Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/21
tarix28.11.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#133114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
608 18.10.2022

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV 
Toshkent sh., 
2022-yil 18-oktabr, 
608-son 
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 608-son 
qaroriga
 
ILOVA 
Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish 
QOIDALARI 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Mazkur Qoidalar elektr energetikasi obyektlari tarkibiga kiruvchi uskunalar, qurilmalar, 
bino va inshootlarni loyihalashtirish, ekspluatatsiya qilish, ularning ishlashini tashkil etuvchi va 
nazorat qiluvchi korxonalar xodimlari, shuningdek, elektr energetikasi obyektlarida qurilish-montaj, 
sozlash, ishga tushirish hamda ta’mirlash ishlarini bajaruvchi xodimlar bilan ishlash tartibini 
belgilaydi. 
Mazkur Qoidalarning talablari elektr energetikasi obyektlarida amalda bo‘lgan 
yo‘riqnomalar va nizomlar, shuningdek, tashkiliy-boshqaruv hujjatlarida inobatga olinishi shart. 
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 


elektr energetikasi obyektlari
— elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalar, 
shuningdek, elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari; 
tezkor xodimlar
— tezkor boshqaruv va tezkor almashlab ulashlarni amalga oshirishga 
ruxsat berilgan xodimlar toifasi va ushbu xodimlarga bevosita rahbarlik qilish uchun tayinlangan 
shaxslar; 
tezkor rahbarlar
— smenada qo‘l ostidagi xodimlar va ularga biriktirilgan obyektlarning 
(energetika tizimi, elektr va issiqlik tarmoqlari, elektr stansiyalari va markazlari, energetika 
obyektlari) ishlashi bo‘yicha tezkor boshqaruvni amalga oshiradigan xodimlar toifasi; 
tezkor-ta’mirlovchi xodimlar
— o‘zlariga biriktirilgan elektr qurilmalarida tasdiqlangan 
hajmda tezkor xizmat ko‘rsatish uchun maxsus o‘qitilgan va tayyorlangan ta’mirlash xodimlariga 
mansub xodimlar toifasi; 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə