Mundarija kirish Asosiy qism



Yüklə 77,11 Kb.
səhifə1/9
tarix05.04.2023
ölçüsü77,11 Kb.
#104385
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi



MUNDARIJA



  1. Kirish

  2. Asosiy qism

2.1 Bilimlarni nazorat qilish shakillari
2.2 Informatika fanidan bilimlarni nazorat qilish usullari
2.3 Baholash mezonlari haqida tushuncha
2.4 Reyting tizimi

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish
Ishning maqsadi: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va hisoblash texnikasi asoslari kursining ahamiyati uning texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohasida va kundalik hayotda tutgan o’rni bilan beligilanadi. Maktabda informatika o’qitish — ta’limining umumiy maqsadlariga hizmat qilishi, ya’ni o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o’z-o’zini anglash salohiyatining shakllanishi va o’sishi, ularda milliy, umuminsoniy qadriyatlarni tarkib topishi hamda ijtimoiy hayoti va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishi lozim.
Umumiy o’rta ta’limda «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» kursining maqsadi - o’quvchilarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlari haqida puxta va ongli ravishda o’zlashtirish uchun bilim asoslari berishni ta’minlashdan, ularga o’quv va keyingi ish faoliyatlarida kompyuterlardan oqilona foydalanish ko’nikma va malakalarini berishdan, shular asosida yangi axborot texnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo’shadigan hissasi to’g’risida tasavvur hosil qilishdan iborat.
Ishning vazifalari:
- axborotlarni qayta ishlash haqida ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish;
- zamonaviy kompyuter texnikasining tuzilishi, tarkibi, ishi va qo’llash imkoniyatlari bilan tanishtirish;
- kompyuterlar bilan amaliy ishlash ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
- axborot texnologiyalari haqida bilimlar berish hamda ular bilan ishlash ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
- kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari bilan tanishtirish, uning asosiy bosqichlari haqida aniq tasavvur hosil qilish va ko’nikmalarni
shakllantirish;
- asosiy algoritmik tuzilmalarni bilish, algoritmlash va dasturlash asoslari bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish;
- kompyuterning dastur ta’minoti tarkibi, vazifalarini va ularni o’rnida qo’llash imkoniyatlarini aniqlay bilish;
- o’qish davomida ega bo’lingan bilim va ko’nikmalardan tipik o’quv masalalarini yechishda foydalana olish;
- yangi axborot texnologiyalarining jamiyatimizning ijtimoiy — iqtisodiy taraqqiyotidagi muhim ahamiyati va inson faoliyatining turli jabhalariga ijobiy ta’siri haqida tasavvur hosil qilish.
EHM jamiyat taraqqiyoti uchun juda kata ahamiyatga egadir. U XX asrning buyuk kashfiyoti va jamiyatning hamma sohasini boshqara oladigan universal qurilma sifatida tan olindi. Hozirgi kunda qaysi soha bo’lmasin, hoh u iqtisodiy-siyosiy, korxona-tashkilotlar, soliqchi, o’qituvchi, rahbar-xodim, harbiy soha, davlat organlari va boshqa soha bo’lsin EHM qurilmasisiz ishlash imkoniyatlari samaradorligini oshira olmaydi.
Oddiygina bir misol, kosmik kemani uchirish uchun juda katta mablag’ talab etiladi. Uni uchirishdan avval uning har tomonlama chidamliligini tekshirib ko’rish zarur bo’ladi. Bu ishni ya’ni fazoga uchirmasdan turib, uni kompyuter yordamida tekshirib ko’rish mumkin. O’tkazilgan tekshiruv natijalari yaxshi ko’rsatgich bergandan so’ng uchirish mumkin bo’ladi. Endi tasavvur etib qaraydigan bo’lsak, ya’ni uni fazoga uchirib tekshirib ko’rmoqchi bo’lsak, u texnik nosoz bo’lib, fazoga uchirilgandan so’ng biz kutgan natijani bermasachi? Unda o’sha mamlakat qancha iqtisodiy zarar ko’radi. Bu kabi ko’plab sohada EHM juda kata yutuq bermoqda.



  1. Yüklə 77,11 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə