Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni


-bob. Xodimlar bilan ishlashni tashkil etish tartibi



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/21
tarix28.11.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#133114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
608 18.10.2022

2-bob. Xodimlar bilan ishlashni tashkil etish tartibi 
15. Xodimlar bilan ishlash korxonaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yillik 
rejalarga muvofiq tashkil qilinadi va amalga oshiriladi. 
16. Rejalar quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olishi kerak: 
yangi xodimlarni o‘qitish; 
xodimlarni ikkinchi va bir-biriga yaqin kasblar bo‘yicha qayta tayyorlash hamda o‘qitish; 
malaka oshirish; 
texnik kutubxonalar, texnik xonalar, xavfsizlik va yong‘in xavfsizligi xonalari, trenajer 
tayyorgarlik markazlari hamda punktlari ishlarini tashkil etish; 
o‘quv-mashq bazasini jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
rahbar va mutaxassislarni imtihonga tayyorlash; 
maxsus tayyorgarlik; 
bilimini sinash; 
yong‘in va avariyaga qarshi nazorat mashqlarini o‘tkazish; 
texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish; 
texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish; 


kasbiy mahorat musobaqalarini o‘tkazish; 
ish joylarini tekshirish; 
sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika va reabilitatsiya chora-tadbirlarini amalga 
oshirish; 
davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; 
xodimlar bilan ishlashning jamoaviy shakllari. 
17. Xodimlarni (mutaxassislarni) tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini 
boshqarish korxonaning bosh muhandisiga yuklanadi. 
18. Yangi xodimlarni o‘qitish, shuningdek, xodimlar, rahbar xodim va mutaxassislarni qayta 
tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish kadrlar bo‘limi 
tomonidan amalga oshirilishi kerak. Bunda xodimlarni tayyorlash vazifalari yuklangan mutaxassislar 
(mutaxassislar guruhlari, sektorlar, bo‘limlar) yoki boshqa xizmat xodimlari jalb qilinadi.
19. Tarkibiy bo‘linmalar rahbarlariga va korxona rahbariga bevosita bo‘ysunuvchi xodimlar 
bilan ishlashni rejalashtirish va tashkil etish korxonaning bosh muhandisi tomonidan amalga 
oshirilishi kerak. 
20. Korxonada xodimlarning ishlab chiqarishga moslashishi va malaka ko‘nikmasiga ega 
bo‘lishini ta’minlash uchun maxsus o‘quv-ishlab chiqarish punktlari (doimiy kurslar, trenajyorlar va 
boshqalar), texnik kutubxona, texnik xonalar, texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi xonasi 
faoliyat yuritishi kerak.
Xodimlarni tayyorlash uchun o‘quv-ishlab chiqarish kurslari poligonga ega bo‘lishi, o‘quv 
xonalari o‘qitishning va mashq qilishning texnik vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi, o‘qitish uchun 
korxonalar hamda boshqa tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish imkoniyati 
bo‘lishi kerak. 
21. Ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan, xodimlar soni ellik kishi va undan ortiq 
bo‘lgan har bir korxonada mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning 
bajarilishini nazorat qilish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etilishi yoki mehnatni 
muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etilishi shart. 
Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan korxonada yo‘l harakati xavfsizligi xizmati 
ham tashkil etilishi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etilishi shart. 
Xodimlarining soni ellik kishidan kam bo‘lgan korxonada mehnatni muhofaza qilish 
xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish 
to‘g‘risidagi qaror mazkur korxona faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda 
korxona rahbari tomonidan qabul qilinadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil 
tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassislari mehnatni muhofaza qilish qoidalari va 
normalariga barcha xodimlar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish, tarkibiy bo‘linmalarning 
rahbarlariga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish bo‘yicha ijro etilishi majburiy bo‘lgan 
ko‘rsatmalar berish, shuningdek, korxona rahbariga mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha 
normativ hujjatlar talablarini buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida taqdimnomalar 
kiritish huquqiga ega. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə