10-mavzu. Shaxsning ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor Reja: Kirish



Yüklə 35,84 Kb.
səhifə1/5
tarix04.06.2023
ölçüsü35,84 Kb.
#115453
  1   2   3   4   5
10-mavzu. Shaxsning ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor Reja


10-mavzu. Shaxsning ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor
Reja:
Kirish

  1. Ijtimoiy xulq-atvor xususiyatlari (Aitruistik xususiyatlar. Attraktsiya. Deviant xulq- atvor. Konformizm. Namoyishkorona xulq-atvor.)

  2. Ijtimoiy xulq-atvorga ta’sir etuvchi omillar.

  3. Xarakterning psixologik asosi.

  4. Xulq-atvorning gender xususiyatlari.

  5. Ijtimoiy xulq-atvorga ta’sir etish texnologiyalari.

  6. Ijtimoiy xulq-atvomi boshqarish ahamiyati haqida tushuncha va ilmiy tasavvurlar hosil qilish.

  7. Xulosa

  8. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Muloqot odamlar oshiradigan faoliyat ichida yotakchi o’rinni egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojni - jamiyatda yashash va o’zini shaxs deb hisoblash bilan bog’liq ehtiyojini kondiradi. Shuning uchun ham har bir inson uchun ahamiyati kattadir.
M u l o k o t - odamlarning birgalikda faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir - birlari bilan o’zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni har bir shaxsning jamiyatda ado etadigan ishlari (mehnat, ukish, o’yin, ijod qilish va boshqalar) o’zaro munosabat va o’zaro ta’sir shakllarini o’z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir birlari bilan til topishishi, bir birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashuvi kabi murakkab xamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun har bir shaxsning jamiyatga tutgan o’rni, ishlarining muvaffakiyati, obrusi uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog’liqdir.
Bir qarashga osonga o’xshagan shaxslararo muloqot jarayoni aslida murakkab jarayon bo’lib, unga odam hayoti mobaynida o’rganib boradi. Muloqotning psixologik jixatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: "Muloqot shunchalik ko’p kirralik jarayonki, unga bir vaqtning o’zida quyidagilar kiradi:
a) individlarning o’zaro ta’sir jarayoni; b) individlarning o’rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko’rsatish jarayoni; d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; yo) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni; Muloqotning turli shaklllari yoki bosqichlari mavjud bo’lib, dastlabki bosqich - odamlarning o’z-o’zi bilan muloqotidir. T. Shibutaki "Ijtimoiy psixologiya" darsligida: "Agar odam ozgina bo’lsa ham o’zini anglasa, demak, u o’z-o’ziga ko’rsatmalar bera oladi" - deb to’g’ri yozgan edi.



  1. Yüklə 35,84 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə