1. Sog’liqni saqlashni moliyalashtirishning nazariy asoslari


III. Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish



Yüklə 177,07 Kb.
səhifə6/20
tarix19.12.2023
ölçüsü177,07 Kb.
#153243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
.Sog’liqni saqlashni moliyalashtirishning nazariy asoslari

III. Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish

15.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasida majburiy tibbiy sug‘urtalash mexanizmlarini joriy qilish to‘g‘risidagi qarori loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:
majburiy tibbiy sug‘urtalashni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun normativ-huquqiy bazani shakllantirish;
mablag‘ to‘plash va bepul tibbiy yordam dasturlarini moliyalashtirish uchun davlat organini jamg‘armasini (fondini) tashkil etish;
moliyalashtirishning yagona aholi jon boshiga mos standartlarini kiritish va “davolangan holat” uchun klinik xarajatlar guruhlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali mintaqaviy budjet taqsimlanishini baravarlashtirish chora-tadbirlar;
2021-yildan boshlab maqsadli bemor va maqsadli tibbiy yordam uchun cheklangan majburiy tibbiy sug‘urta dasturlarini joriy etish;
majburiy tibbiy sug‘urta dasturi bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatishda xususiy tibbiyot tashkilotlarining ishtiroki;
aholini majburiy tibbiy sug‘urtalashga bosqichma-bosqich o‘tish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2019-yil
1-iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Milliy palata
(R. Izamov),
Moliya vazirligi
(A. Xaydarov),
Iqtisodiyot vazirligi
(B. Xodjayev),
Davlat raqobat qo‘mitasi
(N. Sharipov)

16.

Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam muassasalari bilan shartnomalar (kontraktlar) tuzish mexanizmlari va tartibini joriy etish, shu jumladan:
mintaqaviy jihatlar, aholi zichligi, tashkilot turini hisobga olgan xolda, jon boshiga o‘rtacha moliyalashtirishga asoslangan tizimning metodologiyasi;
klinik va xarajatli guruhlar bo‘yicha “davolangan holat” uchun tibbiy xizmatlarga haq to‘lash mexanizmlari;
har xil turdagi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamning klinik-xarajatli guruhlarni aniqlash metodologiyasi;
namunaviy shartnomalar (bitimlar)ni ishlab chiqish;
zamonaviy boshqaruv tamoyillari asosida sifatni oshirish va nazorat qilish mexanizmlari.

Normativ-xuquqiy
hujjat loyihasi

2020-yil
1-yanvar

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Moliya vazirligi
(A. Xaydarov),
Iqtisodiyot vazirligi
(B. Xodjayev),
LBMA (D. Li)

17.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam muassasalari uchun tibbiy xizmatlarni sotib olish tartibini joriy etish, quyidagilarni nazarda �utish:
respublikaning bir viloyatdagi muassasalarida tibbiy xizmatlarni sotib olish;
butun mamlakat bo‘ylab tibbiy xizmatlarni sotib olish mexanizmlarini joriy etish.

Tashkiliy-amaliy
chora-tadbirlar

2020-yil
1-yanvar 2021-yil
1-yanvar

LBMA (D. Li),
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Moliya vazirligi
(A. Xaydarov),
Iqtisodiyot vazirligi
(B. Xodjayev)

IV. Tibbiy yordam sifatini va undan foydalanish imkoniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, yuqumli hamda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurash

18.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab quvvatlash va aholi jismoniy faolligining darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish:
2019 — 2022-yillarda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzi va aholining jismoniy faolligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash, uni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash huzurida sog‘lom turmush tarzini qo‘llab–quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun javobgar bo‘lgan davlat muassasasini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2019-yil
1-fevral

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
(D. Nabiyev),
Maktabgacha ta’lim vazirligi
(A. Shin),
Xalq ta’limi vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov),
Milliy palata
(R. Izamov),
manfaatdor vazirlik
va idoralar

19.

Sog‘liqni saqlash sohasida tibbiy xizmatlarning yagona reyestrini yaratish, unda xizmat ko‘rsatish texnologiyasi zarur kadrlar resurslari, dori-darmon va sarf materiallarini tavsiflashni nazarda tutiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘ining loyihasi

2019-yil
1-may

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Milliy palata
(R. Izamov)

20.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli va parazitar kasalliklarning diagnostikasi, ularni davolash va profilaktikasini takomillashtirish davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilar nazarda tutiladi;
Yuqumli kasalliklar xizmatning tibbiy muassasalarini samarali muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash, ular bilan aloqa tizimini yaratish;
istiqbolli sohalarni aniqlash, yuqumli kasalliklar, epidemiologiya, virusologiya, mikrobiologiyaning muhim masalalari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, yuqumli kasalliklar muassasalarining faoliyatiga innov�tsion texnologiyalarni joriy etish;
yuqumli kasalliklar muammolari bilan shug‘ullanuvchi yuqumli kasalliklar bo‘limlari va statsionarlari, yuqumli kasalliklar xonasi, ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnik ta’minoti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2019-yil
1-aprel


Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Moliya vazirligi
(A. Xaydarov),
Iqtisodiyot vazirligi
(B. Xodjayev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov),
manfaatdor vazirlik
va idoralar

21.

Qariyalar va keksa yoshdagi fuqarolar uchun uzoq muddatli tibbiy yordamning zamonaviy modelini yaratish, gerontologik parvarishning sifati va undan foydalanishni yaxshilash, geriatriyani rivojlantirish;

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i loyihasi

2019-yil
1-oktabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Milliy palata
(R. Izamov)

22.

Dalillarga asoslangan tibbiyot va xalqaro standartlar asosida, asosiy va keng tarqalgan kasalliklarning sharoitga mos milliy klinik standartlarini (bayonnomalar, qo‘llanmalar, tavsiyalar) ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.

Normativ hujjatlar loyihasi

2019 — 2021-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Milliy palata
(R. Izamov)

23.

Katta ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasalarini tashkil etish va tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining klinik bazasini kengaytirish, shu bilan birga samarasiz faoliyat yuritayotgan davlat tibbiyot tashkilotlarini optimallashtirish yo‘li bilan yuqori sifatli malakali tibbiy xizmatlardan foydalanishni ta’minlash.

Tashkiliy-amaliy
choralar

2019 — 2021-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Davlat investitsiya qo‘mitasi
(S. Bekenov),
Moliya vazirligi
(A. Xaydarov)

24.

Xalqaro standartlarga muvofiq kam invaziv yuqori texnologiyali jarrohlik usullarini amaliyotga tatbiq qilish (radiojarrohlik, robot-jarrohlik, shuntlash, fotodinamik terapiya va boshqalar).

Tashkiliy-amaliy
choralar

2019 — 2021-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Milliy palata
(R. Izamov)
Davlat investitsiya qo‘mitasi
(S. Bekenov),
manfaatdor vazirlik
va idoralar


Yüklə 177,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə