Jamiyat, inson va ma'naviyat: moddiy va ma'naviy xayot mushtarakligi 10-sinf Ma’naviyat asoslari fani darsligi asosida 7-mavzu



Yüklə 4,63 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü4,63 Kb.
#167792

Jamiyat, inson va ma'naviyat: moddiy va ma'naviy xayot mushtarakligi
10-sinf Ma’naviyat asoslari fani darsligi asosida 7-mavzu

Antik davr faylasuflari bo‘lmish Suqrot va Aflotun, Epikur va Demokrit, Xitoy donishmandi Konfutsiy va boshqa allomalarning ayrimlari bu boradagi nazariy qarashlarida ruhiy olamni birlamchi deb bilsa, boshqalari moddiy olamni asosiy o‘ringa qo‘yadi.


Aflotun
Suqrot
Konfutsiy

Insonning ichki dunyosi, unga ato etilgan fazilat va xislatlarni oxirigacha anglash, tushunishning o‘zi o‘ta murakkab masala bo‘lsa-da, uni anglashga harakat qilib ko‘ramiz.

Yana bir narsa borki, uydami, maktab kutubxonasidami o‘zimizga qiziq bo‘lgan, biror bir badiiy asarni o‘qishni boshlasak, kitob qahramonlari ruhiyatiga kiramiz.

Asardagi voqealar ichiga xayolan tushib qolib, uni qo‘limizdan qo‘ymaymiz.


Voqealar jadallashishini, yakuni qanday bo‘lishini bilishga oshiqamiz.
Hatto qornimiz ochgani ham esimizdan chiqib ketadi, och qolganimizni sezsak ham vaqtni qizg‘anib kitobdan boshimizni ko‘tarmaymiz.

Bu o‘rinda moddiy va ma’naviy jarayonlar o‘zaro to‘qnash kelmoqda. Har ikkisi ham inson uchun kerak.


Inson bu hayotda yashar ekan, ham moddiy, ham ma’naviy xususiyat va alomatlarni o‘zida mujassam etadi.
Moddiy
Ma’naviy

Inson yashashi, faoliyat ko‘rsatishi uchun yeb-ichish, kiyinish kabi moddiy va mazmunli hayot kechirishi uchun ma’naviy ehtiyojlarga muhtoj bo‘ladi.

Moddiy va ma’naviy hayotning uyg‘unligi - inson va jamiyat hayotida moddiy hamda ma’naviy asoslarning bir-biriga nisbatan mosligi, o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligini ifodalaydi.

Moddiy va ma’naviy hayot bir-birini inkor etmaydi.


Ular o‘zaro bog‘lanib, bir-birini to‘ldiradi.
Inson bor ekan, o‘z orzu-istaklarini amalga oshirish, baxtli- saodatli yashashi uchun hayotini shu ikki mezonga bog‘laydi.

Mamlakatimizda insonlarning yaxshi yashashi, jamiyatning faol a’zosi bo‘lishi uchun moddiy va ma’naviy hayot masalalariga katta e’tibor qaratilgan.

Jamiyat hayoti moddiy va ma’naviy ko‘rinishga ega. Shunday ekan, jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotiga erishishda ma’naviyatga, xususan, insonning haq-huquqlariga hurmat bilan qarash lozim.

Bu ma’naviyatning ishlab chiqarish, iqtisodiy rivojlanish bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi. Aks holda, jamiyatda ma’naviy-axloqiy munosabatlar tanazzulga uchraydi, insonning sha’ni, qadr-qimmati poymol etiladi.

Bugun mamlakatimizda moddiy va ma’naviy hayotning uyg‘un holda rivojlanib borishiga alohida ahamiyat berilmoqda.

Savol va topshiriqlar:

1. Agar inson boy bo‘lsa-yu, bilimi, foydali

kasb-hunari bo‘lmasa, yiqqan katta boyligi qanchaga yetishi mumkin?

2. Ma’naviyatli insonning topgan boyligidan kimlar manfaat topadi?

3. Bir inson ham boy va ham oqil, ham dono, ham saxiy bo‘la oladimi?


Yüklə 4,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə