Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni


-bob. Dublyorlikdan o‘tish tartibi



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/21
tarix28.11.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#133114
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
608 18.10.2022

6-bob. Dublyorlikdan o‘tish tartibi 
61. Tezkor va tezkor ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan shaxslar dastlabki bilimlar sinovidan 
o‘tgandan yoki ishdagi uzoq tanaffusdan so‘ng, shuningdek, boshqa hollarda dublyorlikdan o‘tishlari 
kerak.
62. Tezkor va tezkor ta’mirlovchi xodimlarning ish faoliyatida uch haftadan ikki oygacha 
tanaffus bo‘lganda, ular o‘z ish joyida bir-ikki smena davomida hamda bunday tanaffus ikki oydan 
olti oygacha bo‘lganda olti smenagacha bo‘lgan davr mobaynida dublyorlikdan o‘tishlari lozim. 
63. Dublyorlikdan o‘tishga ruxsat korxona yoki tarkibiy bo‘linmaning boshqaruv hujjati 
bilan rasmiylashtiriladi. 
Boshqaruv hujjatida dublyorlikdan o‘tish davri va dublyorni tayyorlash uchun javobgar 
shaxs ko‘rsatiladi. 
Tezkor rahbarlarning dublyorlik qilishiga ruxsatnoma berilganligi va bu bo‘yicha boshqaruv 
hujjatining mazmuni to‘g‘risida dublyorni tayyorlash uchun javobgar shaxs yuqori turuvchi va 
bo‘ysunuvidagi tezkor xodimlarni, shuningdek, tezkor muloqotlar olib borilayotgan tegishli korxona 
xodimlarini xabardor qiladi. Yuborilgan va qabul qilingan xabarlar tezkor jurnallarda qayd etiladi. 
64. Har bir lavozim (kasb) bo‘yicha dublyorlik muddati dastlabki bilimlar sinovidan 
o‘tgandan keyin xizmat ko‘rsatilayotgan uskunaning murakkabligiga qarab belgilanishi kerak. 
Dublyorlikning minimal muddatlari: 
tezkor rahbarlar; 
qozonxona sexi, turbina sexi, qozon-turbina sexi, energiya bloklarining katta mashinistlari; 
qozonlar, turbinalar, energiya bloklari, gidroagregat mashinistlari; 
qozon va turbina uskunalari bo‘yicha mashinist-nazoratchilar; 
elektr stansiyalari elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi elektr montyorlar; 
elektr stansiyalarining avtomatika va o‘lchov asboblariga xizmat ko‘rsatuvchi elektr 
chilangarlar; 
elektr tarmoqlari korxonalarining tezkor va tezkor ta’mirlovchi xodimlari uchun — kamida 
o‘n ikki soat ish smenasi; 
boshqa kasblar uchun ikki soatdan o‘n ikki soatgacha ish smenasi bo‘lishi kerak. 
Muayyan xodimning dublyorlik muddati bilim darajasiga, ish stajiga va ish tajribasiga qarab, 
imtihon komissiyasining qarori bilan belgilanadi. 
65. Dastlabki bilimlar sinovidan o‘tgandan keyin dublyorlik davrida xodim (yakka ravishda) 
avariyaga va yong‘inga qarshi mashg‘ulotlarda ishtirok etishi kerak. 


Mashg‘ulotlarning soni va mavzularini korxona yoki tarkibiy bo‘linma rahbari belgilaydi. 
66. Agar xodim dublyorligi davrida tezkor ishlarni bajarish bo‘yicha yetarli ko‘nikmalarga 
ega bo‘lmagan bo‘lsa yoki avariyaga qarshi mashg‘ulot bo‘yicha “qoniqarsiz” baho olsa, u holda 
uning dublyorligini (asosiy dublyorlik davomiyligidan ko‘p bo‘lmagan muddatga) uzaytirishga va 
qo‘shimcha avariyaga qarshi mashg‘ulotlar o‘tkazishga ruxsat etiladi. Dublyorlik muddatini 
uzaytirish korxona yoki tarkibiy bo‘linmaning boshqaruv hujjati bilan rasmiylashtiriladi. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə