Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni


-bob. Xodimlarga mustaqil ishlashga ruxsat berish tartibi



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/21
tarix28.11.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#133114
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
608 18.10.2022

7-bob. Xodimlarga mustaqil ishlashga ruxsat berish tartibi 
67. Ishga yangi qabul qilingan yoki ish faoliyatida 6 oydan ko‘proq vaqt davomida tanaffus 
bo‘lgan tezkor va tezkor ta’mirlovchi xodimlarning mustaqil ishlashiga faqat yo‘l-yo‘riqdan, 
stajorlik, bilimlar sinovi va dublyorlikdan o‘tgandan, ta’mirlash va sozlash xodimlarining esa yo‘l-
yo‘riqdan, stajorlik, bilimlar sinovidan o‘tgandan so‘ng ruxsat etiladi. 
Ish faoliyatida uch haftadan olti oygacha tanaffus bo‘lgan xodimlarning mustaqil ishlashiga 
ruxsat berish shartlari ushbu tanaffusning davomiyligidan kelib chiqib belgilanadi. 
68. Mustaqil ishlashga ruxsat berish korxona yoki tarkibiy bo‘linma rahbarining boshqaruv 
hujjati (buyruq, farmoyish) bilan rasmiylashtiriladi. 
Mustaqil ishlashiga ruxsat berilgan tezkor rahbarlar mustaqil ishlashiga ruxsat berilgan 
ma’muriy hujjat (buyruq, farmoyish) mazmuni bilan yuqori turuvchi va bo‘ysunuvchi tezkor 
xodimlarni, shuningdek, tezkor muloqotlar olib borilayotgan tegishli korxona xodimlarini xabardor 
qiladi. Yuborilgan va qabul qilingan xabarlar tezkor jurnalda qayd etiladi. 
69. Ishida tanaffus bo‘lgan tezkor va tezkor ta’mirlovchi xodimlar mustaqil ishlashga ruxsat 
berilishidan oldin quyidagilar bilan tanishishlari shart: 
energetika qurilmalarining sxemalari va ish rejimidagi o‘zgarishlar; 
yo‘riqnomalarga kiritilgan o‘zgartirishlar; 
yangidan amalga kiritilgan normativ-texnik hujjatlar; 
ushbu lavozim bo‘yicha yangi buyruqlar, texnik ko‘rsatmalar va boshqa materiallar. 
70. Bilimlar sinovidan o‘tishi majburiy bo‘lgan shaxslarning mustaqil ishlashiga ruxsat 
etilganligining amal qilish muddati keyingi imtihon sanasigacha saqlanib qoladi. Agar xodim ishlab 
chiqarish yoki lavozim yo‘riqnomalarida belgilangan qoidalarni buzsa, u holda mustaqil ishlashga 
ruxsat etilganligining amal qilish muddati korxona va tarkibiy bo‘linma rahbari yoki davlat nazorati 
organlari qarorlariga binoan to‘xtatilishi mumkin. 
71. Ta’mirlash va sozlash xodimlarining mustaqil ishlashiga ularning ish faoliyatida bir 
oydan ikki oygacha tanaffus bo‘lganda — rejadan tashqari yo‘l-yo‘riqdan o‘tgandan so‘ng, ikki 
oydan olti oygacha tanaffus bo‘lganda — yo‘l-yo‘riqdan va bir-ikki smena stajorlikdan o‘tgandan 
so‘ng olti oydan ortiq tanaffus bo‘lganda esa — yo‘l-yo‘riqdan, stajorlikdan va bilim sinovidan 
o‘tgandan so‘ng ruxsat etiladi. 
72. Uskunalar uzoq vaqt ishlatilmay turganda (konservatsiya yoki boshqa holatlarda) yoki 
ularning ishlashi o‘zgarganda energetika qurilmalarini boshqarish uchun xodimlarning mustaqil 
ishlashiga ruxsat berish tartibi korxonaning bosh muhandisi tomonidan belgilanadi. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə