1. Sog’liqni saqlashni moliyalashtirishning nazariy asoslari



Yüklə 177,07 Kb.
səhifə10/20
tarix19.12.2023
ölçüsü177,07 Kb.
#153243
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
.Sog’liqni saqlashni moliyalashtirishning nazariy asoslari

VIII. Tibbiyot va farmatsevtika mutaxassislarini o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, tibbiyot fanlarini rivojlantirishning samarali tizimini shakllantirish

48.

Tibbiy ta’lim tizimi va tibbiyot fanini rivojlantirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish, shu jumladan ta’lim muassasalari tarkibi va yo‘nalishlarini optimallashtirish, “ta’lim-ilm-amaliyot” integratsiyasi va uzluksizligini joriy etish, oliy va o‘rta tibbiyot ta’limning yangi yo‘nalishlarini belgilash, anatomik morg va o‘quv-biologik laboratoriyalarini tashkil etish, yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlari xalqaro fakultetlari va filiallari ochilishini nazarda tutish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
loyihasi

2019-yil
1-fevral

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Milliy palata
(R. Izamov),
Moliya vazirligi
(A. Xaydarov),
Iqtisodiyot vazirligi
(B. Xodjayev),
Adliya vazirligi
(R. Davletov)

49.

Ta’lim standartlari hamda oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’limning o‘quv dasturlarini, shu jumladan kredit-modulli ta’lim tizimini joriy etish va ularda amaliy komponentni oshirish orqali takomillashtirish.

Normativ-huquqiy
hujjat loyihasi

2019-yil
1-mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
LBMA (D. Li),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov),
Milliy palata
(R. Izamov)

50.

Xorijiy tibbiyot ta’lim muassasalari bilan keng hamkorlik, ularning fakultetlari va filiallarining ochilishi hamda ikki tomonlama diplom berilishi tizimini joriy etish.
Xususan:
xorijiy tibbiyot oliy o‘quv yurtlari filiallarini ochish bo‘yicha muzokaralar olib borish, shu jumladan joylarga tashriflar uyushtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tahliliy ma’lumotnoma kiritish, unda amalga oshirilgan kelishuvlar bo‘yicha aniq takliflarni taqdim qilish.

Tashkiliy-amaliy choralar
Tahliliy ma’lumotnoma

2019-yil yanvar — mart
2019-yil
1-aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
Tashqi ishlar vazirligi
(A. Komilov),
LBMA (D. Li),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov),
Milliy palata
(R. Izamov)

51.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, unda quyidagilar orqali ta’limning uzluksizligini ta’minlash:
balli (jamg‘arib boriladigan) ta’lim tizimi;
muammoga yo‘naltirilgan modulli o‘quv dasturlari;
masofaviy ta’lim dasturlari;
tibbiy va farmatsevtika ta’limini tashkil etish bo‘yicha uzluksiz interaktiv portal.

Normativ-huquqiy
hujjat loyihasi

2019-yil
1-mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov),
Milliy palata
(R. Izamov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev)

52.

Tibbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi samaradorligini oshirish, tibbiyot sohasini, ilmiy, ta’lim hamda tibbiyot muassasalarini xalqaro standartlar asosida, shu jumladan GCP (Good clinikal practice) standarti asosida, sertifikatsiya (akkreditatsiya) qilish asosida rivojlantirish.

Tashkiliy-amaliy choralar

2019 — 2021-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev)

53.

Xalqaro talablar asosida ta’lim, fan va amaliyotning integratsiyalashuviga qaratilgan klinikalar, o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish bazalari, o‘quv-ishlab chiqarish va markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini rivojlantirish orqali tibbiy mutaxassislar tayyorlovining sifatini oshirish;
tibbiyot va farmatsevtika yo‘nalishi ta’lim muassasalarining klinikalari, o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish bazalari to‘g‘risida nizom ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tashkiliy-amaliy
choralar

2019 — 2021-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov),
Milliy palata
(R. Izamov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

54.

Toshkent Davlat stomatologiya instituti faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan “Davolash ishi” bakalavriat yo‘nalishini ochish orqali.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2019-yil
1-aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
Iqtisodiyot vazirligi
(B. Xodjayev)

55.

Tibbiy xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida ko‘p funksional o‘quv-metodik markazi va simulatsiya markazlar tarmog‘ini yaratish, shu jumladan davlat-xususiy sherikligi shartlarida xususiy investorlarni jalb qilish orqali shifokorlarga tibbiy trenajerlar va manekenlarda qo‘shimchalar va virtual olam muhitida ta’lim olishlari uchun imkoniyat yaratib berish.

Tashkiliy-amaliy
choralar

2019-yil
1-avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Milliy palata
(R. Izamov),
Davlat investitsiya qo‘mitasi
(S. Bekenov)


Yüklə 177,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə