Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni


liniyadagi muhandis-texnik xodim



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/21
tarix28.11.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#133114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
608 18.10.2022

liniyadagi muhandis-texnik xodim
— qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishiga bevosita 
ish joyida rahbarlik qiluvchi qurilish-montaj tashkilotlari xodimlari (usta, katta usta, uchastka 
mexanigi); 
yong‘in xavfsizligi bo‘yicha minimal bilim hajmi
— ishlab chiqarishning texnologik 
jarayonini, yong‘inga qarshi kurashish vositalari va usullarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga 
olgan holda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha xodim bilimining zarur minimal hajmi; 
yo‘l-yo‘riq
— topshiriqni o‘rgatish va tushuntirish turi bo‘lib, mehnat muhofazasi sohasida 
uning o‘zlashtrilganligi tekshiriladi va yo‘l-yo‘riq berilganligi maxsus jurnalda qayd etiladi. 
3. Korxonaning va har bir ish joyining mehnat sharoitlari mehnatni muhofaza qilish 
masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy 
hujjatlar talablariga javob berishi kerak. 
4. Korxona tomonidan jamoaviy shartnomada, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va 
boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o‘rtasidagi 
kelishuvda belgilangan mehnatni muhofaza qilish uchun zarur miqdordagi mablag‘lar ajratilishi 
shart. 
5. Korxona o‘zining tijorat va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyatidan olingan 
daromad (foyda) hisobiga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamg‘arma tashkil etishi mumkin. 


Korxonaning mehnatni muhofaza qilish xizmatlari “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuni 
hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son 
qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini yaratish va faoliyatini 
tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi 
nizom 
talablariga muvofiq tashkil etiladi.
6. Korxonaning barcha xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlari o‘z kasbi va ish turi 
bo‘yicha belgilangan tartibda hamda muddatlarda mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha 
o‘qishi, yo‘l-yo‘riq olishi va bilimlar sinovidan o‘tishi shart. 
7. Korxonada xodimlar bilan ishlash ushbu korxonaning barcha rahbarlari va 
mutaxassislarining asosiy vazifalaridan biridir. 
Xodimlar bilan ishlash uchun javobgarlik korxona rahbari zimmasiga yuklanadi. 
Xodimlar bilan ularning toifasiga qarab ishlash shakllari ushbu Qoidalarga 
1-ilovada 
keltirilgan jadvalga muvofiq belgilanadi. 
8. Yuqori turuvchi tashkilot xodimlari (mutaxassislari) quyi tashkilot xodimlari bilan 
ishlashda ishtirok etishlari lozim. 
9. Korxona xizmat safariga yuborilayotgan xodimlarning malakasi bajariladigan ishlarga 
mosligiga, texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi qoidalari va yo‘riqnomalar talablarini bilishi 
hamda ularga rioya etishi uchun javobgar hisoblanadi. 
10. O‘rindoshlik asosida ishlaydigan shaxslar bilan ishlash ularning asosiy va o‘rindosh kasb 
(lavozim)lari bo‘yicha to‘liq hajmda amalga oshirilishi kerak. 
11. Mazkur Qoidalarda belgilangan xodimlar bilan ishlash ish vaqtida (xodimlarning asosiy 
funksiyalarini bajarishdan ajratilgan holda) amalga oshirilishi kerak. 
12. Zararli yoki xavfli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq og‘ir ishlarda ishlaydigan xodimlar 
ularning ishga layoqatliligini aniqlash va kasbiy kasalliklarning oldini olish maqsadida dastlabki 
(ishga qabul qilingan vaqtda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan 
o‘tkaziladi. 
Zararli ishlab chiqarish omillari va ishlarning ro‘yxati, shuningdek, ushbu ishlarni bajarishda 
dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish tartibi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-
epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan birgalikda qonunchilikda belgilangan 
tartibda belgilanadi. 
13. Elektr energetikasi sohasi korxonalari rahbarlari belgilangan tartibda xodimlarni 
dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etishlari shart. 
14. Xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortganda yoki tekshiruv natijalari bo‘yicha 
tibbiy komissiya tomonidan berilgan tavsiyalarga rioya qilmaganda korxona rahbari ularni ishga 
qo‘ymaslik huquqiga ega. 
Tibbiy komissiya tomonidan tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha salbiy xulosa berilganda, 
xodimlar zararli yoki xavfli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq og‘ir ishlarga jalb qilinmaydi. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə