Elektrostatik maydonda potensial va potensiallar farqini hisoblash



Yüklə 122,12 Kb.
səhifə8/11
tarix22.03.2024
ölçüsü122,12 Kb.
#183699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
006Najimatdinov Sh (2)

Issiqlik energetikasi. 60-yillarda respublikada elektr energiyasi hosil qilishni ko'paytirish asosan gazda ishlaydigan yirik IESlarni ishga tushirish yo'nalishida olib borildi. Yirik GES va IESlar qurilishi natijasida O'zbekiston energetika sistemasining jami quvvati 2002 yilda 11,3 ming MVt ga yetdi. Respublikadagi eng yirik IESlar to'g'risidagi ma'lumotlar 2-jadvalda keltirilgan.

O'zbekiston elektr energetika sistemasi yiliga 47-48 mlrd. kVsoat elektr energiya ishlab chiqarmoqda, shundan 90 foizi IESlarning hisobiga bo'lmoqda. Bu aholi jon boshiga deyarli 2000 kVt„Єsoat to'g'ri keladi, demakdir. Taqqoslash uchun aytib o’tish joizki Norvegiyada bu raqam 25000 kVt„Єsoat, AqShda esa 14000 kVtsoat.



Hozirgi vaqtda O'zbekiston energiya sistemasi Markaziy Osiyo Birlashgan energiya sistemasining tarkibiy qismi bo'lib qolmoqda. Unda deyarli 50 foiz elektr quvvatlari mujassamlangan. Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida O'zbekiston elektro energetika sistemasida energoresurslarning yetishmayotganligi respublika energetiklari oldiga sistema ishlarini avtomatlash, yangi energiya manbalarini topish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish, ularni samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni qo'ymoqda. Bularni bosqichma-bosqich hal etish mamlakatni 2010 yilgacha rivojlantirish va rekonstruksiya qilish Energetik Dasturida o'z aksini topgan. Bu dastur asosini yonilg'i energo resurslardan samarali foydalanish, yangi zamonaviy texnologiyalarni sohada tadbiq etish, dolzarb ekologik muammolarni hal qilish, bozor iqtisodiyoti talablari asosida tashkiliy-boshqaruv tizimini yangilash va boshqalar tashkil etadi. Yangi(2001 yil) tashkil etilgan "O'zbekenergo" Davlat aksionerlik kompaniyasi aniq maqsadlar yo'lida tadbirlar ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etmoqda.


Hozir Yevropa rekonstruksiya, tiklanish va taraqqiyot banki kredit mablag'lari hisobiga "Siemens" (Germaniya) firmasi Sirdaryo IESda ikkita energo blokni qayta tiklash ishlarining birinchi bosqichini amalga oshirdi. Ikkinchi bosqich ishlarini AQShning Savdo va taraqqiyot Agentligi granti hisobiga Sirdaryo IESda 5- va 6- energobloklarni qayta tiklash loyihasi ishlab chiqilmoqda. Yaponiya hukumatining imtiyozli krediti hisobidan eng zamonaviy bug’-gazli energoblokni Toshkent IESda o'rnatish ishlari olib borilmoqda. Buni Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi amalga oshirmoqda. Chet el investitsiyalarini Navoiy IES, Muborak va Toshkent IEMlarida shunindek, Toshkent shahri elektr energiya uzatish tarmoqlarini yangilash va qayta tiklashga jalb etish masalalari hal etilmoqda. Osiyo taraqqiyot banki va Bank moliya institutlarining mablag'larini esa mintaqamizda elektr tarmoq ob'ektlarini dispetcherlik va texnologik avtomatlashgan boshqaruvini hamda elektr energiya uchun hisob-kitobni takomillashtirishga yo'naltirish mo'ljallanmoqda. Tolimarjon IESda Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib quvvati 800 MVtli energoblokni montaj qilish ishlari tugallanmoqda. Samarqand viloyatida 500 kVli "So'g'diyona" nimstansiyasi qurilishi boshlandi. Umuman, mamlakatimizda elektr tarmoqlarini yangilash va yanada rivojlantirishga, magistral va taqsimlash tarmoqlarini optimal shakllantirish va natijada elektr uzatish samaradorligini oshirish kompleks texnik va texnologik yechimlarini joriy etishga ahamiyat kuchaytirilmoqda. Respublikamiz suv xo'jaligi ob'ektlarining ulkan imkoniyatlaridan samaraliroq foydalanish maqsadida yurtimizda kichik gidroenergetikani rivojlantirish Dasturi ishlab chiqildi. Jumladan, qurilayotgan To'palang GESida (Surxondaryo viloyati) ikkinchi blokni (quvvati 72 MVt) o'rnatish jadal olib berilmoqda. Yaqin kelajakda jami 440 MVt quvvatli qator kichik GESlar qurilishi loyihalashtirildi. Natijada qo'shimcha 1,3 mlrd. kVt„Єsoat arzon elektr energiya iste'molchilarga yetkaziladi.


Yüklə 122,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə