1. Muzey turlari. Turkistonda tashkil etilgan dastlabki muzeylar



Yüklə 50,89 Kb.
tarix12.12.2023
ölçüsü50,89 Kb.
#148834
Turkistonda ilk muzeylar tashkil etilishi


VIII BOB. 0 ‘LKA TARIXINI 0 ‘RGANISHDA
MUZEYLARNING 0 ‘RNI
Reja:
1. Muzey turlari. Turkistonda tashkil etilgan dastlabki muzeylar.
2. 0 ‘zbekistonda 1917-1990-yillarda tashkil etilgan muzeylar faoliyati.
3. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda yangi tashkil etilgan muzeylar va ulaming faoliyati.

1. Muzey turlari. Turkistonda tashkil etilgan dastlabki muzeylar
Mustaqil 0 ‘zbekistonda milliy qadriyatlami asrab-avaylashga alohida e’tibor berilmoqda. Bugungi kunda muzeylammg jamiyat va insonlar hayotidagi o‘mi beqiyosdir. 0‘tmishni, tarix tajribasini o'rgamshda ajdodlar yaratgan betakror moddiy va ma naviy merosni asrashda hamda targ‘ib etishda muzeylar faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘kashunoslik manbalati orasida ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasaga aylanib qolgan muzeylaming o‘rni va ahamiyati kattadir. U moddiy va ma’naviy yodgorliklaming asl nusxalarini (arxeologiya, etnografiya, toponimikaga oid materiallami) to‘playdi, saqlaydi va ilmiy asosda o ‘rganib tahlil qiladi hamda ulami ekspozitsiya sifatida ommalashtiradi.
Bugungi kunda viloyat, shahar, tuman markazlarida, xalq ta’lim tizimida 1200 dan ortiq muzeylar bo‘lib, ulaming eng yiriklari poytaxtimizda joylashgan. Shu bilan birga, o’nlab yozuvchilar, shoirlar. rassomlar, olimlar va mashhur san’at arboblarining uy muzeylari mavjud.
Ushbu muzeylarda xalqimizning uzoq tarixidan hikoya qiluvchi, milliy mafkura va tafakkumi rivojlantiruvchi, yoshlarda milliy g‘urur va lftixomi yuksaltirishga xizmat qiluvchi ekspozitsiyalar qo‘yilgan.
«Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatim uning tarixi, o'ziga xos urf-odat va arfanalan, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib boimaydi». 0‘zbekiston Respublikasidagi muzeylar va tarixiy me’moriy yodgorliklar milliy g‘oyani targ‘ib etish, xalq ongida milliy g'urur va qadriyatlami kuchaytinshda muhim rol o‘ynaydi.
0‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi, Termiz arxeologik muzeyi va boshqa qator yangi muzeylar tashkil etildi. Mavjud muzeylaming ilmiy konsepsiyasi milliy g‘oya asosida qayta tuzilib, ekspozitsiyalari takomillashtirildi. Bugungi kunda 0‘zbekistonda tarix, oikashunoslik, badiiy, memorial, adabiyot, aniq fanlar muzeylari faoliyat koisatmoqda. Ularda o‘zbek va jahon xalqlari tarixi va madaniyatiga doir jami 1602280 dan ortiq turli eksponatlar saqlanadi.
0‘zbekistonda muzeylar faoliyati 1991-yilga qadar mustaqillik davri g‘oyalariga zid holda o‘rganilgan, mavjud adabiyotlar va uslubiy qo‘llanmalardagi ma’lumotlar esa tarqoq holda boiib, muzeylar haqidagi maiumotlar yetarlicha emas edi. Shuningdek, muzeylammg faoliyati keng ommaga atroflicha yetkazib berilmagan. Foydalanilayotgan darsliklar va o‘quv qoilanmalar mazmun jihatdan eskirgan, ko‘pchiligi zamon talablariga javob bermasdi.
Mustaqillik yillarida qadimiy shaharlar: Xiva, Buxoro, Shahrisabz, Termiz shaharlarining 2500, 2700 yillik yubileylarining oikazilishi, Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Imom al-Buxoriy, Ahmad alFarg‘oniy, Jaloliddin Manguberdi, Kamoliddin Behzod, Ogahiy kabi «Barhayot siymolar» yubileylannmg oikazilishi, «Alpomish» dostoni yaratilganining 1000 yilligi tantanalarining nishonlanishi yoshlaming ma’naviy-ma'rifiy tarbivasida muhim o‘rin egallashi shubhasiz.
Sobiq sovet davrida faqat «qizil imperiya» mafkurasiga xizmat qilgan muzeylar endilikda milliy o‘zlikni anglashga xizmat qilishi muhim hisoblanadi. Mustaqillik davrida muzeylar ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 1998-yil 12-yanvarda «Muzeylar faoliyatini tubdan vaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni e’lon qilindi.
Farmorida asosan 0‘zbekiston hududida qadimdan shakllangan muzeylar faoliyatini takomillashtirish, muzev fondlarida saqlanib kelayotgan xalqimizning boy tarixini va mustaqilligimiz odimlarini o'zida aks ettiruvchi noyob eksponatlami avaylab-asrash, muzevlar fondini boyitib borish, muzeylami dunyoga olib chiqish va targib qilish, muzeylami zamon talablariga mos yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlab, jahon muzevshunosligi tajribalarini qo‘llash kabi vazifalar qo'yilgan.
Muzey turlari. Respublikamiz hududida uch turdagi muzeylar mavjud:
Birinchi turdagi muzeylarga ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma’rifiy ishlar olib boriladigan muzeylar kiradi.
Ikkinchi turdagi muzeylarga faqat bir soha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradigan muzey laboratoriyaga ega bo‘Igan maxsus muzeylar (masalan, 0‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi bakteriologiya va mineralogiya muzeyi) kiradi.
Uchinchi turdagi muzeylar faqat o‘quv turida bo'lib, ulaming asosiy vazifasi o'quv jarayonini tashkil etishdan iborat. Muzey turlari ko‘p jihatdan unda saqlanayotgan fondlaming xarakteriga va ular faoliyatining yo‘nalishiga bog‘liqdir. Shuningdek, turli fan sohalariga bo‘lingan muzeylar ham bor. Bu muzeylar orasida ko‘proq ma’lum bo‘lganlari yoki faqat o‘sha soha mutaxassislariga ravshan bo‘lgan ma’lum tarmoqni aks etuvchi muzeylar ham mavjud.
Masalan, Toshkentdagi 0‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, tasviriy san’at muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi va O‘zbekiston Respublikasi harbiy okrugi muzeylarini ko pchilik yaxshi biladi, ammo arxeologiya, etnografiya, harbiy-tarixiy, memorial, mintaqaviy, san’atshunoslik. texnika muzeylari ko'proq o'sha soha mutaxassislariga ay on.
Turkistonda tashkil etilgan dastlabki muzeylar. Muzeylar inson madaniyatiga ikki yarim ming yil ilgari. ya’ni antik davrda kirib keldi. Lekin uning ma’nosi hozirgi muzey tushunchasidan ancha boshqacharoq bo‘lgan. Qadimgi Yunonistonda «museion» deb ma’budalar sha’niga e ’zozlanadigan maskanlami aytganlar. Bu maskanlar tabiatning go'zal joylarida, tog‘ etaklarida, daiyo va ko‘l boSlarida, bog‘-u rog'larda joylashgan.
Muzeylar o'zlarining ilk paydo bo‘lgan kunidan boslilab o'z zamonasini aks ettirgan va talab-ehtivojlanni ifoda qilgan, qisqacha qilib avtganda, zamon ko zgusi bo‘lgan. Hoziigi kunda ochiq osmon ostidagi muzeylar ham paydo bo‘ldi, ulaming asosini me’moriy va arxeologik yodgorliklar tashkil etdi.
O’lkada muzey ochish masalasi 187 l-yilda tabiatshunoslik, antropologiya va etnografiya havaskorlari jamiyatining Turkiston bo‘limi majlisida ko'tarildi. Shundan so‘ng Sirdaiyo viloyati harbiy gubematori general N. Golovachyov 1876-yilning 9-yanvarida muzey ochish bo’yicha yig'ilish о tkazadi Majlisga N.Mayev, V.Oshanin, A.Vilkins, D.Yujakov va I.Krauzelar taklif etiladi. Shu tariqa Toshkentda muzey ochishga qaror qilinadi.
1876-yil 16-mart kuni «Туркестанские ведомости» gazetasi muharriri N. Mayev Toshkentda muzey ochish haqidagi bayonnomasini general-gubemator idorasiga jo‘natadi. Rossiya istilosining dastlabki o‘n yili o‘tganidan so ng Turkistonda muzey tashkil etilishi masalasi olimlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
0‘rta Osiyoning istilo qilinishi davomida tartibli va uyushgan holda kolleksiyalar to‘plashga asos solingan. Bu jarayon rasmiy tarzda amalga oshirilgan. Bundan tashqari, 0 ‘rta Osiyo xalqlari madaniyatiga oid osori atiqalami arzon garovga sotib olib, xususiy boylik orttirish payida bo‘lgan kishilar ham kam emas edi. Ular qatorida Zarafshon okrugi boshlig‘i general A. Abramov, Sirdaryo viloyati harbiy gubematori general N. Golovachyov, Amudaryo bo‘limi boshlig‘i A. Galkin va boshqalami ko‘rsatish mumkin.
Rus olimlarining turli kolleksiyalar to'plash faoliyati bir tomondan Peterburg, Moskva muzeylari, kutubxonalari, ko‘igazma zallar zaxiralarini 0‘rta Osiyo buyumlari va qo‘lyozmalari bilan to‘ldirishga qaratilgan bo‘lsa-da, ikkinchi tomondan ma'lum vaqt o‘tib, mahalliy muzeylar tashkil etish hamda ilmiy jamiyatlaming rivojlanishiga turtki bo‘ldi. 0‘z ishlarining fidoyilari bo‘lgan olim, o‘lkashunos va shifokorlar qo‘Iyozmalar kolleksiyalarini yig‘ib, ommaviy kutubxonalami tashkil etish ishlarini boshladilar.
1870-yili Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi tashkil etildi. Xususiy kolleksiva to‘plovchilari xizmati tufayli qator qimmatbaho qo‘lvozmalar asrab qolindi. Kutubxonasida saqlanayotgan arab, fors va turkiy qoiyozmalar tavsifi 1883-yiIda E.Kal tomonidan nasbr etilib, ilmiy jamoatchilikka taqdim etildi. Rossiya istilosidan so ng ilmiy tadqiqot ishlarining aksariyati Turkistonning moddiy boyliklarini o‘rganish,
ulardan foydalanishga qaratidi. A. Fedchenko, V.Dokuchayev, I.Mushketov va boshqalaming tuproqshunoslikka oid tadqiqotlari 0 ‘rta Osiyoda zamonaviy ilmiy fanlarga asos soldi.
0 ‘lkamizda muzeylami tashkil etish tashabbuskorlari sifatida
A. Fedchcnko, I.Mushketov, V. Oshanin, V. Bartold va boshqalami keltirib o‘tishimiz mumkin. Ulaming asarlarida geologiya, geografiya,
botanika, zoologiya, mineralogiya, numizmatika, tarix, etnografiya va
qadimiy yodgorliklarai o‘rganishga oid tadqiqotlar ham mavjud edi.
Ular ilmiy jamiyatlar a’zosi sifatida to'plangan maiumotlami muzeylarga joylashtirib, ulaming rivojlanishiga zamin yaratdi A. Fedchenkoning Turkiston general-gubematoriga yozgan axborotida: «Turkistonni muvaffaqiyatli rivojlantinsh uchun uning tarixi, madaniyati va
tabiati bilan tanishib chiqish lozim, muzey esa buning uchun ulaming
eng yaxshi vositadir», - deb yozadi.
Turkistonda tashkil etilgan ilk muzeylar faoliyati. 1876-yilda
O'rta Osiyoda birinchi muzey tashkil etildi. Lekin davlat tomonidan
bino berilmaganligi uchun, N.Mayev o‘zining ipakchilik maktabidan
muzey uchun ikki xona ajratdi. Ko‘p o'tmay, muzey Statistika boiim i
ixtiyoriga o‘tkaziladi. Muzey ta’minoti uchun yiliga 300 so‘m ajratiladigan boidi. Bundan tashqari, ba’zi shaxslaming moddiy yordamlari
ham kelib tushgan. N.Mayevning yozishicha, muzey faoliyati uchun
yiliga 1600 soinlik mablag‘ talab etilgan.
1877-yiining yanvariga kelib, muzey etnografiya, ishlab chiqarish
texnologiyasi, qishloq xo'jaligi, tabiat tarixi va aixeologiya bo'yicha
1500 dan ortiq ashyolaiga, 800 ga yaqin qadimiy tangalarga ega boidi.
1876-1880-yillar muzey faoliyatining muhim bosqichi boidi. Shu
yillarda numizmatika, etnografiya boiimlari boy kolleksiyalar bilan
toidirildi.
Turkiston general-gubematori M.G. Chemyayev (1882-1884) farmoniga binoan 1883-yili muzey xalq kutubxonasiga qo‘shib yuborildi.
Asosiy mablag" kutubxonaga ajratiladi. General-gubematorlik mahkamasi ixtiyoriga o‘tgan muzeyga yangi tayinlangan ralibarlaming aksariyati yetarli malakaga ega boimasligi, muzey ishining nozik jihatlarini
178
tushunmasligi unga m om etilgan osori atiqalaming yo‘qolib ketishiga
olib keladi.
Turkiston muzeylarini boyitish, o lkadagi yodgorliklami saqlashda havaskorlaming xizmati katta edi. Rus olimlari Turkiston o'lkasim
oiganishda, 0 ‘rta Osiyo xalqlari hayoti bilan tanishish davomida mahalli\ ziyolilar, turli xalq vakillari bilan bevosita muloqotda bo‘ldilar.
N. Veselovskiy, V. Bartold, E. Kal, A. Samoylovichlar o ‘z ilmiy tadqiqotlarida mahalliy aholi orasidan yetishib chiqqan havaskorlar tomonidan
berilgan ma’lumotlarga ko‘proq tayandilar. Ulaming ilmiy axborotlari,
xabar va maktublarida mahalliy oikashunoslar faoliyati keng tasvirlangan.
Turkistonda N. Veselovskiy rahbarligida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlarda qatnashgan toshkentlik savdogar Akrom Asqarov yirik kolleksionerga aylandi. 1887-yili Rus imperatori arxeologiya jamiyati a’zosi
Akram Asqarovni «Arxeologiyada erishilgan yutuqlari uchun» kichik
kumush medali bilan taqdirlaydi Uni Parijdagi ilmiy arxeologiya
jamiyatiga ham a ’zolikka saylaydi. A.Asqarov arab, rus tillarini puxta
bilgan o‘z zamonasining yetuk ziyolisi boigan.
A Asqarov o‘z vasiyatnomasida to‘plagan kolleksiyalarini hukumatga topshirilishini iltimos qilgan. Ammo uning oiimidan keyin
to‘plagan osori atiqalari alohida-alohida sotilib, turli odamlar qoiiga
o‘tib ketadi. A.Asqarov kolleksiyasining katta qismi - 14 mingta tanga va 200 ta buyum Turkiston general-gubematori A.Vrevskiy farmoyishi bilan Peterburgga, Imperator arxeologiya komissiyasi ixtiyoriga
jo ‘natiladi.
Mahalliy havaskor Mirza Abdulla N.I. Veselovskiy bilan ham aloqada boigan. Veselovskiy uning kolleksiyasini ko‘rib chiqib, undan 1202
buyum, shu jumladan 11 ta tilla, 77 ta kumush tanga, 951 dona chaqa,
18 muhr, odamlar, hayvonlar va boshqa narsalar tasviri tushirilgan 6 ta
tosh sotib olgan.
Asosiy muzeylar qatorida Toshkentda 1914-yili S.Zaverinning Turkiston savdo mollari muzeyi ish boshladi. Lekin bu muzey ba’zi bir
sabablarga ko‘ra tez orada yopiladi. Muzey faoliyatining ijobiy tomonlarini ham alohida ta’kidlash mumkin. Muzeyda saqlangan eksponatlar
nafaqat olimlarga, balki keng jamoatchilik ommasiga oikani har tomonlama o‘rganishga imkoniyat yaratdi. Muzeydagi eksponatlar tar179
tibsiz tarzda va rejasiz yig‘ilgan boisa-da, fanning ma lum bir sohasi
bo‘yicha foydalanish mumkin bo'lgan har xil kolleksiyalar co plangan
edi.
2. 0 ‘zbekistonda 1917-1990-yillarda tashkil
etilgan muzeylar faoliyati
Ushbu davrda respublikada yigirmadan ortiq tarix va oikashunoslik
muzeylari faoliyat ko'rsatgan. Shuningdek. 0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi muzeylar soni ko‘paydi. XX asming
60-80-yillarida o‘lkashunoslik muzeylari markaziy muzeylar fondlaridan olingan ashyo, buyum va hujjatlar hisobiga boyib bordi.
Bu davrda muzey tarmoqlarini qayta tashkil etish va kengaytinsh
ishlari davom etdi va ma’lum strukturaviy o‘zgarishlar sodir boidi.
Asosiy o‘rinni tarixiy va memorial muzeylar egalladi. Mavjud tarixiy
va oikashunoslik muzeylarining barchasida yangi tuzum yutuqlarini
namoyish etib, uning g‘oyalarini keng ommaga singdiruvchi ekspozitsiyalar paydo boidi. Oikashunoslik muzeylarining tipologik tizimi
ishlab chiqildi. Asosiy etibor tomoshabinlaming siyosiy va m a’naviy
ongini oshirishga qaratildi.
Namangan viloyati o ‘lkashunoslik muzeyi- 1920-yili Namanganda
oikashunoslik muzeyi ochildi. Muzey ochilishida Namangan shahridagi 1-rus o‘rta maktabining fizika o‘qituvehisi Vladimir Ivanovning xizmati katta boidi. U 1919-yilda Xalq taiimi nozirligiga yozgan xatida
o‘quvchilarga puxta bilim berish maqsadida Namangan shahar maktablaridagi barcha fizika o‘quv asboblarini bir joygayig‘ishni va yagona fizika
kabineti, tashkil qilishni taklif etdi. Bu taklif xalq taiim i nozirligi tomonidan qabul qilindi. Shuning negizida oikashunoslik muzeyi ochildi.
Namangan oikashunoslik muzeyi fondlari eksponatlar sotib olish
hisobiga boyidi. Namangan oikashunoslik muzeyidan Moskvadagi
Tretyakov galereyasi va Sankt-Peterburgdagi Ennitaj muzeylariga bir
necha asarlar yubonlgan. Shuningdek, fondlami boyitish uchun muzey
xodimlari Parg‘ona vodiysini qamrab oluvchi tematik ekspeditsiyalar
uyaishtiradilar. S’nu zaylda muzey fondlari etnografik, tabiatshunoslik,
arxeologik eksponatlar bilan boyidi.
Urush yillarida 0 ‘zbekistonda muzey tarmoqlari vaqtinchalik qisqardi. Bu jarayon Namangan oikashunoslik muzeyiga ham ta’sir qildi.
180
Eksponatlar vaqtinchalik viloyat o‘rta maktablariga taqsimlandi. Natijada ko‘pgina muzey eksponatlari yo'qohb ketdi. 1961-yili O'zbekiston
rassomlari uvushmasi qoshidagi 0 ‘zbekiston Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi Namangan viloyati oikashunoslik muzeyiga 50 ta tasviriy
san’at asarlanni sovg'a qildi.
О ‘zbekiston davlat san ’at muzeyi. Turkiston Xalq Komissarlari Sovetining 1918-yil 19-apreldagi dekreti bilan knyaz N. Romanovning
Toshkentdagi majmualari davlat mulki deb e’lon qilindi. Uyi esa muzeyga aylantirildi. Knyaz to‘plagan tasviriy va amaliy san’at namunalari asosida Markaziy badiiy muzey tashkil etildi. 1941-yildan bu muzey 0 ‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyiga qo‘shib yuborildi. 1945-yili
alohidagi muzey sifatida 0 ‘zbekiston davlat san’at muzeyi nomi bilan
atalib, faolivat ko'rsata boshlaydi. Mazkur muzey juda boy eksponatlar
to‘plamiga ega boidi. Ibtidoiy jamoa tuzumi davridan to zamonaviy
davrgacha boigan tasviriy va amaliy san’atning noyob namunalari, muzey ekspozitsiyasidan joy oldi.
Buxoro viloyati o ‘lkashunoslik muzeyi, Buxoro muzeyi ilk bor
1922-yilda tashkil etilib, ba’zi sabablarga ko‘ra yopiladi. Buxoroda
qavta muzey ochish taklifi Zarafshon viloyati prezidiumi va eski Buxoro shahar qo‘mitasi vigilishida ilgari suriladi. Mazkur yigilish mazmuni 1926-vil 7-dekabrda 37-sonli bayonnomasida o‘z aksini topgan.
Muzeyning dastlabki ekspozitsiyasi arxeologiya, etnografiya va
zoologiya boiimlaridan iborat boiib, ularda mingdan ziyod buyumlar boigan Ekspozitsiyaning birinchi boiimida, Buxoro okrugi qadimiy obidalaming fotosuratlari, Sayfiddin Boxarziy (XIV asr) qabriga
qo‘yilgan yog‘och sag‘ana, Bahovuddindagi amirlar sag‘anasidan olib
kelinib, badiiy ishlov berilgan ikkita qabrtosh, Buxoro va Samarqand
me’moriy obidalarining sirli koshinlaridan lavhalar, Afrosiyobdan topilgan ossuariy boiaklari va sirli idish parchalaii namoyish etilgan edi.
Etnografiya boiim ida qadimgi mehnat qurollari, cholg‘u asboblari,
yozuv anjomlari, ot-ulov aslahalari, kiyim-boshlar, Kitob, Hisor, Qarshi, Buxoro, Nurota choponlari, zargarlik va kashtachilik buyumlari va
hokazolar yigilgan. Shuningdek, numizmatika boiimida qadimgi tangalardan tortib sovet davrigacha boigan qog‘oz pullar namoyish qilingan. Zoologiya boiim i eksponatlarining soni kamroq boiib, to‘qsonga
yaqin mahalliy fauna vakillarining nusxalari boigan.
181
Muzey xodimlari qanchalik o g ir shaioitda ishlamasin, ilmiy safarIar tashkil etib turganlar. Ular ilmiy muassasalar bilan aioqa bogiab.
muzev uchun eksponat to‘plashgan. Masalan. 1934-vilning birinchi
yarmida muzeyning ilmiy xodimi Goncharova Moskva va Leningradga ikki oyga yuborilgan. Muzey xodimi u yerda markaziy muzeylar
faoliyati bilan tanishgan, fondlami hisobga olish, saqlash, ekspozitsiya
tuzish ishlarini o‘rgangan.
Muzeyda oikashunoslik ixtisosligi 1945-yili shaharning qadimiy
me’moriy obidasi Arkka ko‘chirilganidan so‘ng to ia shakllanadi. Bu
bino 300 yil davomida Buxoro hukmdorlarining qarorgohi vazifasini
o‘tagan. 1948-yili Sitorayi Mohi Xosa filialida tarixiy maishiy boiim
am^liy san’at boiim iga aylantiriladi.
Toshkent tabiat muzeyi. Toshkent tabiat muzeyi Toshkentning eski
shahrida 1926-yiIning 1-yanvarida ochildi. Mazkur muzey 1921-yilning 1-mayidan boshlab Toshkentning eski shahar qismida ish olib
borgan Eski shahar muzeyi asosida tashkil etiladi. U qishloq xo‘jaligi
yo‘nsilishida boiib, respublikada birinchi tarmoq muzey hisoblanar edi.
1930-yili muzeyning geologiya, geografiya, botamka, zoologiya,
antropologiya boiimlari 0 ‘rta Osiyo tabiati va ishlab chiqarish kuchlari muzeyiga aylantirtladi. 1935-yildan esa umumiy tabiat ixtisosligidagi
0 ‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi sifatida qayta tashkil etiladi
1945-yili muzey 0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasi muassasalari tizimiga о .ka^iladi va « 0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasming tabiat muzeyi» deb ataladi. 1963-yili Madaniyat vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.
Qo‘qon shahar o ‘lkashunoslik muzeyi. Qo‘qon shahar oikashunoslik muzeyi 1924-yili qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi asosida tashkil etiladi. Muzey binosi uchun sobiq Qo‘qon xoni Xudovorxonning
saroyi ajratiladi. Mazkur bino 1871-yili qurilgan boiib, noyob tarixiy
me’moriy obida hamda muzey vazifasini o‘taydi.
Barcha o‘lkashunoslik ixtisosligidagi muzeylar singari, Qo'qon
oikashunoslik muzeyi ekspozitsiyasi ham qadimgi Qo‘qon tarixini
yoritib beruvchi ekspozitsion materiallardan iborat edi. Inqilobdan
keyingi davr siyosatiga oid eksponatlar, qishloq xo jaligt faoliyatini.
sanoatdagi rivojlanish va o ik a tarixini, flora-faunasining turli jabhalarini o'zida aks ettiruvchi eksponatlar ham muzey ekspozitsiyasidan
joy olgan edi. Tasviriy san’at asarlari uchun ham bir boiim ajratilgan.
182
Qo‘qon shahar oikashunoslik muzeyini «muzey ichidagi muzey» deb
bejiz aytishmagan. Chunki yuqorida aytib oiilganidek, muzey binosi
sobiq xon saroyi boigan.
Qoraqalpog ‘iston Respublikasi о ‘Ikashunoslik muzeyi. Qoraqalpog iston Respublikasida ham boshqa qo‘shni viloyatlardagi kabi rus
olimlari va mahalliy aholi o'lka tarixini har tomonlama o'rganishgan.
Mana shu tadqiqotlar negizida 1927-yili To‘rtko‘l shahrida birinchi
oikashunoslik muzeyi tashkil etiladi. Ammo ba’zi bir sabablarga ko‘ra
uning ishi to‘xtatiladi va 1929-yili muzey o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Muzey ilk tashkil etilganida uning ekspozitsiyasida tabiat, inqilobgacha
boigan o'tmish va zamonaviy davr boiimlari hamda suratlar galereyasidan iborat boigan.
Keyinchalik ekspozitsiya kengaytirilib, uchta boiim ga ajratiladi.
Birinchisi oikaning umumiy fizik-geografik xarakteristikasini ochib
beradi. Ikkinchi boiim oikaning qadimgi va inqilobdan oldingi davrini
o‘zida aks ettiradi. Uchinchi boiim da qizil imperiyaning tashkil etilishiga oid ekzpozitsiya namoyish etilgan.
Andijon viloyati o ‘Ikashunoslik muzeyi Andijon shahrida 1934-yili
qishloq xo jaligi yutuqlari koigazmasi uyushtirildi. Ushbu ko‘igazma asosida viloyat о‘Ikashunoslik muzeyi tashkil etildi. Eksponatlar orasida ibtidoiy jamoa tuzumi davrining mehnat qurollari, rang-tasvir, grafika, haykaltaroshlik asarlari, fotohujjatlar va hokazolar mavjud edi. Andijon viloyat
oikashunoslik muzeyi 1935-1941-villardan viloyat hududida o‘tkazilgan
ilmiy safar va ekspeditsiyalar jarayonida arxeologiya, etnografiya hamda
oika tabiiy boyliklari bo Sacha kolleksiyalar umumlashtirildi.
Muzey eksponatlari Andijon viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, Farg‘ona vodiysi xalqlarining etnografik o‘ziga xosliklarini, dehqonchilik, chorvachilikning rivojlanishini, oikaning manbalarini har
tomonlama o'rganishga imkoniyat yaratadi.
Surxondaryo viloyat o ‘Ikashunoslik muzeyi. Surxondaryodagi
muzey ham qishloq xo‘jaligi ko'igazmasi asosida 1933-yili tashkil
etilgan. Dastlab u Surxondaryo tumanlararo davlat muzeyi deb atalgan.
1935-yilda viloyat muzeyi, 1964-yildan boshlab esa oikashunoslik muzeyi deb atala boshlangan.
1933-yilda respublika viloyatlari muzeylarini yiriklashtirish maqsadida ulaming ishini qayta ko‘rib chiqish boshlangan. Xugusan, Sur183
xondaryo okrug ijroya komiteti qarori bilan Termizdagi Surxondaryo
tumanlararo davlat muzeyi okrugi va shahar ahamiyatiga ega bo‘lgan
muzeyga aylantirildi. Sherobod tumani oikashunoslik muzeyi esa
uning filiali boiib qoldi. Shu yili muzeyda jonli tabiat burchagi tashkil
etilib, keyinchalik u Termiz hayvonot bogi sifatida muzeydan ajralib
chiqdi. Surxondaryo okrug muzeyi ekspozitsiyasi tabiat, inqilobgacha
boigan o'tmishi va zamonaviy davr tarixi boiimlariga boiingan. Birinchi boiim da viloyatning hayvonot va nabotot dunyosi o'rin oldi.
Madaniy voha zonasida ingichka tolali paxtaning turli navlari hamda
shakarqamish namoyish qilindi. Ikkinchi boiim da Teshiktosh va Machay g ‘orlaridagi arxeologik topilmalar, Zarautsoy va Bitik Chashma
devoriy naqshlari, ro‘zg‘or buyumlari, haykalchalar, saroy devorlaridagi naqsh parchalari, Xonaqatepa va Xayrobodtepa haykaltaroshligi va
qadimgi Ayritom frizi fotonusxalari joylashgan edi. Uchinchi boiimda
hujjatlar, suratlar orqali zamonaviy davr tarixi namoyish qilingan.
0 ‘zbekiston xalq amaliy san’ati muzeyi. 0 ‘zbekiston xalq
amaliy san’ati muzeyi 1937-yilda hunarmandlar ishlagan buyumlar
ko‘rgazmasi asosida vujudga keldi. 1938-yili muzey uchun podsho
amaldori Polovsevning XIX asr oxirida qurilgan sobiq qarorgohi binosi ajmtildi Bu bino juda к о 'rkam boiib, me’moriy yodgorlik sifatida ham qarash mumkin.
Muzey cksponatlari ko‘p marotaba Polsha, Hindiston, AQSH,
Fransiya, Daniya, Shvetsiya, Belgiya va boshqa davlatlarda boiib
oigan ko‘rgazmalarda namoyish etilgan. 1937-yili Parijda o‘tkazilgan
xalqaro ко rgazmalarda xonatlas va beqasam yaratuvchi ustalari oltin medalga sazovor boiganlar. Shu yili Parijda o‘tkazilgan Butun
dunyo ko'rgazmasida kashtachilik namunalari ham oltin medalga sazovor boigan. 1939-yili Nyu-Yorkdagi koigazmada muzey eksponatlar. oliy mukofot sovrindori boiib qaytgan.
Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi. Alisher Navoiy
tugilgan kunining 500 yilligi munosabati bilan 1941 -yili Toshkentda
Adabiyot muzeyi tashkil etildi.
Muzey zallarida o‘zbek klassik adabiyoti namoyandalaiining asarlari joylashgan. Mazkur zallarda o'zbek xalqining ulug' shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning davri, havoti va ijodi, zamondoshlari faoliyati yoritilgan. Ana shu zallarda faqat Navoiy va uning zamondoshlari
184
haqidagi ko‘rgazmalargina namoyish etilib qolmay, XV asrda 0 ‘rta
Osiyo madaniyati va san’atining badiiy namunalari - kitobot, tasviriy san’at, xattotlik, naqqoshlik, musiqa va me’morchilik asarlari ham
ko‘rsatilgan.
3. Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekistonda yangi tashkil
etilgan muzeylar va ulaming faoliyati
Mustaqillik davrida muzey ishining takomillashuvi. 0 ‘zbekiston
mustaqilJikka erishgandan so‘ng muzey va muzeyshunoslik ishiga davlat siyosati darajasida e’tibor berila boshlandi. Prezident Farmoni, Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlari, « 0 ‘zbekmuzey» tashkilotining
ta’sis etilishi, «Muzeylar to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishini
alohida e’tirof etish kerak.
Jahon muzeyshunosligi tajribalarini qoilashga zarur shart-sharoitlar
yaratish maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil
12-yanvardagi Farmoni qabul qilindi Ushbu hujjat 0 ‘zbekistondagi
muzeylar faoliyatida burilish nuqtasi boiib, ulaming tarixida yangi
davr boshlanganini anglatadi.
Mustaqillik davrida muzeyshunoslik va muzey ishiga oid dastlabki
maxsus hujjat 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
1994-yil 23-dekabrda qabul qilindi. Albatta, bu hujjat o‘z davri uchim
muhim ahamiyat kasb etdi. Unda respublika muzeylarining vazifalari,
istiqbollari belgilab berildi.
Hujjatda 0 ‘zbekiston muzey boyliklari fondi to‘g‘risidagi Nizomni,
muzeylarda saqlanayotgan tarixiy-madaniy boyliklami ro‘yxatga olish,
jamlash va saqlash tartibi to‘g‘risida yo'riqnoma ishlab chiqish va tasdiqlatish ko‘zda tutildi,
0 ‘zbekiston Respubiikasidagi muzeylar ishining yagona tizimini
vujudga keltirish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy yordam
ko‘rsatish uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining
markaziy apparati taikibida uchta xodimdan iborat Muzey ishlari bosh
boshqarmasini tuzish ko‘zda tutildi.
Hozirgi kunda tarixiy durdonalami asrab-avayJash, o'tmish osori
atiqalarini, nodir qoiyozmalami ilmiy jihatdan o‘rganish har taraflama
tadqiq etilishiga jiddiy e’tibor berilmoqda. Xususan, 0 ‘zbekiston Res185
publikasi Prezidentining 1998-yil 12-yanvarda qabul qilingan «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtmsh to'g‘risida»gi Farmoni muzeylar maqomini yuksaltirishga qaratilgani bilan qimmatlidir.
Ushbu Farmonda 0 ‘zbekiston hududida qadimdan shakllangan
muzeylar tizimini yanada takomillashtirish, ularni xalqning ma’naviyaxloqiy kamolotida tutgan o‘mini vuksaltirish, muzey fbndlarida saqlanib kelinayotgan xalqimizning boy tarixini, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi noyob, nodir eksponatlami avavlab-asrash lozimligi
ta'kidlandi. Ularni o‘rganish, boyitib borish, dunyoga olib chiqish va
taig'ib etish, xalqimiz ongida milliy g‘urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg'ulanni kuchaytirish yoiida keng foydalanish lozimligi
ko'rsatildi. Muzeylami zamon talablariga mos yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlab, jahon muzeyshunosligining eng ilg‘or tajribalarini qoilash uchun zarur
shart-sharoitlar yaratish lozimligi ta’kidlandi.
Farmonning birinchi bandida 0 ‘zbekiston Respubhkasi Madaniyat vazirligi va tegishli idoralarga mavjud barcha turdagi muzeylar
faoliyatini muvofiqlashtirish, zarur ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatishni
ta’minlash maqsadida « 0 ‘zbekmuzev» jamg‘armasi tashkil etilishi
ko‘zda tutildi.
«Muzeylar to‘g ‘risida»gi Qonun. 2008-yil 12-sentabrda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Muzeylar to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi.
Ushbu Qonunning maqsadi muzeylaming tashkil etilishi va faoliyati
sohasidagi munosabatlami tartibga solishdan iborat. Qonun 8 bob, 36
moddadan iborat boiib, 1-bobda umumiy qoidalar, ya’ni Qonunning
maqsadi, muzeylar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, asosiy tushunchalar
o‘z ifodasini topgan.
Bugungi kunda muzeylar sonining o‘sishi umumjahon jarayoni
boiib, har besh yilda ular 10 foizga ko‘payib bormoqda. Faqat mustaqillik yillarida 0 ‘zbekistonda o‘ndan ziyod muzeylaming, xususan,
Temunylar tarixi davlat muzeyi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi.
Termiz arxeologik muzeyi, Olimpiya shon-shuhrati va boshqa muzeylaming tashkil etilishi ham yuqoridagi fikmi tasdiqlaydi. Bugungi kunda 0 ‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi doirasida 90 ta muzey
mavjud boiib, shulardan 43 tasi tarix va oikashunoslik ixtisosligidagi
muzevlardir. 0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tasarmfida
186
to itta muzey boiib, O'zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi, Alisher Navoiy
nomidagi davlat adabiyot muzeylari shular jumlasidandir. Bulardan
tashqari, m aium muammo, mavzu, inshoot yoki jarayonni ifoda etuvchi muzeylar soni ham tobora ko‘payib bormoqda.
1990-yillaming boshida O'zbekistonda jamoatchilik muzeylari keskin kamaydi. Ammo bugunga kelib, bu muzeylaming ba’zilari
qayta tiklanib, konsepsiyasi tubdan o‘zgartirildi, Ularda faoliyat
olib borayotgan xodimlar o‘zlarining kasbiy mahoratlarini oshirish
uchun davlat muzeylari xodimlari qatorida malakalarini oshirish bilan
shug uliamshmoqda. Ayrim jamoatchilik muzeylari awalgidek o‘z faoliyatini kengaytirib, davlat muzeyi maqomini olmoqda. Yana bir o‘ziga
xos xususivat ayrim jamoatchilik muzeylarining «davlat muassasasiga
aylanishi» emas, balki o'zining maqomini saqlab, kuchli va e’tiborli
muzeyga aylanish harakatidir. Masalan, qadimiy Samarqand shahrida MDH va Boltiqbo‘vi davlatlari orasida yagona hisoblangan muzey
joylashgan. Bu Xalqaro tinchlik va birdamlik muzeyi boiib, jamoat
tashkiloti hisoblanadi. U mustaqillik davrida Samarqand shahridagi
«Esperanto» millatlararo do‘stlik klubi a’zolari tomonidan tashkil etilgan. «Xalq diplomatiyasi»ning turli xil nodir koigazmalari orasida
«Jahon dastxati» loyihasi alohida o'rin tutadi.
So‘nggi yillarda mamlakatdagi qator qadimgi shaharlar o‘zining
2500, 2700 yillik yubiley tantanalarini o‘tkazdi. UNESCO qarori bilan Xiva, Buxoro va Termizning 2500 yilligi, Shahrisabz, Qarshining
2700 yilligini nishonlash. ushbu shaharlardagi tarixiy obidalami tiklash, restavratsiya qilish qatorida, u yerlardagi muzey ishining tubdan
yaxshilanishiga, kolleksiyalarining yangi arxeologik tadqiqotlar orqali toidirilishiga imkon berdi. Ulardan biri Termiz arxeologik muzeyi
2001-yilning 24-oktabrida tashkil etilib, o‘z faoliyatini 2002-yil 2-apreldan boshlagan.
Termiz arxeologiya muzeyi 0 ‘rta Osiyodagi yagona arxeologiya
muzeyi hisoblanadi. Ushbu zamonaviy inshoot sharqona me’morchilik
uslubida qurilgan boiib, kirish zali, 9 ta asosiy zal va ustunlar bilan
bezatilgan galereyadan iborat
Mustaqillik sharofati bilan 0 ‘zbekistonda yana bir tarixiy muzeyQatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi ochildi. Ushbu muzey mustabid
187
sovet tuzumi davrida qatag‘on etilgan fidoyi vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan. Mazkur muzey 2002-yil 8-noyabrda tashkil etilib, 0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Respublika «Ma’navivat va ma'rifat» Kengashi, «Shahidlar xotirasi» xavriya
jamg‘armasmmg Fanlar akademiyasi tarkibiga kiritildi.
Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: qatag‘onchilik siyosatining paydo boiish sabablari va
oqibatlarini tadqiq etish va uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi sifatida aks ettirish; qatag'on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish,
ulami yod etish bilan bogiiq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlami amalga
oshirish va targ‘ib etish, muzey zaxiralari va ekspozitsiyalarini mamlakat hamda xorijdagi turli hujjatlar va boshqa eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borish kabilar shular jumlasidandir.
So'nggi yillarda tashkil etilgan muzeylardan biri Tasavvuf tarixi
muzeyi bo‘lib, u tasavvuf ilmining 0 ‘rta Osiyodagi yirik namoyandasi va xojagon tariqati asoschilaridan Abduxoliq G ‘ijduvoniyning
900 yilligi va Bahouddin Naqshbandiy tavalludining 685 yillik
yubileylari munosabati bilan ochildi. Undagi ekspozitsiyalar VII asrdan to XXI asr boshlariga qadar boigan davmi qamrab olgan. Tasavvuf taiimotining t^Ja mohiyatini ochib bergan buyuk ilohiyotchi, faylasuf Abu Homid G'azzoliyning «Ayuha-l-valad» va «Ihyo ulum addin» asarlari fotonusxasi muzey eksponatlarida namovish etilmoqda.
Abu Homid G ‘azzoliy islom aqidaparastlari bilan hurfikrli tasavvuf
ahli o ‘rtasida vujudga kelgan jarlikni bartaraf etishga harakat qilib, islom aqidalarini so‘fiyona g‘oyalar bilan uvg‘unlashtirishga muvaffaq
boigan buyuk mutafakkirdir.
So‘fiyona g‘oyalami o‘zining «Devoni hikmat» asarida nazmiy bayon etib bergan Ahmad Yassaviy faoliyatini aks ettimvchi eksponatlar
ham muzey zallaridan munosib o‘rin olgan. Xojagon tariqati asoschisi
Abduxoliq G‘ijduvoniy va uning ustozi Yusuf Hamadoniy ma’naviy faoliyatiga doir qo‘lyozmalar, turli maishiy-xo‘jalik buyumlari alohida vitrinada joylashgan. Bugungi kunda mazkur muzeyning 0 ‘zbekistondagi
tasavvuf tarixini o‘rganish va targ‘ib etishda ahamivati kattadir.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan, maorif va madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini
haqqoniy aks ettirish va keng targ‘ib qilish, chuqur insonparvarlik mhi
!88
bilan sug‘orilgan tarixiy yutuqlarimiz va an’analarimiz asosida yosh avlodni vatanparvarlik mhida tarbiyalash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-martdagi 99-sonli qaronga
binoan juda qisqa muddatda Toshkent shahrida barpo etildi. Muzey xalqimiz va xorijiy mamlakatlardan tashrif buvurgan mehmonlar ishtirokida 1996-vilning 18-oktabrida tantanali ravishda ochildi.
()‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi. 0 ‘zbekiston Tasviriy
san’at galereyasi 2004-yili Toshkent shahrida ochildi: Galereya binosi
qisqa muddat ichida qurib bitkazilgan boisa-da, xalqaro standartlarga
javob beruvchi eng zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlangan. U
yerda o'matilgan eng zamonaviy jihozlar eksponatlarni namoyish etish
va asrash uchun zarur boigan eng qat’iy harorat, namlik tartiblarini
ta’minlash va qoiiqlash shartlariga rioya etish imkomni beradi. San’at
galereyasida ma'ruzalar va kinozallar, kutubxona, mohir usta studiyasi,
ustaxonalar o‘rin olgan. Shubhasiz, bu ko‘rgazmalar yangi majmuani
xalqaro darajadagi san’atshunoslik markaziga aylantiradi.
Uning ekspozitsiya-ko‘rgazma maydoni 3500 kvadrat metrga teng.
Shuningdek, galereya zarur texnikaviy uskunalar bilan jihozlangan majlislar zaliga ega boiib, bu yerda ko‘rgazmalar, taqdimot marosimlari,
seminarlar, amaliy uchrashuvlar, filmlar namoyishlari va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.
Tasviriy san’at galereyasi zallarida XX asr boshidan hozirgi kungacha y aratilgan 0 ‘zbekiston tasviriy san’ati asarlarining boy to‘plami,
shuningdek 0 ‘rta Osiyoda zarb etilgan noyob tangalar kolleksiyasi namoyish etilmoqda.
Yunus Rajabiy uy-muzeyL Buyuk o‘zbek kompozitori, musiqa
san’atining yetuk ustasi Yunus Rajabiyning 100 yillik yubileyi munosabati bilan, 1997-yili Y. Rajabiy uy-muzeyi ochildi. Muzeyning birinchi qavatida memorial va cholg'u asboblar ekspozitsiyasi xonasi hamda
mehmonxona joylashgan. Memorial xonada Yunus Rajabiyning mebellari, radio, ustki kiyimi, stolining ustida esa musiqa asbobi, notalari,
ruchka, choynak-piyolalari qo yilgan.
Ushbu muzey Toshkentdagi uy-muzeylari orasida eng ko‘zga
ko‘ringan, muzey ishini yaxshi tashkil etgan, juda ko‘psonli tomoshabinlarga xizmat qiladigan, yaxshi ekskursiya ishlarini olib boradigan
muzeylar sirasiga kiradi.
189
Olimpiya shon-shuhrati muzeyi. Mustaqillik yillarida tashkil etilgan muzeylardan yanabin Olimpiya shon-shuhrati muzeyi boiib, 1996-
yil 1-sentabrda tantanali ravishda ochildi. Mazkur muzevni jihozlash va
ekspozitsiyasini yaratishda yetakchi muzeyshunos mutaxassislar bilan
bir qatorda fan arboblari, dizayner-rassom lar. O'zbekiston xalq amaliy
san’ati ustalari ham qatnashdilar. Muzey ekspozitsiyasining asosini hozirgi zamon Olimpiya o i mlannmg eksponatlari tashkil etadi.
Muzey ekspozitsiyalarida Olimpiya harakati qachon paydo boigani.
0 ‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasimng tashkil etilganligi va
g ‘oyalarining taraqqiy etganligi, sport o‘yinlarini o'tkazish, sovrindor
boiib chiqqan 0 ‘zbekiston sportchilarining ishtirok etayotganligi haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, XX asr Olimpiya o'yinlarining shonli
tarixida o‘z nomlarini qoldirgan bir qator sportchilaming yutuqlarini
namoyish etuvchi ekspozitsiya ham mavjud.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi faoliyati. Mustaqillik yillarida
0 ‘zbekistonda yangidan yangi muzeylar tashkil etilib, bugungi madaniy
hayotimizning uzviy qismiga aylandi. Ulai' orasida Temuriylar tarixi davlat
muzeyinmg tashkil etilishini olamshumul voqea deb baholash mumkin.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan, maorif va madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini
haqqoniy aks ettirish va keng targib qilish, chuqur insonparvarlik ruhi
bilan sug‘orilgan tarixiy yutuqlarimiz va an’analarimiz asosida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida barpo etildi.
Qisqa faoliyati davrida 0 ‘zbekiston Respublikasi FA tasarrufidagi
Temuriylar tarixi davlat muzeyi asosiy muzeyshunoslik ilmiy-uslubiy
markaziga aylandi. Keng koiamdagi tadbirlar va koigazmalami tashkil etishda ham u asosiy tayanch vazifasini ado etayotgani tabiiy holdir.
Zero, o‘zbek xalqi yilnomasida oltin harflar bilan bitishga munosib voqealar aynan Sohibqiron Amir Temur hamda Temuriylar bilan chambarchas bogiiqdir.
Muzeydagi Temuriylar tarixiga oid noyob eksponatlar 0 ‘zbekiston
viloyatlaridagi yirik muzeylardan keltirilgan, shuningdek, 1996-yilda
Parijda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bagishlab oikazilgan
koigazmadagi eksponatlar ham muzeyga o'tkazilgan.
Muzeyda arxeologiya, etaografiya, numizmatika yodgorliklari, qoiyozmalar, tasviriy san’at namunalari bor. Muzey xazinasida
0‘zbekiston tarixini aks ettiruvchi 3 mingdan ortiq ashyolar saqlanadi.
Shundan «Asosiy fond»ga 1971 ta, «Yordamchi fond»ga 1090 ta ashvo kiritilgan. Hozirgi kunda muzey ekspozitsiyasidan 1700 dan ortiq
eksponat joy olgan. Bular - Amir Temur va temuriylar davri tarixiga
oid qoiyozmalar, yozishmalar, kumush va mis tangalar, Go‘ri Amir
maqbarasidan olingan ashyolar, sopol va mis buyumlar, me’moriy
qoplamalar, XIX-XX asrlarga oid kitoblar. tangalar va etnografiyaga
oid buyumlar va h.k.
Muzey xazinasida 0 ‘zbekiston aholisi hamda chet davlatlarning sovg‘alari ham mavjud. Muzeyning keng ko‘lamli ishlarini 2017-yilgi hisobotni tahlil qilish orqali ham kuzatishimiz mumkin.
0‘zbekistonda hozirgi kunda 350 dan ortiq muzey va muzey faoliyati bilan bog’liq ko‘rgazma muassasalari mavjud. Ulaming 90 tasi
davlat muzeylaridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yoiimizni qat’iyat bilan davom etlirib, yangi bosqichga ko'taramiz. T. 1. -Т.: Ozbekistoa 2017.
2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. -Т.: 0 ‘zbekiston, 2017.
3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kclajagimizni niard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Т.: O'zbekiston, 2017.
4. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik OVbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qoshma majlisidagi nutq. -Т.: 0 ‘zbekiston, 2016.
Asosiy adabiyotlar
1. Nabiyev A. Tarixiy oikashunoslik. - Т., 1996.
2. Qchildlyev F.B. Tarixiy oikashunoslik. Т., 2008.
3. Kuryazova D.T. 0 ‘zbekistonda muzey ishi tarixi. - Т., 2010.
4. BekmurodovM.B., RashidovaM.X. Muzeyshunoslik. - Т., 2006.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства. -Т., 1958.
2. VohidovМ.М., Mirzayev Sh.R. Me’morchilik. 1-qism. Me’morchilik
tarixi. - Т.: «Tafakkur», 2010.
3. Булатова В.А., Шишкина Г.В. Самарканд. Музей под открытым
небом. - Т., 1986.
4. Сухарева О.А. Квартальная община позднефеодального города
Бухары. -М., 1976.
5. Сулейманов Р.Х. Древний Нахшаб. - Т., 2000.
6. Пугаченкова Г.А. Самарканд. Бухара. -М., 1968.
Internet manbalar
1. www.history.ru
2. www.nalura.com
3. www.archeology.ru
4. www.archeology.com
Yüklə 50,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə