Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/21
tarix28.11.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#133114
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
608 18.10.2022



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 
QARORI 
ELEKTR ENERGETIKASI OBYEKTLARIDA XODIMLAR BILAN ISHLASHNI 
TASHKIL ETISH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA 
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuniga 
muvofiq 
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni 
tashkil etish qoidalari 
ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin: 
elektr energetikasi obyektlari tarkibiga kiruvchi uskunalar, qurilmalar, bino va inshootlardan 
foydalanuvchi va ularni nazorat qiluvchi tashkilot xodimlari, shuningdek, elektr energetikasi 
obyektlarida qurilish-montaj, sozlash, ishga tushirish hamda ta’mirlash ishlarini bajaruvchi xodimlar 
bilan ishlash tartibini belgilash; 
tashkilotning barcha xodimlarini, shu jumladan, rahbar xodimlarini o‘z kasbi va ish turi 
bo‘yicha belgilangan tartibda hamda muddatlarda mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha 
o‘qitish, ularga yo‘l-yo‘riq berish va ularning texnik ekspluatatsiya qilish, mehnatni muhofaza qilish, 
sanoat va yong‘in xavfsizligiga oid amaldagi qoidalar, me’yorlar va yo‘riqnomalar bo‘yicha 
bilimlarini sinovdan o‘tkazish; 
zararli yoki xavfli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq og‘ir ishlarda ishlaydigan xodimlarning 
ishga layoqatliligini aniqlash va kasbiy kasalliklarning oldini olish maqsadida ularni dastlabki va 
davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; 
mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, aniqlangan 
qoidabuzarliklarni bartaraf qilish bo‘yicha ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish, 
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun choralar ko‘rish. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan 
birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga 
muvofiqlashtirsin. 
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 
yoqilg‘i-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — energetika 
vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə