11-Mavzu: Tuproq eroziyasi va degradatsiyasi, ularga qarshi kurash choralari. Tuproq muhofazasi reja



Yüklə 109,69 Kb.
səhifə1/5
tarix22.03.2024
ölçüsü109,69 Kb.
#180621
  1   2   3   4   5
11-maruza


11-Mavzu: Tuproq eroziyasi va degradatsiyasi, ularga qarshi kurash choralari. Tuproq muhofazasi
REJA

  1. Tuproq eroziyasi va uning turlari haqida umumiy tushuncha

  2. Eroziyaning tuproq xossalari va ósimlik hosildorligiga ta’siri

  3. Tuproq eroziyasini keltirib chiqaruvchi omillar va ularga qarshi kurash chora tadbirlari

  4. Tuproq muhofazasi




Tayanch iboralar: tuproq eroziyasi, shamol eroziyasi, suv eroziyasi, deflyasiya, sug’orish, meliorativ tadbirlar, irrigasion eroziya.
Adabiyotlar. A1, A2, Q1, Q3, X1, X2, internet saytlari




Tuproq eroziyasi ─ eng keng tarqalgan degradasiya turi hisoblanadi. U ulkan iqtisodiy va ekologik zarar yetkazadi, chunki qishloq xójaligining asosiy vositasi va biosferaning órnini bosib bólmaydigan komponenti sifatida tuproq yóq bólishiga olib kelishi mumkin. Insonning notóg’ri tashkil etilgan turli xil faoliyati ta’siri ostida tuproq qatlami yemiriladi. Eroziya - tuproqqa mana shunday ta’sir ótkazilishining g’oyat keng tarqalgan va halokatli oqibatidir (Dobrovolskiy, 1997).
Ózbekiston qishloq xójaligida tuproq eroziyasi eng dolzarb muammolardan hisoblanib, uning tarqalishi, kelib chiqish sabablari, turlari, bartaraf etish usullari bóyicha bir qancha yetuk olimlar ózlarining ilmiy izlanishlarini olib borishgan. Xususan V.B.Gussak, M.A.Pankov, Z.N.Antoshina, F.K.Kocherga, M.B.Doshanov, R.G.Murodova, K.Mirzajonov, X.M.Maxsudov, L.A.Gafurova, A.A.Xonnazarov, Sh.Nurmatov, S.P.Suchkov, N.F.Matyunin, X.Xamdamov, S.M.Yelyubayev, A.Nigmatov, B.Jórayev, K.Usmonov, M.Xamidov, S.Meylibayev, O.Haqberdiyev, V.N.Li, B.Ahmedov va boshqa kóplab olimlar tomonidan respublikamizning barcha hududlarida eroziya jarayoni mukammal órganilgan va ushbu jarayonni bartaraf etishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan.
Eroziya jarayonlari natijasida mayda zarrachalar bilan birgalikda tuproqning organik qismi ham yuvilib ketadi, gumusli qatlam qalinligi qisqaradi, bunga bog’liq ravishda gumus miqdori ham kamayadi. Kuchli yuvilgan tuproqlarda karbonatli konkresiyalar tuproq yuzasiga chiqib qoladi. Tuproq profili toshli bólsa, u holda tuproq yuzasiga toshlar chiqib qoladi. Bularning barchasi tuproqning agronomik xususiyatlarini yomonlashtiradi. Eroziya jarayonlari ayniqsa sezilarli nishablikdagi qiyaliklarga ega bólgan tog’ va tog’ oldi tekisliklarida yaqqol namoyon bóladi. Bunda, lalmikor va yaylov mintaqalarida asosan suv eroziyasi, sug’oriladigan yerlarda esa irrigasion eroziya rivojlanadi. Shamol eroziyasi asosan chól mintaqalarida, ya’ni atmosfera yog’in-sochin miqdori kam, yerdan namlikni bug’lanishi esa kóp bólganda yuzaga keladi.
Suv eroziyasi yuvilish xarakteriga kóra ikki turga: yoppasiga yuvilish - yoki yuza eroziya va uzunasiga róy beradigan - yoki jar eroziyasiga bólinadi. Shuningdek, oqar suvlarning ta’siriga qarab suv eroziyasi yuza oqar suvlar (qor va yomg’ir suvlari) ta’sirida róy beradigan eroziya va sug’orish suvlari natijasida yuzasiga keladigan irrigasion eroziyaga ajratiladi (Boboxójayev, Uzoqov, 1995). Tuproqlarni yoppasiga yuvilishi, ya’ni yuza eroziya natijasida tuproqning yuqori gorizontlari yonbag’irlar bóylab oqadigan suvlar ta’sirida yuviladi. Oqar suvlar ta’sirida tuproqning gumusli qatlam qalinligi kamayadi, uning unumdor qismidagi turli ólchamdagi zarrachalar bilan birga oziq moddalar ham yuvilib ketadi va nishabligi kam, tekis maydonlarga olib borib yotqiziladi. Yuvilgan joylarda ekinlar hosili keskin kamayadi, yuvilib keltirilgan yotqiziqli yerlarda esa ósimlik g’ovlab ósadi va hosil pishib yetilmaydi, shu sababli hosil miqdori nisbatan kam bóladi. Tuproqlarni uzunasiga yuvilishi yoki jar eroziyasi yonbag’irlardan oqib kelayotgan kuchli suv oqimlari ta’sirida tuproqni chuqurlatib, kuchli óyilib yuvilishiga sabab bóladi. Ushbu jarayon bir necha bosqichda kechadi. Dastlab uncha katta bólmagan (20-25 sm) chuqurchalar hosil bóladi va ular kengayib 30-50 sm 1-1,5 m ga qadar chuqurlashadi. Keyinchalik esa bu jarayon yanada rivojlanib jarliklar hosil bóladi. Uzunasiga róy beradigan eroziya tuproqlarni tóliq ravishda yemirib yuboradi. Bunday katta jarliklari bólgan maydonlar qishloq xójaligi uchun mutlaqo yaroqsiz yerlarga aylanadi.

Yüklə 109,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə