Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni


-bob. Xodimlarning ish joyida stajorlikdan o‘tish tartibi



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/21
tarix28.11.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#133114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
608 18.10.2022

4-bob. Xodimlarning ish joyida stajorlikdan o‘tish tartibi 
29. Tezkor, tezkor ta’mirlovchi, ta’mirlash, sozlash xodimlari hamda qurilish-montaj
qurilish industriyasi, mashinasozlik, shuningdek, sozlash, ta’mirlash va yordamchi ishlab chiqarish 
korxonalari xodimlari ish joylarida stajorlikdan o‘tishlari kerak. Stajorlikdan javobgar o‘rgatuvchi 
xodim rahbarligi ostida o‘tiladi. 
30. Stajorlikdan o‘tishga ruxsat berish korxona (bo‘linma) boshlig‘i buyrug‘i bilan 
rasmiylashtiriladi. Hujjatda stajorlik muddatlari va o‘rgatuvchi javobgar shaxslarning familiyasi 
ko‘rsatiladi. 
31. Har bir ish joyida stajorlikdan o‘tish davomiyligi o‘rgatiladigan xodimning kasbi 
(lavozimi), ishga tayyorligi hisobga olinib, individual ravishda belgilanadi va ikki smenadan yigirma 
smenagacha bo‘lishi kerak. 
32. Stajorlarni tayyorlash amaliy va nazariy bilimlari yetarli darajada bo‘lgan tajribali 
mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi kerak. 
33. Stajorlik jarayonida o‘rgatilayotgan xodim: 
Texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari, Texnika xavfsizligi qoidalari, Yong‘in xavfsizligi 
qoidalari va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ish joyida amaliy qo‘llashni 
egallashi; 
ushbu lavozimda ishlash uchun bilishi shart bo‘lgan sxemalarni, ishlab chiqarish va mansab 
(lavozim) yo‘riqnomalarini o‘rganishi kerak. 
5-bob. Xodimlarni bilim sinovidan o‘tkazish tartibi 


34. Ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarida bevosita qatnashmaydigan shaxslardan 
tashqari korxonalarning barcha xodimlari texnik ekspluatatsiya qilish, mehnatni muhofaza qilish, 
sanoat va yong‘in xavfsizligiga oid qoidalar (me’yorlar, yo‘riqnomalar) bo‘yicha bilim sinovlaridan 
o‘tishlari shart. 
35. Bilim sinovlaridan o‘tishni korxonalar, tarkibiy bo‘linmalar, yuqori turuvchi tashkilot, 
shuningdek, Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (keyingi 
o‘rinlarda — “O‘zenergoinspeksiya”) komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. 
36. Korxonalarda bilim sinovini o‘tkazish tasdiqlangan jadvallarga muvofiq ularning 
rahbarlari tomonidan ta’minlanadi. 
37. Korxonalarda xodimlarni o‘qitish va ularning bilimini sinovdan o‘tkazish uchun ushbu 
Qoidalarga 
3-ilovaga 
muvofiq tegishli sharoitlar yaratilishi shart. 
38. Korxonada rahbarning buyrug‘i (farmoyishi) bilan doimiy ishlab turuvchi imtihon 
komissiyasi tuziladi. Ushbu komissiya ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarida bevosita 
qatnashmaydigan shaxslardan tashqari barcha xodimlarning bilim sinovini o‘tkazadi.
“O‘zenergoinspeksiya” va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakillari imtihon 
komissiyasida ishtirokining zarurati ushbu organlar tomonidan tegishli talablar asosida belgilanadi. 
Xususiy va davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yurituvchi elektr energiyasini ishlab 
chiqaruvchi, uzatuvchi, taqsimlovchi tashkilotlar rahbar xodimlarining bilim sinovini 
“O‘zenergoinspeksiya” va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakili ishtirokida o‘tkazadi. Bilim 
sinovidan o‘tgan rahbar xodimlardan tashkil topgan ichki tuzilgan imtihon komissiyasi tomonidan 
ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarida bevosita qatnashmaydigan shaxslardan tashqari barcha 
xodimlarning bilim sinovi o‘tkaziladi. 
39. “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Issiqlik 
elektr stansiyalari” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ huzurida markaziy imtihon komissiyalari tuziladi. 
40. Har bir imtihon komissiyasi a’zolari soni kamida 5 nafardan iborat bo‘lishi kerak. 
Imtihon komissiyasi bilim sinovini kamida 3 nafar a’zo ishtirokida amalga oshirishi mumkin. 
41. Imtihon komissiyalarining ishini tashkil etish va o‘qitishlar tashkil etilishini nazorat 
qilish bilan bog‘liq barcha masalalar yuqori turuvchi boshqaruv organlari tomonidan, 
“O‘zenergoinspeksiya” va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakolati doirasidagi masalalar esa 
ularning vakillari ishtirokida hal etiladi. 
Markaziy imtihon komissiyasining ishi “O‘zenergoinspeksiya” va Sanoat xavfsizligi davlat 
qo‘mitasi tomonidan ularning vakolati doirasida nazorat qilinadi. 
42. Bilimlar sinovidan ozod etilgan shaxslar yoki bunday sinovdan o‘tishi talab etilmaydigan 
lavozimlar va kasblar ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 
43. Korxona komissiyasida bilimlar sinovidan quyidagilar o‘tadi: 
mazkur korxona xodimlari; 
tarkibiy bo‘linmalarning rahbar xodimlari, navbatchi dispetcherlar, elektr stansiyasining 
smena va sex boshlig‘i, tizim ahamiyatiga ega podstansiya rahbari lavozimiga tayinlanganlar. 
Xuddi shu komissiyada dastlabki bilim sinovidan quyidagilar o‘tadi: 
qozon-turbina sexi, energobloklar, qozonxona va turbina sexlarining katta mashinistlari; 
energobloklarning mashinistlari; 
elektr stansiyalarining elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatuvchi smenadagi katta elektr 
montyorlar. 
Tarkibiy bo‘linma komissiyasining bilimlar sinovidan ushbu bo‘linmaning xodimlari, 
shuningdek, tayyorgarlik o‘quv dasturida ushbu bo‘linmada bilim sinovidan o‘tishi nazarda tutilgan 
shaxslar o‘tishi kerak. 
44. Korxona rahbarlari va ushbu korxonaning bilim sinovi komissiyasi a’zolari 
“O‘zenergoinspeksiya” vakili ishtirok etgan markaziy imtihon komissiyasida bilim sinovidan 
o‘tadilar. 
45. Yuqori turuvchi tashkilotga ega bo‘lmagan korxona komissiyasi rahbarlari va a’zolari, 
shuningdek, bilimlar sinovi komissiyasi tuzish imkoni bo‘lmagan korxona va tashkilot xodimlari 
“O‘zenergoinspeksiya”ning komissiyasida bilimlar sinovidan o‘tadilar. 


46. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi nazorati ostidagi obyektlarga xizmat ko‘rsatadigan 
xodimlar va ayrim toifadagi mutaxassislarning bilimini sinovdan o‘tkazish hamda mustaqil ishlashga 
ruxsat berish Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi qoidalarining talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 
47. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning harakatlanadigan tarkiblarini o‘z yo‘llariga qabul 
qiladigan stansiyalarning temir yo‘llarga xizmat ko‘rsatadigan, poyezdlar harakati va manevrini 
tashkil etish bilan shug‘ullanadigan rahbarlari, mutaxassislari va xodimlari mustaqil ishlashga ruxsat 
berilishidan oldin “O‘ztemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi komissiyasining bilimlar sinovidan 
o‘tishlari kerak. 
48. Ta’mirlash, sozlash va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning xodimlari o‘z 
korxonalarida o‘qitiladi. Ushbu korxonalarning bilimlar sinovi komissiyasida sinovdan o‘tadi va 
mustaqil ishlash huquqiga ega bo‘ladi. 
49. Korxona komissiyasi va uning tarkibiy bo‘linmalari komissiyasi rahbar buyrug‘i bilan 
tayinlanadi. 
Korxona komissiyasi tarkibiga nazorat qiluvchi yoki yuqori turuvchi boshqaruv organining 
rahbar xodimlari va mutaxassislari ularning qaroriga binoan kiritilishi mumkin. 
Tarkibiy bo‘linma komissiyasiga korxona rahbari qaroriga muvofiq korxona tarkibiy 
bo‘linmalarining mutaxassislari kiritilishi mumkin. 
50. “O‘zenergoinspeksiya” imtihon komissiyasining tarkibi inspeksiya rahbarining buyrug‘i 
bilan belgilanadi. 
51. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Hududiy 
elektr tarmoqlari” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ huzuridagi markaziy imtihon komissiyalari tarkibi 
ushbu jamiyatlarning boshqaruv raisi buyrug‘i bilan belgilanadi. 
52. Korxona xodimlarini bilimlar sinovidan o‘tkazish birlamchi, davriy va navbatdan 
tashqari bilim sinovlaridan iborat.
Dastlabki bilimlar sinovidan o‘tkazish xodim ishga qabul qilinib, o‘qitilgandan keyin yoki 
yangi lavozim bo‘yicha tayyorlanib, boshqa ishdan (lavozimdan) yoki boshqa korxonadan 
o‘tkazilgandan so‘ng amalga oshiriladi. 
53. Xodimlar bilimining dastlabki sinovi dasturlar va ularni tayyorlash rejalarida belgilangan 
muddatlarda, rahbar va mutaxassislar bilimining dastlabki sinovi esa ishga tayinlangan kundan 
boshlab ikki oydan kechiktirmasdan o‘tkazilishi kerak. 
54. Barcha toifadagi xodimlarning davriy bilimlar sinovidan o‘tkazilishi kamida uch yilda 
bir marotaba amalga oshirilishi kerak. 
Tezkor rahbarlar, energetika qurilmalarini boshqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish 
bilan bevosita bog‘liq shaxslar hamda qurilish-montaj korxonalarining liniyadagi muhandis-texnik 
xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari bo‘yicha bilimlar sinovi davriyligi 
bir yilda kamida bir marotaba bo‘lishi kerak. 
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi obyektlarini ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq xodimlar 
bilimining davriy sinovi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining qoidalariga muvofiq o‘tkazilishi 
kerak. 
55. Navbatdan tashqari bilimlar sinovi quyidagi holatlarda o‘tkaziladi:
xodimlar tomonidan qoidalar (me’yorlar, yo‘riqnomalar) buzilganda; 
“O‘zenergoinspeksiya” va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining talabiga, shuningdek, 
qoida buzilishi holatini o‘rganayotgan komissiya xulosasiga ko‘ra; 
xodimlarning qoidalar (me’yorlar, yo‘riqnomalar)ni yetarli darajada bilmasligi yoki normal 
va avariyali holatlarda noto‘g‘ri harakatlari aniqlangan bo‘lsa, yuqori turuvchi tashkilot rahbarining 
qaroriga binoan; 
yangi yoki qayta ko‘rib chiqilgan qoidalar kuchga kirganda; 
yangi qurilmalar o‘rnatilganda va rekonstruksiya ishlari bajarilganda yoki asosiy elektr va 
texnologik sxemalar o‘zgarganda (bunda navbatdan tashqari imtihon o‘tkazish zarurati bosh 
muhandis tomonidan belgilanadi); 
qaytadan o‘tkazilgan nazorat (avariyaga qarshi va yong‘inga qarshi) mashg‘ulotlarda 
qoniqarsiz baho olganda; 


ish faoliyatida bir yildan ortiq tanaffus bo‘lgan xodimlar uchun. 
Navbatdan tashqari bilimlar sinovidan o‘tish uchun qoidalar, me’yorlar, yo‘riqnomalar 
hajmi va tayyorgarlik ko‘rish davomiyligi korxona yoki tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan, 
shuningdek, nazorat qiluvchi yoki yuqori turuvchi boshqaruv organining yozma ko‘rsatmasi 
(dalolatnomasi) bilan belgilanadi. 
Navbatdan tashqari o‘tkaziladigan bilimlar sinovi jadval bo‘yicha o‘tkaziladigan davriy 
bilimlar sinovini bekor qilmaydi. Yangi qoidalar amalga kiritilishi bilan bog‘liq holat bundan 
mustasno. 
56. Bilimlar sinovi komissiyasi xodimning quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlarini, 
xususan: 
sohaga oid Elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari, Texnika 
xavfsizlik qoidalari va Yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilishini; 
agar bajarilayotgan ishlar tarmoqlararo xavfsizlik qoidalari va boshqa maxsus qoidalarni 
bilishni talab etsa, ularni bilishini; 
lavozim va ishlab chiqarish yo‘riqnomalarini, avariyalarni va avariyali rejimlarni bartaraf 
etish bo‘yicha reja (yo‘riqnoma)larni bilishini; 
xavfsizlikning texnik vositalari va avariyaga qarshi himoya vositalarining tuzilishini va 
ishlash prinsiplarini bilishini; 
uskunalar, nazorat-o‘lchov asboblari va boshqaruv vositalarining tuzilishi hamda ishlash 
prinsipini; 
energetika ishlab chiqarish texnologik sxemalari va jarayonlarini bilishini; 
energetika qurilmalari, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi obyektlarini xavfsiz 
ekspluatatsiya qilish sharoitlarini bilishini; 
xodimning himoya vositalaridan foydalanishini va baxtsiz hodisada jabrlanuvchilarga 
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni bilishini; 
energetika qurilmalarini boshqarishni (o‘rganish trenajyorlari va boshqa texnik vositalarida) 
bilishini; 
“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 
Qonun
, Mehnat 
kodeksi 
va mehnat xavfsizligi 
sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlarini hamda avariyalarning oldini olishni bilishini; 
elektr tokidan jarohatlanishning oldini olish, ishlab chiqarish sanitariyasi va shaxsiy 
gigiyena bo‘yicha asosiy talablarni bilishini tekshiradi. 
Bundan tashqari, rahbar va mutaxassislarning quyidagilarni: 
mehnat muhofazasi holati yuzasidan davlat, idoraviy nazorat va jamoa nazorati to‘g‘risidagi 
nizomlarni; 
mehnat shartnomasi, ish va dam olish vaqti rejimi, ayollar va 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar 
mehnatini himoya qilish, imtiyoz va kompensatsiyalarni; 
ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar va xodimlarning boshqa shikastlanishlarini tekshirish va 
ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizomlarni bilishi tekshiriladi. 
Barcha toifadagi rahbar va mutaxassislar o‘zlarining lavozim majburiyatlariga binoan 
bilishlari shart bo‘lgan amal qiluvchi va boshqaruv hujjatlarining ro‘yxati korxona rahbari tomonidan 
belgilanadi. 
57. Har bir xodimning bilimi individual ravishda og‘zaki yoki yozma tekshirilishi kerak. 
Bunda kompyuterlar tizimidagi o‘quv dasturlaridan foydalanishga faqat davriy tekshiruvlarda ruxsat 
etiladi. 
Xodimlarning bilimi va malakasi “a’lo”, “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” darajalar 
asosida baholanadi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, barcha elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatadigan 
xodimlar va korxona rahbarlari uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha guruh belgilanadi. 
Kompyuterlardan foydalangan holda imtihon bayonnomasida qoniqarsiz baho bo‘lgan 
taqdirda, imtihon komissiyasi qo‘shimcha savollar beradi. Agar imtihon topshiruvchi bilishi lozim 
bo‘lgan qoidalar bo‘yicha komissiya a’zolari tomonidan berilgan qo‘shimcha savollarning ko‘piga 
noto‘g‘ri javob bersa, u holda umumiy baho “qoniqarsiz” deb topiladi. 


Qoidalar bo‘yicha bilimlarni ijobiy (ya’ni “qoniqarli” va undan yuqori) baholash xulosasi 
komissiya a’zolarining ko‘pchiligi qarori bilan belgilanadi. Agar xodimning bilimi “qoniqarsiz” 
baholansa, u holda berilgan savollar va har bir javob bahosi bayonnomaga kiritiladi. 
58. Imtihon topshiruvchi bilimining sinov natijalari ushbu Qoidalarga 
4-ilovadagi 
namunaga 
muvofiq maxsus jurnalda qayd etiladi va ushbu Qoidalarga 
5-ilovaga 
muvofiq uning guvohnomasiga 
kiritiladi. 
Jurnal imtihon komissiyasida o‘n yil mobaynida saqlanadi. 
59. Bilimi “qoniqarsiz” baholangan shaxs bir oy ichida qaytadan bilimlar sinovidan o‘tishi 
kerak. 
Ikkinchi marta bilimlar sinovidan o‘ta olmagan mutaxassisning egallab turgan lavozimiga 
loyiqligi mehnat qonunchiligiga muvofiq ish beruvchi tomonidan o‘n kun muddatda hal etiladi. 
Uzrli sababsiz bilimlar sinoviga kelmagan xodimlarga nisbatan ichki mehnat tartibi qoidalari 
va Mehnat 
kodeksida 
nazarda tutilgan intizomiy choralar ko‘rilishi mumkin. 
60. Guvohnomalar korxonaning kadrlar bo‘limi tomonidan rahbar imzosi bilan 
rasmiylashtiriladi va beriladi. 
Tekshirish natijalari imtihon komissiyasi raisining imzosi bilan guvohnomada 
rasmiylashtiriladi. 
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi inspektorining ishtirok etishi talab etiladigan imtihon 
natijalari xodimning guvohnomasiga komissiya raisi va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 
inspektori imzosi bilan rasmiylashtiriladi. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə