy) darajasida, ikkita aylananing kesishgan qismi sifatida tasavvur qilish mumkin.Ulardan biri bizdagi psixikaning individual variatsiyalari xaqidagi bilimlarimiz bo‘lsa, ikkinchisi esa keng ma’nodagi inson biologik tuzilishining individual variatsiyalar yuzasidan bilimlarimiz simvoli ko‘rinishida qabul qilish maqsadga muvofiqdir.


1.2. Individuallikni rasmiy–dinamik xususiyatlarini psixologik tadqiqotlarda o‘rganilishi
SHaxs individualligi muammosini psixologiya fanida bir qator olimlar tomonidan o‘rganilgan: individuallikning psixofiziologik jihatdan (E.A.Golubeva, V.D.Nebыlitsыn, T.A.Ratanova, T.A.Stroganova, B.M.Teplov va boshqlar); individual farqlarning etiologiyasi (M.S. Egorova, N.S. Leytes, SB. Malыx, T.M. Maryutina, T.A. Meshkova, E.A. Sergeenko, I.V. Ravich-Herbo va boshqalar); yaxlit individuallik (B.G. Ananev); indviduallikning har xil darajalari munosabati (V.M. Rusalov, A.I. Krupnoe va boshqalar); integrallashgan individuallik (V.V. Belous, B.A.Vyatkin, B.C. Merlin va boshqalar); psixologik simptomokomplekslar (O.M. Dyachenko, P.P. Sagiev va boshqalar); indviduallik psixodiagnostikasi (E.M.Borisova, L.F.Burlachuk, K.M.Gurevich va boshqalar).
Bundan ko‘rinadiki, rus olimlari tomonidan individuallik muammosining tadqiq etish borasidagi izlanishlar to‘rtta etakchi jabhalari bo‘yicha o‘rganilgan: 1) individuallik diagnostikasi; 2) individuallikning tuzilishi; 3) individuallik tipologiyasi; 4) individual tafovutlarning yuz berishi. Respublikamizda ham olib borilgan va borilayotgan izlanishlarning mazmunida ham aynan yuqorida sanab o‘tilgan individuallikning jabhalari aks etganligini guvohi bo‘linadi (M.Davletshin, E.G‘.G‘oziev, B.R.Qodirov, R.Z.Gaynutdinov va boshqalar). Biz mulohaza yuritish ko‘zda tutilgan mummo individuallikning diagnostikasi masalasiga qaratilgandir. SHaxs individualligini nazariy asoslashga bag‘ishlangan etarlicha ilmiy qarashlar va yondashuvlar mavjud. Ammo uning amaliy o‘rganish borasida mamlakatimiz psixologiyasida anchagina izlanish va ilmiy tajribalar salohiyatini oshirishga zarurat bor. Bu esa psixodiagnostika amaliyotida shaxs individualligini o‘rganishga mo‘ljallangan metodikalarni mahalliy muhitga moslashtirish va ilmiy tadqiqot maqsadlari uchun foydalanishga tayyorlashdan iborat.

Shaxs individualligini o‘rganish borasidagi metodikalarni tahlil etishda umumiy psixologiya va shaxs psixologiyasining qonuniyatlariga ko‘ra shaxs individualligini xarakterlovchi qobiliyatlar, temperament psixologiyasi va xarakter psixologiyasiga doir o‘lchash vositalariga murojaat etishimizga to‘g‘ri keladi.

Agar shaxs individualligini qobiliyatlar (umumiy qobiliyatlar (DJ.Raven, SFTI) va maxsus qobiliyatlar, kreativlik va qobiliyatlarga bilish jarayonlarini funksional o‘zaro aloqadorligini ta’minlovchi intellektual tizimi sifatida o‘lchashga imkon beruvchi metodikalar (RAT (nutq-mulohazaga kreativlik testi (L.G.Alekseeva, T.V.Galkina, A.N.Voronin))); individuallikni temperament xususiyatlari (temperamentning oliy asab faoliyati xususiyatlari bilan bog‘liqligi-Ya.Strelyauning “Temperamentning tuzilishi” so‘rovnomasi; temperamentning xarakterologik xususiyatlari sifatida – G.Yu.Ayzenkning “Ekstraversiya-introversiya, neyrotizmni o‘lchash so‘rovnomasi; N.N.Obozovning “Temperament tiplarini aniqlash metodikasi”; A.Belovning “Temperament formulasi” testi); shaxs individualligini xarakter psixologiyasi bilan bog‘lab o‘rganishda (R.B.Kettell (16PF), MMPI, G.Ayzenk shaxsni o‘rganish so‘rovnomalari, P.Kosta va R.Mak-Krae (NEO-PI-R (“Katta beshlik”) va boshqa so‘rovnomalar) sifatida diagnostika qilishda muammolarni o‘rganishga mo‘ljallangan metodiklardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.2 Shaxs individualligi diagnostikasi borasida mavjud sanab o‘tilgan metodiklarning ayrimlarigina bizning muhitimizda qo‘llanilib kelinmoqda. Individuallik diagnostikasi uchun metodikalar yaratish, jahon psixologiyasida qo‘llanilib kelinayotganlarini moslashtirish masalalari mahalliy psixolog-olimlar oldiga yangi vazifalar yuklashi tabiiy.

Integral individuallik konsepsiyasiga asoslangan differensial psixofiziologiya maxsus ilmiy yo‘nalish sifatida individuallik muammosiga tegishli muxim savollardan biri; insonning biologik (tabiy) va sotsial (ijtimoiy) xususiyatlarini o‘zaro bir-biriga o‘tishi va o‘zaro bir-biri bilan shartlanganligi qanday kechishini xal qilishga qaratilgan.

Insonni biologik nuqtai nazardan o‘rganuvchi fanlarning antropologiya, genetika, fiziologiya, oliy nerv faoliyati fiziologiyasining so‘nggi muvaffaqiyatlari shuni ko‘rsatadiki; insonni rivojlanishning shunday oliy darajasiga chiqa olishiga asosiy sabab, u tug‘ilgandan shunday tana, aniqrog‘i biologik tuzilishga egaki, unda avvaldan universal, sotsial faoliyatning funksional rivojlanishi imkoniyatlari programmalashtirilganligidir. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, insonning biologik tuzilishi uning darajasi, strukturasi, fiziologik protsesslarning aloxida xususiyatlari, funksiya va xolatlari, ularning funksiyalarni bajarish qonuniyatlari va boshqalarni bilish inson integral individualligini rivojlanish mexanizmlarini echishdagi muxim zveno, shu jumladan, individuallikning psixologik darajasi bo‘lib xisoblanadi.

Inson individualligini psixofiziologik nuqtai nazardan o‘rganishdagi konkret maqsadlarni quyidagi tarzda ifodalash mumkin: inson individualligining psixologik darajalarini ob’ektiv biologik asoslarini ochish yoki boshqacha qilib aytganda, individual psixologik farqlar darajasini hosil qiluvchi aloxida sistemada tashkil topuvchi biologik komponentlar va ularning xarakteristikalarini topishdan iborat.

Materiya rivojlanishining strukturaviy darajalari xaqidagi Y.A.Ponamaryovning qarashlaridan kelib chiqqan xolda, individual-psixik, individual-biologik munosabatda bir qator jarayonlarning mustaqil ketma-ketlik qonuniyati bo‘yicha kechadi, ulardan har biri biologik (fiziologik) qonunlarga asoslanadi.3

Lekin bu jarayonlar ketma-ketligi, tuzilishi va ichki kompleksining strukturasi psixik qonuniyatlarga bo‘ysunadi.

Individual integrallikni taxlil etishda quyidagi tamoyillarga asoslaniladi:

1. Individuallikning ierarxik tuzilishga ega ekanligi tamoyili. Bunga ko‘ra har qanday individual psixologik xususiyatlar ierarxik tuzilishga ega, ya’ni bita xususiyatning bir nechta simptomlari bor. Bitta simptom bitta xususiyat bo‘la olmaydi. Ya’ni har bir xususiyat bir nechta simptomlar kompleksidan tashkil topgan bo‘ladi. Har bir psixologik xususiyat aloxida rivojlanishga va nisbatan mustaqillikka ega. Shakliy psixologik xususiyatlarning har birining diterminatsiyasi (sababi) bor va u aloxida o‘zining rivojlanish xususiyatiga ega.

2. Invariantlik prinsipi. Shakliy psixologik xususiyatlar odamdan odamga ko‘chadi. Kelib chiqishi bir xil bo‘lganligi bilan tashqi muhit ta’sirida individual psixologik xususiyatlar individuallikni qabul qiladi. Ma’naviy xususiyatlar yo‘qolishi mumkin shakliy dinamik xususiyatlar esa insonga muxrlangan bo‘ladi.

3. Munosabatlarning bir asosda boshqarilishi prinsipi (koordinatsiya vzaimodeystviya).

Shunday qilib, differensial psixofiziologiya o‘zining tadqiqot predmetining uziga xosligiga ko‘ra insonga ta’sir qiluvchi turg‘un biologik omillar natijasida paydo bo‘luvchi va shakllanuvchi individual psixologik farqlarning gurux yoki tasniflari yuzaga kelishi, etilishi va rivojlanishi qonuniyatlarini aniqlaydi.

Inson shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi juda murakkab jarayondir. Inson psixologlar ta’kidlaganidek biosotsial mavjudotdir. Shunday ekan Differensial psixologiya inson individualligining shakllanishida biologik va ijtimoiy omillarning o‘rnini tadqiq etishda psixik rivojlanish sharoitlarini taxlil qilishning ilmiy asoslariga tayanadi. Biologik va ijtimoiy omillar birligi bir tomondan kishining psixik tug‘ma ravishda tashkil topgan xususiyatlari masalan, ko‘rish yoki eshitish sezgilarining shuningdek oliy nerv tuzilishining o‘ziga xosligi, ikkinchi tomondan esa faoliyatning ongli sub’ekti va ijtimoiy taraqqiyotning faol ishtirokchisi sifatida uning xulq-atvorlarida masalan, axloqiy odatlar, xususiyatlarida namoyon bo‘ladi.

Individual psixologik xususiyatlarning tarkib topishi va rivojlanishi muammosi o'z moxiyati jixatidan g'oyaviy xarakterga ega. Shu bois bu muammoni xal qilishda psixologiyada bir biriga zid ba’zan esa bir-birini tuldiruvchi oqimlar yo'nalishlar yuzaga kelgan. Shulardan biri biogenetik konsepsiya bulsa ikkinchisi sotsiogenetik konsepsiya xisoblanadi. Individual psixologik xususiyatlarning tarkib topishini biologik tabiiy tug‘ma omillarga bog‘lab tushuntiruvchi biogenetik konsepsiya 19-asrning ikkinchi yarmida maydonga kelgan. Xozirgi kunga qadar ham individual xususiyatlarning tug‘ma tabiati xaqidagi ta’lumot psixologiya maktablari asosini tashkil etmokda.

Mazkur ta’lumot inson psixikasining barcha umumiy va individual xususiyatlari tabiat tomonidan belgilanganligi uning biologik tuzilishiga tenglashtirilganligi psixik rivojlanish esa irsiy yul Bilan azaldan belgilanib inson organizmiga joylashtirilgan. Shu xususiyatlarning maromiga yetilish jarayonidan iborat deb ta’kidlanadi. 4

Mashxur amerikalik psixolog Eduard Torndayk o‘quvchilarning «Tabiiy kuchlari» va «Tug‘ma mayllari»ni psixik rivojlanishning etakchi omili qilib ko‘rsatadi.

Avstriyalik psixolog K.Byuller bolalarning faqat aqliy taraqqiyotigina emas balki axloqiy rivojlanishi ham nasliy tomondan belgilangan deb ta’kidlaydi.

Amerikalik pedagog va psixolog Dj.Dyui inson tabiatini o‘zgartirib bo‘lmaydi, odam irsiyat vositasida hosil qilgan extiyojlari va psixik xususiyatlari bilan tug‘iladi deb ta’kidlaydi.. Bu extiyojlar va psixik xususiyatlar tarbiya jarayonida namoyon bo'lib ba’zida uzgarishi yoki kanday bulsa shundayligicha namoyon bulishi mumkin deb xisoblaydi.


    1. Individuallikni psixodiagnostik metodikalari

Odam xususiyatlarini o‘lchash uzoq tarixga borib taqaladi. Xiromantiya, Fiziognomika ilm sifatida 1900 yillarda individuallikni o‘rganib boshlagan va psixodiagnostik metodikalar yaratilgan. 1913 yilda Rossiyalik psixiatr G.N.Ribakov rang tomchilarini psixiatriyada qo‘llagan. 1921 yilda G.Rorshax «Psixodiagnostika» deb nomlangan kitob chop etdi va proektiv metodikalarga asos soldi. A.Bine «Intellekt testlari», 1903-1908, 1911 yillarda Bine-Simon standart testlari Stenford universitetida ishlab chiqildi. Psixodiagnostik metodikalarning asosiy vazifasi individual farqlarni aniqlashdan iborat.

Intellektual testlar. Intellekt individual-psixologik farqlarni aniqlashdagi muhim ko‘rsatgichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Intellekt intellektual testlar yordamida aniqlanuvchi intellekt koeffitsienti (IQ) bilan identifikatsiya qilingan. Aytish joizki, bunday testlar qaysi madaniyatlarda ishlab chiqilgan bo‘lsa, xuddi shu madaniyatdagi intellekt tushunchasini ma’lum darajada aks ettiradi. SHu tufayli intellekt testlari eng avvalo milliy muhitga moslashtirilgan bo‘lishi lozim.

Ko‘pgina zamonaviy intellektual testlar asosan muvaffaqiyatli bilim olish uchun talab qilinuvchi formal (rasmiy) qobiliyatlarni yoki qobiliyatlar kombinatsiyasini o‘lchayda. Intellektni testlashtirish orqali tekshirish Alfred Binening o‘quvchilarni intellektual qoloqliklarini tekshiruvchi testni yaratganidan so‘ng boshlangan. Intellektual testlarga quyidagi akademik kriteriylar, ya’ni, maktabdagi baholari, o‘quvchini keyingi sinfga o‘tkazishni hal qilish, maktab ta’limini tugatish uchun kerak bo‘lgan etarli ballarni olish kabi katta huquqlar berilgan. Ko‘pgina intellektual testlar asosan verbal bo‘lib, ularga ma’lum arifmetik masalalar, operatsiyalar, xotira, hukm chiqarish kabi fikrlashning tarkiblari kiritilgan.

Psixologlarning amaliyotga kirib kelishi, kadrlarni tanlash va professional muammolarni hal etishda qatnashishning kengayishi bilan professional qobiliyatlarni o‘lchash uchun qo‘shimcha testlarga nistbatan extiyoj tug‘ildi. Natijada texnik, administrativ va boshqa qobiliyatlarni tekshiruvchi maxsus testlar yaratildi. Bir vaqtning o‘zida intellekt tabiatini tekshiruvchi asosiy metod, faktor analiz (omiliy taxdil) texnikasiga taqaldi. Bu texnikaning mohiyati baholarning o‘zaro korrelyasiyasining statistik tahlili asosida testlar bo‘yicha keltirilgan mustaqil omillarning minimal sonini topish maqsadidan iborat. Bunday omil va qobiliyatlarga: nutqning tezligi va tushunish, miqdoriy munosabatlarni ajratish va arifmetik ko‘nikmalar, idrok tezligi, fazoviy tasavvur va mexanik munosabatlarni tushunish kabilar misol bo‘la oladi.

Egizaklar metodi. Egizaklar metodi, 1876 yilda bosmadan chiqqan F.Galtonning "Egizaklar tarixi tabiat kuchi va tarbiyasi mezonidir" nomli maqolasi bilan borliq, lekin bu metodning keng ko‘lamda qo‘llanilishi asrimizning 20yillariga to‘g‘ri keladi.

Izlanishlar egizaklarning 2 ta monozigot va dizigot turlari mavjudligini ko‘rsatadi. Birinchisi monozigot ( MZ) bo‘lib, u bir tuxum xujayralarda rivojlanadi, bir sperma maxsuli, birinchi bo‘linish bosqichida ikkita o‘xshash genetik organizm bir joyda ikkita embrional strukturaga ( tuzilishiga) ega bo‘lgan bir zigotadan tashkil topgan bo‘ladi. Ikkinchisi dizigot (DZ) bo‘lib, genlar nuqtai nazaridan oddiy aka-uka va opa singillar, ya’ni ikkita tuxum xujayralarida rivojlangan, ikkita sperma maxsuli va shunday ekan umumiy genlarning teng yarmiga egadir.

Egizaklar metodi:

a) egizaklarni bir biridan ayirish metodi;

b) juft egizaklar metodi;

v) egizaklarni nazorat qilish metodlaridan iborat.

Ular haqida qisqacha to‘xtalamiz, MZ egizaklarni ayirish metodi "Irsiyat va muhit" muammolari to‘g‘risidagi tajribalarda o‘zining muhim ekanligini ko‘rsatdi. Ba’zi bir sabablarga ko‘ra bir-biridan ajratilgan ikkita o‘xshash genotipli egizaklar turli xil muhitda tarbiya qilinadi. Shubxasiz, MZning bunday usuli ancha qiyin masala bo‘lib, tekshirish natijalarida shuni ko‘rsatadiki, bunday hollarda egizaklarning bir jufti tarbiya topgan muhit sharoitlarining real farqlarini ko‘rsatib o‘tish shart. Daniyalik psixogenetik N.Juel-Nelsonning o‘n ikki juft bir biridan ajratilgan MZlarni tadqiq qilishi psixologlarda o‘zgacha qiziqishi vujudga keltirdi, ayni vaqtda bu boshqa psixologik tahlillardan ajralib turadi.

Juft egizaklar metodi asoschisi psixolog R.Zazzodir. Bu metod asosini egiz sheriklarning o‘zaro munosabatlarida psixologik o‘ziga xoslikni chuqur o‘rganish tashkil etadi. R.Zazzo juft egizaklar o‘zlarini "Kichik dunyolarini" tez-tez ko‘rsatib turishlarini, bir qator ichki xususiyatlarining xarakterligini, tashqi olam bilan o‘zaro munosabatini, har bir juftlik a’zosi psixologik individuallikka ega ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Egizaklarda nutqiy rivojlanishdan ortda qolish, juft egizaklarni "Bir-birini yoqtirmasligi" kabi xollarni uchratish mumkin. Bu haqda A.Anastazining 1958 yidda chop etilgan kitobida ko‘plab ma’lumotlar berilgan. MZ va DZ juftligi har bir egizakda bir juftning o‘zaro tashqi ta’siri tengligini o‘rganish – yuqori darajada baholash egizaklar metodining asosiy postulati (haqiqatlik ayon bo‘lmasa ham, isbotsiz asos qilib olinadigan qoida)ni tasdiqlashdan iborat.5

Egizaklarni nazorat qilish metodini A.Gazell tavsiya etgan. Bu metodga asosan bir xil MZ egizak tadqiqot uchun olishadi va shundan keyin har bir juftning biriga ta’sir qilinadi. Masalan, birinchisiga jismoniy, ikkinchisi esa o‘z xolicha kuzatiladi. Bu tadqiqot orqali ular orasidagi farqlarni o‘rganib boradi. Shu tariqa juftlikning bitta a’zosini turli xil usullarda o‘rganish ular haqidagi optimal, ma’lumotlarni beradi. MZning bitta juftida mashqlar jadallik bilan, lekin kam muddat oralig‘ida olib borilsa, mashqning harakatlantiruvchi funksiyasi bir muncha maxsuldor bo‘lishini psixolog Myuller o‘z tadqiqotlarida isbotlaydi.

Birinchi bob bo‘yicha xulosa
Individuallik xar bir insonning o‘ziga xos psixik xususiyatli ko‘rinishi bo'lib, u o‘zining xayoti va faoliyati davomida shaxsda sub’ekt sifatida ishtirok etadi va ijtimoiy- tarixiy madaniyatni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

Shaxs individualligini o‘rganish borasidagi metodikalarni tahlil etishda umumiy psixologiya va shaxs psixologiyasining qonuniyatlariga ko‘ra shaxs individualligini xarakterlovchi qobiliyatlar, temperament psixologiyasi va xarakter psixologiyasiga doir o‘lchash vositalariga murojaat etishimizga to‘g‘ri keladi.

Ushbu bob yuzasidan xulosa qilar ekanmiz, mazkur bobda shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini metodologiyasi, individuallik psixologik muammo sifatida, individuallikni rasmiy–dinamik xususiyatlarini psixologik tadqiqotlarda o‘rganilishi, shuningdek, shaxs individualligi muammosini psixologiya fanida bir qator olimlar tomonidan o‘rganilganligi, ularning nazariyalari, individuallikni psixodiagnostik bir qator metodikalari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish imkoniyatiga ega bo’ldik.

II-bob. Individuallikni rasmiy dinamik xususiyatlariga daxldor so‘rovnomalarning psixologik tavsifi

2.1.V.M.Rusalovning “Individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlari so‘rovnomasi”ni savollari xususiyatlari

Mazkur holatni hisobga olgan holda rus olimi V.M.Rusalov tomonidan ishlab chiqilgan “Individuallikning rasmiy-dinamik xususiyatlarini o‘rganish so‘rovnomasini (OFDSI)” mahalliy muhitga moslashtirish qanday ijobiy natijalar berishi mumkinligi xususida to‘xtalib o‘tamiz.

SHaxs individualligini o‘rganishga doir metodikalarning xususiyatlari bo‘yicha sanab o‘tganimiz singari “Individuallikning rasmiy-dinamik xususiyatlarini o‘rganish so‘rovnomasi (IRDXS)” da(A.Rasulov va boshqalar) tomonidan anchagina ahamiyatga ega bo‘lgan mezonlar ishlab chiqilganligini guvohi bo‘linadi. Mazkur metodikaning genezisi muallifning “Temperament strukturasi (TS)” so‘rovnomasiga borib bog‘lanadi. V.M.Rusalov “TS” so‘rovnomasida individuallikni temperament xususiyatlari asosida o‘rganishga e’tibor qaratib, unda asab tizimining xususiyati va ularning sotsial muhitda namoyon bo‘lishiga ko‘ra o‘lchash mezonlarini ishlab chiqqan edi. O‘z navbatida muallif “IRDXS” metodikasida esa individuallikni yoritish uchun mezonlarni yanada boyitgan. Bu esa shaxs individualligining psixomotor, intellektual, asab tizimi xususiyatlari, emotsional va kommunikativ sohlariga tayanib o‘rganish imkonini beradi. Metodikaning mahalliy muhitgan moslashtirish masalalari bo‘yicha dastlabki harakatlar O‘zMU psixologiya kafedrasi tomonida amalga oshirilmoqda (A.Rasulov va boshqalar). Buning uchun metodikalarni moslashtirishning standart talablariga muvofiq ish olib borilmoqda. Metodikaning original varianti mahallilashtirish uchun tarjimasi amalga oshirilib, uning tahririga e’tibor qaratildi. Metodikaning mahalliylashtirishga tayyorlangan varianti bo‘yicha pilotaj tadqiqotlar universitet talabalarida o‘tkazilmoqda.

Agar V.M.Rusalovning “Individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlarini o‘rganish so‘rovnomasi (IRDXS)” mahalliy muhitga moslashtirish nima berishi mumkin? Buning uchun so‘rovnomaning tuzilishi to‘g‘risida izoh berib o‘tish lozim. Metodika shaxslilik xususiyatlarini yoritishga mo‘ljallangan bo‘lib, 150 ta savolni o‘zida mujassamlashtirgan 13 ta shkaladan iborat.



V.M.Rusalovning “Individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlarini o‘rganish so‘rovnomasi” qayta ishlash uchun ko‘rsatma:

U yoki bu shkalani ballarini hisoblab chiqish uchun kalitlar qo‘llaniladi. Avvalo kalitda ko‘rsatilgan ushbu shkala uchun zarur bo‘lgan ba’zi javoblarni kodlab chiqish lozim. Ballarni hisoblash ushbu shkala bo‘yicha hamma ballarni umumlashtirish orqali amalga oshiriladi. Shuni esda tutish lozimki, nazorat shkalasi bo‘yicha 18 ball yiqqan tekshiriluvchilar: o‘z xulq-atvorini adekvat baholash kuchiga qobiliyatsiz shaxs sifatida chiqarib tashlanadi.



Shkalalari

Quyi ko‘rsatkich.

(12-25bal)



Psixomator soxa quvvatlilik.

Psixomator faoliyatning tor doirasi, fikirlash tonusining quyi ko‘rsatgichi. Jismoniy zo‘riqishni istalmasligi, faoliyat jarayoniga bo‘lgan e’tiborning sustligi, ishdan qochish harakatdagi passivlik.



Egiluvchanlik.

Katta jismoniy kuch talab qiladigan ishlarga bo‘lgan moillikning yuqori darajasi, qo‘rquv turlixil qo‘l mehnat ishlaridan qochish, jismoniy faoliyatning ko‘rgazmali usullariga intilish harakatlarning jonliligi.



Tezlik.

Psixo motorikaning tormozlanishi, qo‘l mehnatini bajarishda harakat aperatsiyalarining sust tezligi.



Emotsionallik.

O‘ylangan mator faoliyatining va bu harakatning real natijasi o‘rtasidagi ikkilanish natijasidagi befarqlik, tinchlanishni sezish jismoniy kuch talab qiladigan ishlarda o‘ziga bo‘lgan ishonch. Jismoniy kuch talab etadigan ishlarni bajarmaslik yoki sifatsiz bajarganlikga nisbatan befarqlik.



Intelektual soxa

Quvvat

Intelektual imkoniyatlarning past ko‘rsatgichi, aqliy bosimning istalmasligi jarayonga nisbatan kam e’tiborlilik va uning aqliy faoliyati bilan bog‘liqligi intelektual qiziqishlarning tor doirasi.



Egiluvchanlik.

Fikirlashning jo‘nligi muammolarni hal etishda steriotiplik yondashuvlik, apstrakt masalalarni hal etishdagi regitlik (hohish yo‘qlik).



Tezlik.

Aqliy jarayonlar tezligining pastligi intelektual faoliyatni amalga oshirishdagi aperatsiyalarni sekin bajarilishi.



Emotsionallik.

Kutilayotgan va real faoliyat natijalariga nisbatan befarqlik omadsizlik holatlariga sust emotsional reaksiya va uning intelektual faoliyat bilan bog‘liqligi, o‘ziga ishonch.



Komunikativ soxa (muloqotmandlik)

Quvvatlilik

Muloqotga bo‘lgan ehtiyojning kamligi satsial passivlik, aloqalar doirasining torligi, ijtimoiy tadbirlarga qo‘shilmaslik, (odamovulik o‘zgalar uchun yopiq berklik).6



Egiluvchanlik.Yangi ijtimoiy aloqalarga kirishishdagi tayyorgarlikni past darajasi. ijtimoiy o‘zaro harakatlar jarayonida o‘zining har bir harakatini birma- bir o‘ylash, bir turdagi aloqalarni saqlashga intilish komunikativ programmalarni organik to‘plami.

Tezlik.

Past darajadagi nutqiy faoliyatni sekin verballashtirish, nutqiy tormozlanish.



Emotsionallik.

Muloqotdagi omadsizliklarga nibatan sezgirlikning past darajasi, boshqa odamlar bilan muloqotga kirishish jarayonidagi o‘ziga ishonch va xursandchilik kayfiyati.


O‘rtacha ko‘rsatkichlar

(26,34 bal)

Egiluvchanlik.

Jismoniy mexnatning bittasidan ikkinchisiga o‘tishdagi egiluvchanlik. harakat faoliyatining turli ko‘rinishlariga hamda turli qo‘l mehnati ko‘rinishlariga nisbatan, o‘rta darajali egiluvshanlik.



Tezlik.

Mator harakatli operatsiyalar jarayonidagi o‘rtacha tezlik.



Emotsionallik.

Qo‘l mexnatidagi omadsizliklarga nisbatan o‘rta darajadagi sezgirlik

Ko‘rinishi. Odatiy intensivlikning jismoniy kuch talab qiluvchi ishlar paytidagi emotsional holatda nomoyon bo‘lishi.

Intelektual soxa.

O‘rtacha pog‘onadagi intelektual imkoniyatlar, aqliy zo‘riqish bilan bog‘liq emotsional intilish.



Egiluvchanlik.

Normal aqliy egiluvchanlik, o‘rtacha qiyoslash har xil obrazdagi intellektual formalarga.



Tezlik.

O‘rtacha tezlik aqliy protsessual intelektual zo‘riqishlar natijasida.

Emotsionallik.

O‘rtacha emotsional zo‘riqishda omadsizlik berganda, aqliy zo‘riqish talab qilinishi.



Komunikativ soxa.

Normal muloqot “o‘rtacha” o‘zini atrofidagi shaxslar bilan yangi tanishuvga moyillik muloqotni o‘rtacha pog‘onasi.

Egiluvchanlik.

Muloqotga normal tayyorgarlik, o‘rtacha odamda uning haqiqiy intilish yangi shaxslar bilan muloqotchanlik.



Tezlik.

Verbal va muomalaning aktiv oddiy tezligi.

Emotsionallik.

O‘rta intensivlik emotsional havotir muloqotda omad kulib boqmasa, shaxslararo munosabat haqiqiy shaxs sezuvchanlik emotsional xursand bo‘lish va o‘ziga ishonch jamiyat bilan muloqot bo‘lganda.



Psixomator soxa

(35-48 ball)

E R M

Harakatga nisbatan yuqori ehtiyoj, psixo mator aktivlikning keng soxasi, psixomator foliyatga nisbatan kuchli chanqoq, jismoniy mexnat tomon doimiy intilish, jismoniy kuchning ortig‘I bilan kechuivchi mushaklarning ish faoliyati.

Egiluvchanlik.

Harakat faoliyatining bir turidan ikkinchisiga o‘tishdagi yuqori egiluvchanlik, jismoniy faoliyatning turli usullari tomon yuqori intiluvchanlik harakatlarning maromiyligi.


Tezlik.

Psixamator xulq atvorning yuqori ko‘rsatkichi turli harakat faoliyatlarida yuqori tezlik.



Emotsionallik.

Qo‘l mexnatining kutilayotgan va real ko‘rsatkichlari orasidagi tafovut yuzasidan kuchli emotsional havotirlik. Jismoniy mexnat mahsuli haqida o‘z-o‘ziga doimiy tanqid.



Intelektual soxa.

ERI

Intelektual imkoniyatlarning yuqori darajasi o‘quv qobilyatining yuqori darajasi, faoliyat tomon doimiy intiluvchanlik, bu aqliy bosim bilan bog‘liq bo‘ladi.



Egiluvchanlik.

Fikirlashning bir turidan ikkinchi shakliga o‘tishdagi yuqori egiluvchanlik intelektual shakillarning turli tumanligiga intilishga, masalalar echimiga ijodiy yondashuv.



Tezlik.

Intelektual faoliyatning yuzaga kelishida aqliy jarayonlarning yuqori tezligi.

Emotsionallik.

Aqliy mehnatdan kutilayotgan hamda real natijalar o‘rtasidagi farq yuzasidan kuchli emotsional havotirlik, ish yuzasidan kuchli bezovtalik. Bular aqliy bosim bilan bog‘liq bo‘ladi.



Komunikativ soxa

E.R.K

Muloqotga bo‘lgan yuqori ehtiyoj aloqalarning keng doirasi, odamlarga intilish, sotsial aloqalar o‘rnatishdagi engillik liderlikga intilish.



Egiluvchanlik.

Yangi ijtimoiy aloqalarga kirishishdagi yengillik, muloqot jarayonidagi

o‘tishning va muloqot paytidagi inpulislikning yengilligi, komunukativ

programmalarning keng to‘plami.



Tezlik.

Yengil va bir maromli nutq verballashishning tezligi nutqiy faoliyatning yuqori tezligi.



Emotsionllik.

Sezuvchanlikning hamda ko‘ngli bo‘shlikning yuqoriligi. Bu holat ayniqsa muloqot paytidagi omadsizliklarda namoyon bo‘ladi, ijtimoiy o‘zaro munosabatlar jarayonida doimiy havotirlikning paydo bo‘lishi, ishonchsizlik muloqot vaziyatidagi jizzakilik kuzatiladi.

Metodikaning shkalalari shaxs individualligini uchta soha bo‘yicha yoritishga mo‘ljallangan: psixomotor soha, intellektula soha, kommunikativ soha. So‘rovnoma psixomotor erglik (PEr), intellektual erglik (IEr), kommunikativ erglik (KEr); psixomotor plastiklik (PP), intellektual plastiklik (IP), kommunikativ plastiklik (KP); psixomotor tezlik (PT), intellektual tezlik (IT), kommunikativ tezlik (PT); psixomotor emotsionallik (PE), intellektual emotsionallik (IE), kommunikativ emotsionallik (KE) va nazorat shkalalaridan (NSH) iborat. Metodikaning bir qator afzal jihatlari mavjud. Uning birinchi ustuvor tomonida 7natijalarning xolisonaligini ta’minlashga qaratilgan nazorat shkalasining (NSH) mavjudligi. Ushbu NSH natijalar qayta ishlangandan ularni tadqiqot maqsadlariga foydalanish uchun yaroqli yoki yaroqli emasligini hamda tekshiriluvchilarning xulq-atvorini adekvat baholagan yoki baholanmaganligini ajratib beradi. Ikkinchi afzalligi, shaxsning individualligining rasmiy-dinamik xususiyatlarini eng muhim 6 ta indeksini aniqlab beradi. Indekslar shaxs faollik darajasiga yo‘naltirilgan:

1. Psixomotor faollik indeksi (PFI). Ushbu indeks psixomotor sohadagi

faollik shkalalari yig‘indisiga teng: PFI=PEr+ PM+SM.


  1. Intellektual faollik indeki (IFI). Bu indeks intellektual sohadagi faollik shkallari yig‘indisiga teng: IFI=ERI+PI+SI.

  2. Kommunikativ faollik indeksi (KFI). U o‘zida kommunikativ sohadagi faol shkalalar yig‘indisiga teng: KFI=ERK+PK+SK.

  3. Umumiy faollik indeksi (UFI). Bu indeks esa uchchala sohadagi faollik shkalalarining yig‘indisiga teng: UFI=IPA+IIA+IKA.

  4. Umumiy emoyionallaik indeksi (UESH). Ushbu iedeksi uchchala sohadagi emotsional shkalalarni yig‘indisidan iborat: UESH=EM+EI+EK.

  5. Umumiy moslashuvchanlik indeksi (UMI). Bu indeks umumiy faollik va umumiy emotsional indekslarining farqiga teng: UMI=UFI-UEI.

Uchinchi afzalligi, so‘rovnoma yordamida temperament tiplarining differetsiallashtirish imkoniyatiga egaligida. Differensiallashtirish asosida 9 temperament tiplari aniqlanadi va ular asosida zarur sharhlar beriladi. To‘rtinchi afzalligi, umumiy temperament tiplarini aniqlash xarakteriga egaligidir.

Metodikaning ushbu yutuqlarini inobatga olib mahalliy muhitga moslashtirishni ta’minlash orqali undan shaxsning individualligini yoritish asosida kadrlarni ishga saralashda, shaxs psixologik qiyofasini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqotlar olib borishda va shaxs kamolotini baholashda tatbiq etish mumkin.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki bu so‘rovnoma inson hayot faoliyati davomida, shakllanuvchi individual psixologik farqlarning, tug‘ilishi va rivojlanishi turlari hamda ularning biologik faktorlarga nisbatan turg‘unligini aniqlaydi. So‘rovnoma insonlarning aqliy mehnatdan kutilayotgan hamda real natijalar o‘rtasidagi farq yuzasidan kuchli emotsional havotirlik, ish yuzasidan kuchli bezovtaliklar to‘g‘risida xulosa chiqarishga yordam beradi.

Quyda keltirilgan savollarning barchasi bizninig muxitga moslashtirilgan bo‘lib, temperament xususiyatlarimizni ochib beradi. Sinaluvchilar o‘z natijalariga qarab, 3 ko‘rsatgich bo‘yicha baholanadi. Ya’ni bular quyi ko‘rsatkich (12-25 ball), o‘rtacha ko‘rsatkichlar (25-34 ball), va yuqori ko‘rsatkich (35-48 ball)ni tashkil etadi.

Ushbu so‘rovnoma xali bizning muxitda ko‘p o‘rganilmaganligi sababli,biz o‘zbek muxitida sinab ko‘rishga harakad qildik.

Individual psixologik xususiyatlar deganda shaxsning bir biridan farqini ko‘rsatuvchi quyidagi xususiyatlari tushuniladi: temperament, xarakter, qobiliyat.

Psixikaning individual jihatdan o‘ziga xos, tabiiy jihatdan shartlangan dinamik ko‘rinishlari majmui kishining temperamenti deb ataladi.

Qobiliyat va uning xillari. Qobiliyatlar kishining shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, ko‘nikma, malakalar orttirish shu xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Shu xususiyatlar mazkur bilim, ko‘nikma va malakalarga taalluqli bo‘ladi. Malakalar, ko‘nikma va bilimlarga nisbatan qobiliyatlari qandaydir imkoniyat sifatida namoyon bo‘ladi.
2.2. Yа.Strelyau “Temperament tuzilishini o‘rganish” so‘rovnomasi

Bu so‘rovnoma nerv sistemasining asosiy uch xarakteristikasi tipini o‘rganishga yo‘nalintirilgan: Hissiyotning qo‘zg‘alish darajasi, Tormozlanish kuchi darajasi, harakatlanish kuchi darajasi. Bundan tashqari qo‘zg‘alish va tormozlanish darajasini kuchi bo‘yicha meyorini ko‘rsatadi.

Test 4 shkaladan tashkil topgan 134 ta savollardan iborat. Sinaluvchilarga savollar ketma-ket o‘qib beriladi va ular xa yoki yo‘q deb javob beradilar. Agar javob berishga qiynalsalar (?) belgisini qo‘yadilar.

Ushbu so‘rovnoma 4 shkaladan tashkil topgan va bular quydagilar.


  1. Qo‘zg‘alish kuchi (Fq)

  2. Tormozlanish kuchi (FT)

  3. Harakatchanlik kuchi (Fh)

  4. Muvozatlanish kuchi Aq FT (Fh)

  5. So‘rovnoma natijalari taxlil qilgandan kiyin har bir shaxsni to‘plagan ballariga qarab xulosalar chiqariladi. Bunga ko‘ra <42 -balldan past bo‘lsa ushbu xususiyatning yaxshi mujassamlashmaganligini ifodalaydi.

  6. <42 -balldan katta bo‘lsa ushbu xususiyatning yaxshi mujassamlashganligini ifodalaydi.

  7. (Fq)<42 , melanxolik

  8. (Fq)>42, psixologik faoll, ko‘ra uzoq vaqt davomida barqaror mehnat qila olish imkoniyatiga ega. Ijtimoiy mehnatni bajarishga ancha mas’uliyatli.


  9. Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə