1. Sog’liqni saqlashni moliyalashtirishning nazariy asoslari



Yüklə 177,07 Kb.
səhifə1/20
tarix19.12.2023
ölçüsü177,07 Kb.
#153243
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
.Sog’liqni saqlashni moliyalashtirishning nazariy asoslari



1.Sog’liqni saqlashni moliyalashtirishning nazariy asoslari.1
Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish borasida muayyan natijalarga erishildi.
O‘tgan davrda qishloq vrachlik punktlari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalarini tashkil etish orqali birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish tizimi takomillashtirildi hamda aholining ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning yagona markazlashgan tizimi yaratildi, fuqarolarga, jumladan, joylarda yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tarmog‘i takomillashtirilmoqda.
Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha qator maqsadli milliy dasturlar amalga oshirildi. Bolalarning irsiy va tug‘ma kasalliklar bilan tug‘ilishining oldini olish maqsadida respublika va hududiy skrining markazlari tashkil etildi.
Natijada 1991 — 2017-yillarda umumiy o‘lim ko‘rsatkichi 20 foizga, onalar va chaqaloqlar o‘limi 3,1 barobar kamaydi. O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1995-yilga nisbatan 4,6 yilga oshdi va bugungi kunda 73,7 yilni tashkil etmoqda.
Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash sohasi faoliyatini tashkil etishda so‘nggi yillarda to‘planib qolgan tizimli kamchilik va muammolar fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni samarali hal etishga to‘sqinlik qilmoqda. Xususan:
birinchidan, sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish va rejalashtirish bo‘yicha konsepsiya hamda strategik maqsadlarning mavjud emasligi oqibatida ushbu sohadagi islohotlar to‘liq bo‘lmagan shaklda amalga oshirilmoqda, bu esa aholining tibbiy yordam sifatiga doir istak va talablariga javob bermayapti;
ikkinchidan, sog‘liqni saqlash sohasidagi smetali moliyalashtirish tizimi eskirgan, zamonaviy xalqaro amaliyotga mos kelmaydigan mexanizmlarga asoslangan bo‘lib, moliya resurslarining samarasiz ishlatilishiga va sohaning surunkali tarzda moliyalashtirilmay qolishiga olib kelmoqda;
uchinchidan, kasalliklarni profilaktika qilish va barvaqt aniqlash, patronaj va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha ishlar samaradorligining pastligi fuqarolarning ixtisoslashgan tibbiy yordam so‘rab murojaat qilishining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda;
to‘rtinchidan, aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning turli darajalari va bosqichlari, shu jumladan, davolash va salomatlikni tiklash jarayonida uzviylik sust rivojlangan;
beshinchidan, amaldagi kadrlar siyosati tibbiy yordam ko‘rsatishning barcha darajalarida, ayniqsa, birlamchi bo‘g‘inda mutaxassislar bilan ta’minlashning, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotchilari va boshqaruv xodimlarini tayyorlashning istiqbollarini prognozlashtirish imkonini bermayapti;
oltinchidan, tibbiy amaliyotning ta’lim va ilm-fan bilan integratsiyasi sustligi ixtisoslashtirilgan markazlarning innovatsion salohiyati pastligi bilan birgalikda zamonaviy tibbiyot yutuqlarini davolash-tashxis jarayoniga joriy etishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
yettinchidan, elektron sog‘liqni saqlash sohasida yagona standartlar mavjud emas, tibbiy xizmatning integratsiyasini va samarali boshqarilish.


Yüklə 177,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə