1. Sog’liqni saqlashni moliyalashtirishning nazariy asoslari


Zamonaviy sharoitda sog’liqni saqlashni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish



Yüklə 177,07 Kb.
səhifə14/20
tarix19.12.2023
ölçüsü177,07 Kb.
#153243
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
.Sog’liqni saqlashni moliyalashtirishning nazariy asoslari

3. Zamonaviy sharoitda sog’liqni saqlashni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish.
Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishning samarali tizimini joriy etish, tibbiy xizmatlar bozorida zamonaviy raqobat muhitini yaratish, xususiy tibbiyot tashkilotlari faoliyatini yana-da qo‘llab-quvvatlash, shu asosda aholining kafolatlangan va sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsad qilingan.
Prezidentning “Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish tizimining samaradorligini oshirish va tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida bozor mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi. 
2020–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish strategiyasi tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda shakllantirilgan:
2021 yil 1 yanvardan boshlab byudjet hisobidan saqlanadigan koykalar fondi buyurtma asosida moliyalashtiriladigan tibbiyot muassasalari ro‘yxati;
2021–2022 yillarda masʼuliyati cheklangan jamiyatlarga qayta tashkil etilgan holda, davlat ulushlari auksion savdolari orqali xususiy investorlarga tibbiy faoliyatni amalga oshirish sharti bilan sotiladigan tibbiyot muassasalari ro‘yxati;
2021–2023 yillarda tibbiy faoliyatni amalga oshirish yoki uni tashkil etish sohasida amaliy tajribaga ega tadbirkorlik subyektlariga davlat-xususiy sheriklik asosida ishonchli boshqaruvga beriladigan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari ro‘yxati maʼqullanadi.
Belgilanishicha, davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablag‘lar, istisno tariqasida, qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasiga qoldiriladigan mablag‘lar, shuningdek, baholovchi tashkilot va savdo tashkilotchisi xizmatlari uchun xarajatlar chegirilgan holda, Sog‘liqni saqlash vazirligining Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi va sog‘liqni saqlash tizimining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun maqsadli sarflanadi.


Yüklə 177,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə