Insofli soliq to‘lovchilarga mavjud imkoniyatlar



Yüklə 15,13 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü15,13 Kb.
#115156
Солиқ бўйича мақола


INSOFLI SOLIQ TO‘LOVCHILARGA MAVJUD IMKONIYATLAR
Bugungi kunda tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan sharoitlar va ularga berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan ishbilarmonlar, albatta xursand. Sababi Davlat soliq xizmati organlari tomonidan “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” va “Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchining ishonchli hamkori” tamoyillariga tayanib, soliq maʼmuriyatchiligi va nazoratining yangi tizimi yaratildi.
Yaratilayotgan sharoitlarning barchasi tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida teng raqobat maydonlarini yaratish orqali ularning faoliyatida aniqlik va shaffoflikni taʼminlashdan iboratdir. 
Shu tariqa, tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida pulli yoki bepul asosda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ (komissiyalar) ishtirokisiz soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini taqdim etishning yangi shaffof mexanizmi joriy qilindi. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va yer qaridan foydalanganlik uchun soliqlar bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqlar bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi. Bunday soliqlarga nisbatan to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ikki yilgacha muddatga berilishi mumkin. Bundan tashqari, soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati tadbirkorlik subyektlariga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganda hamda byudjetdan (davlat maqsadli jamg‘armalaridan) moliyalashtirish kechiktirilgani yoki davlat ehtiyojlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun bajarilgan ishlar va (yoki) ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lashga kechiktirilgan bo‘lsa, qarz summasiga foizlar hisoblanmaydi. Soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi ariza manfaatdor shaxs tomonidan tegishli vakolatli organga beriladi va arizaga bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar vujudga kelganligi fakti to‘g‘risidagi xulosa va yetkazilgan zararni baholash dalolatnomasi ilova qilinadi. Arizada manfaatdor shaxs qarz summasiga hisoblangan foizlarni to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi qarorda qarz summasi, kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilayotgan soliq, qarz summasini va hisoblangan foizlarni to‘lash tartibi hamda muddatlari ko‘rsatilishi kerak deb, ko‘rsatilgan.
Soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi qaror ushbu qarorda belgilangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashning amal qilishi tegishli qarorning amal qilish muddati o‘tganidan keyin yoki bu muddat kelishidan oldin tugatilishi mumkin.
Asosan:
-soliqning to‘liq summasi va tegishli foizlarning summasi belgilangan muddat o‘tgunga qadar to‘langan taqdirda;
-soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari manfaatdor shaxs tomonidan buzilgan taqdirda, uning amal qilishi soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatni bajarish muddatini tegishli o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan vakolatli organning qarori bilan muddatidan oldin tugatilishi mumkin.
Soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi qaror bekor qilingani to‘g‘risidagi xabarnoma ushbu qarorni qabul qilgan vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida manfaatdor shaxsga va soliq organiga yuboriladi.
Dilmurod Ochilov, Urganch tumanlararo maʼmuriy sudi raisi
Yüklə 15,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə