Ish haqini tashkil qilish shakillari va tizimlari mavzu: Ish haqini tashkil qilish shakillari va tizimlari



Yüklə 1 Mb.
tarix11.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#144146
ish haqini tashkil qilish shakillari va tizimlari

ish haqini tashkil qilish shakillari va tizimlari

MAVZU: Ish haqini tashkil qilish shakillari va tizimlari.

Mehnat haqi miqdorini belgilash


Mehnat shartnomasi shartlari va mehnat qonun hujjatlariga binoan har bir
xodimning mehnat haqi uning shaxsiy mehnat hissasi va sifatiga bog‘liq.
Bunda jinsi, yoshi, irqi, millati va hokazolarga qarab mehnat haqi miqdorlarini har qanday pasaytirish taqiqlanadi.

Ishlayotgan malakasi yoki uning lavozimi har bir kimsaning aniq hissasini to‘liq qayd qila olmaydi.


Shu sababli mehnat uchun mukofotlarning aniq individual miqdorlari ish haqining turli tizimlari yordamida belgilanadi.

Ish haqi — xodimga bajarilgan ish uchun mukofot sifatida muntazam to‘lanadigan, mehnat shartnomasida kelishilgan pul summasidir.

O‘zbekiston Respublikasida mehnatga haq to‘lashning ikki asosiy shakli qo‘llanadi - vaqtbay va ishbay.


Vaqtbay tizimdan ko‘pincha ish haqi ishlagan vaqtidan kelib chiqib va lavozim maoshiga binoan yoziladigan xizmatchilar mehnatini baholashda foydalaniladi.
Ishbay tizimda ishchilar mehnatini baholashda har bir tayyorlangan mahsulot birligining sifatiga binoan to‘lanadigan haq tushuniladi.

Mehnatga haq to‘lash muddatlari mehnat shartnomasini imzolashda kelishib olinadi, biroq har yarim oyda bir martadan kam bo‘lmasligi shart.

Mehnat intizomi


Korxonada mehnat intizomini ta’minlashning zaruriy sharti mehnat jamoasi
tasdiqlagan Ichki tartib qoidalari belgilaydigan aniq mehnat tartibini o‘rnatish
hisoblanadi.

Asosan mehnat intizomi mehnatga ongli munosabatda bo‘lish bilan asoslanadi, biroq mehnat qonun hujjatlari nopok xodimlarga nisbatan intizomiy ta’sir choralari belgilanishining zarurligini ham hisobga oladi.

Intizomni buzganlik uchun ish beruvchi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli.


Uni qo‘llashdan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim.

Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‘llanilgan kundan boshlab bir yildan oshib ketishi mumkin emas.


Agar xodim bir yil davomida yangidan intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazoni olmagan hisoblanadi.

Intizomiy jazo mehnat daftarchasiga kiritilmaydi, korxonada ishdan bo‘shaganidan keyin xodimning yangi ish joyiga berilmaydigan shaxsiy ishida qayd etiladi.


Ish vaqti
Hozirgi jamiyatda ishchi va xizmatchilar mehnati mazmuni va murakkabligi bilan farqlanadi.
Xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,
115-modda
Dam olish vaqti va bayram kunlari
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq fuqarolarning
mehnat huquqi dam olish huquqi bilan to‘ldiriladi.
Dam olish huquqi deganda
xodimlar mehnat vazifalarini bajarishdan ozod etilgan va bundan ular o‘z ixtiyoriga
ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqt tushuniladi.
Dam olish huquqining aniq ko‘rinishiga qonun tomonidan belgilangan ish vaqti davomidagi tanaffuslar (ish boshlanganidan keyin uzog‘i bilan 4 soatdan keyin), kundalik dam olish (ish kunlari va smenalari orasida), haftalik dam olish kunlari, bayram (ishlamaydigan) kunlari va ta’til kiradi.
Dam olish vaqti — xodim mehnat vazifalarini bajarishdan holi bo‘lgan va bundan u o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 126-modda
Bayram (ishlanmaydigan) kunlari:
— 1-yanvar — Yangi yil;
— 8-mart — Xotin-qizlar kuni;
— 21-mart — Navro‘z bayrami;
— 9-may — Xotira va qadrlash kuni;
— 1-sentabr — Mustaqillik kuni;
— 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
— 8-dekabr — Konstitutsiya kuni;
—Ro‘za Hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
—Qurbon Hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə