11-Mavzu: Tuproq eroziyasi va degradatsiyasi, ularga qarshi kurash choralari. Tuproq muhofazasi reja



Yüklə 109,69 Kb.
səhifə5/5
tarix22.03.2024
ölçüsü109,69 Kb.
#180621
1   2   3   4   5
11-maruza

Tuproq qoplamining holati. Eroziya va deflyasiya jarayonlarining borishida tuproq sharoitlari, uning asosiy xossalari, nam ushlash darajasi va tuproqning gumusli qatlam qalinligi muhim ahamiyatga ega (Maxsudov, Gafurova, 2012).
Respublikamiz xududining tabiiy sharoitlari ózgaruvchan bólganligi sababli tuproq ham xilma-xildir. Hududimiz tuprog’ini quyidagi tuproq mintaqalariga ajratish mumkin:

  • Chól mintaqasi tuproqlari

  • Pasttekislik va daryo vohalarining gidromorf tuproqlari va shórxoklar

  • Tog’ etagi prolyuvial va tog’ oldi bóz tuproqlari

  • Órta va past tog’ tuproqlari

  • Baland tog’ mintaqasi tuprog’i.

Tuproq eroziyasini keltirib chiqaruvchi omillar va unga qarshi tadbirlar. Insonning notóg’ri tashkil etilgan turli hil faoliyati ta’siri ostida tuproq qatlami yemiriladi va bug’lanadi. Eroziya tuproqqa mana shunday ta’sir ótkazilishining g’oyat keng tarqalgan va halokatli oqibatidir.
Tuproqni eroziyadan saqlash muammosi dunyoning arid iqlimi mintaqasida joylashgan kópgina mamlakatlar uchun, shu jumladan Ózbekiston hududi uchun ham dolzarb muammodir. Chunonchi, respublikada eroziyaga uchragan yer maydonlari 1772,3 ming gektarni yoki haydaladigan yerlar umumiy maydonining 40% tashkil etadi. Shulardan 721,9 ming gektari irrigasiya eroziyasiga /X.M.Maxsudov, 1989/, salkam 50 ming gektari jarlik eroziyasiga /A.Nig’matov, 1988/, 700,4 ming gektari lalmi eroziyasiga /X.M.Maxsudov, 1989/ va 300 ming gektari shamol eroziyasiga duchor bólgan /K.M.Mirzajonov, 1976/.
Eroziyaga uchragan yerlarda dehqonchilik madaniyati darajasini yuksaltirish ularni eroziyadan, paxta yakka hokimligining ta’siridan keyin tuproq unumsizlashidan himoya qilish qishloq xójalik ekinlari hosilini tubdan kópaytirish va barqarorlashtirishning eng arzon hamda samarali yóli hisoblanadi.
Tuproq eroziyasi tarixida qishloq xójaligini jadal rivojlanishi natijasida yerlarni unumdorligi holatini saqlab qolishi va yuqori hosil olish Yaqin Sharq Mesopatamiyada, Gresiya, Rim va boshqa mintaqalarda (Bennet yilda) aniqlanganligi keltirilgan.AQShda Hammond Bennett asarlarida “Ota tuproq saqlash” deb nomlangan asarida eroziya jarayonlaridan saqlash keng ochyaib berilgan. Bundan tashqari Troeh va boshqalar. (2004) eroziya jarayonlarini ilmiy jixatdan sodir bólishini muhofaza qilish juda muhim ekanligini óz asarlarida keltirgan. Shuningdek dunyo bóylab eroziya jarayonlariga qarshi kurash, tuproq unumdorlik samaradorligini oshirish ekologik toza maxsulotlarni yaratish xozirgi kunning bosh strategiyasidir. Tuproqni eroziyadan va suvni ifloslanishidan saqlash, turli nomenklaturalar va stavkalar qóyida keltirilgan olimlar tomonidan ajratilib órganilgan ( Blanco, F. and R. Lal. Principles of soil conservation and management. Springer. 2008. 5-6b.)
Sug’oriladigan dehqonchilikda asosan irrigasion eroziya rivojlangan yerlarning meliorativ holati tóg’risida gapirsak, demak ular rivojlangan hududlar asosan past-baland relyefli, har xil nishabli qiyaliklarga ega bólgan tog’li va tog’ oldi hududlarda ham eroziyaga uchragan, órtacha eroziyala uchragan va kuchli eroziyaga uchragan tuproqlarga ajratiladilar, qiyaliklar pastida yuvilmali tuproqlar paydo bóladi – bu tuproqlar tepadan yuvilib tushgan melkozem zarrachalaridan paydo bóladi.
Irrigasion eroziyaga uchragan tuproqlarda sug’orish ishlari alohida usulda bólishi zarur. Bu yerlarda kam miqdorda suv bilan tez-tez sug’orib turish, egatlar imkoniyati boricha kam qiyalik qilinib olish. Solinadigan mineral óg’itlar miqdori 25-30 % kóp bólishi,
Siderat ekinlarni ekish, bedazorlarni haydash, góng va boshqa organik óg’itlar solish, g’ózapoyani maydalab solish, xlorella kóllash va boshqa tadbirlar qilish zarur.
Yer-tuproq –inson hayot-faoliyatining eng zarur yashash joy, ozuqa yetishtiradigan maydoni. Yer turli ta’sirlar natijasida biologik buziladi, ekologik ifloslanadi va dehqonchilik borasida tuproq hosildorligi pasayadi. Antropogen jaryonlar natijasida yerning foydali fondi buziladi, hosildor yerlar turli qurilishlar va yóllar ótkazishga olinadi. Ishlab chiqarishda eroziya va digressiya jarayonlari global xarakterga ega bólib, ekin yerlarining maydoni yil sayin qisqaradi.
Muhit ifloslanishi natijasida ekosistemalar ichidagi trofik jarayonlar-moddalar hosil bólishi, ularning aylanishi va energiya oqimining funksiyalari buziladi. Atmosferada fotokimyoviy suv, tuproq biotoplarida esa kimyoviy-biologik jarayonlarning bir-biriga ta’siri va hamjixat tabiiy harakatining buzilishidan tirik organizmlar rivojlanishi, ular qayta ishlaydigan va tiklaydigan moddalar miqdori, muhitdagi elementlarning bir-biriga balansi buziladi va oxir-oqibatda biotop-muhit yaroqsiz, ólik maydonga aylanadi.
Yuza eroziyasi órmon rayonlarda kam kuzatiladi.Sirt eroziyasinig xosil bólishiga quydagi tabbiy jarayonlar sabab bóladi; jarliklar ,kuchli yong’inlar, antropogen omillar. Natijada ,tuproqning sirti ópirilib tuproqning mineral qismi yuzaga chiqib qoladi.Masalan, Amazonka tuproqlarida eroziyasi jarayonlarning sodir bólishiga órmonlarning kesilishi va re’lefning qiyaligi sabab bóladi1
Tuproqda moddalar aylanishi jarayonlarida og’ir metallarning zaharlilik darajalari turli holatlarda ózgaradi, ammo ularning harakatchan formalari juda xavfli toksik elementlar hisoblanadi, chunki ular tirik organizmlar tanasiga tez ótadi va ularni zaharlab nobud qiladi.
Tuproqning bioekologik holatining yomonlashishi natijasida mikroorganizmlar tomonidan mikrotoksinlar hosil qilish jarayonini tezlashtiradi va bu narsa tuproqda aytib bshlmaydigan salbiy ekologik voqyeliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Tuproqlarning eroziyaga uchraganligiga kóra qishloq xójalik ekinlariga beriladigan azot hisoblab chiqish koeffisenti.
Kórsatkich Koeffisiyent (KN)
Eroziyaga uchramagan 1,00
Kuchsiz eroziyaga uchragan 1,10
Órtacha eroziyaga uchragan1,20
Kuchli eroziyaga uchragan1,50


1 Enciclopedia of Soil Science Second Edition edited by Rattan lal 7-бет

Yüklə 109,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə