11-Mavzu: Tuproq eroziyasi va degradatsiyasi, ularga qarshi kurash choralari. Tuproq muhofazasi reja


Jar eroziyasining rivojlanish jadalligi darajasi quyidagi gradasiya bilan belgilanadi (1 kv km maydondagi jarliklarning uzunligi km hisobida)



Yüklə 109,69 Kb.
səhifə2/5
tarix22.03.2024
ölçüsü109,69 Kb.
#180621
1   2   3   4   5
11-maruza

Jar eroziyasining rivojlanish jadalligi darajasi quyidagi gradasiya bilan belgilanadi (1 kv km maydondagi jarliklarning uzunligi km hisobida):

  • kuchsiz jarlanish – 0,25 kv km/km dan kam;

  • órtacha jarlanish – 0,25-0,50 kv km/km;

  • kuchli jarlanish – 0,50-0,75 kv km/km;

  • juda kuchli jarlanish – 0,7 kv km/km dan kóp.




Irrigasion eroziya deb, qiya yerlarda yetishtirilayotgan ekinlarni katta suv oqimi bilan sug’orish natijasida sug’orish suvi tezligining oshishi natijasida tuproq qatlamining yemirilib yuvilib ketishiga aytiladi. Eroziyaning bunday turi asosan sug’orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarda uchraydi. Tuproqning irrigasion eroziyasi kóp hollarda nishab yerlarda ekinlarni kóp suv oqizib sug’orish natijasida yuzaga keladi. Maydon nishabligi 2-30 bólganda tuproq yuzasini suv yuvib keta boshlaydi. Qiyalik ortib borishi bilan irrigasion eroziya jarayoni yanada kuchayib boradi.
Ózbekiston tuproqshunos olimlarining ma’lumotlariga kóra (Hamdamov, Soy, Boboxójayev, 1986), qiya maydonlarda bir marta egatlab sug’orilganda suv oqizib ketadigan tuproq gektariga 22-50 tonnaga, óta qiyaliklarda esa 690 tonnaga yetadi. Bir yilda har gektardan 100 tonna tuproqning yuvilib ketishi kuzatilgan, bu esa tuproqdan 100 kg/ga azot va 115 kg/ga fosforning yuvilib ketishidir. Nishab yerlardagi tuproqlarni yuvilish tezligi tuproqning mexanik tarkibiga, donadorligiga, erozion turg’unligiga va boshqa xossalarga bog’liqdir. Irrigasion eroziyaga uchragan tuproqlarda sug’orish ishlari alohida usulda bólishi zarur. Bu yerlarda kam miqdorda suv bilan tez-tez sug’orib turish uslubini qóllash lozim (Tregubov, Averyanov, 1987).
Shamol eroziyasi umuman quruq iqlimli chól mintaqalarida, qachonki bahor va yoz oylarining havo harorati baland, havoning nisbiy namligi esa past bólgan sharoitlarda róy beradi. Shamol yer yuzasidan sekundiga 12-15 m/sek tezlik bilan esganda yuza qatlam tózonga aylanib havoga kótariladi va tuproq shamol eroziyasiga uchraydi. Ayni hol yer unumdorligiga juda katta, ba’zan oldingi holatiga keltirib tuzatib bólmaydigan darajada zarar yetkazadi. Chunki dala tuprog’ining mayda zarrachali unumdor qismini shamol uchirib ketadi. Undagi ozuqa moddalar yóqoladi. Bunday yerlarda ekinlarning hosili juda kamayib ketadi. Ayrim vaqtlarda kuchli shamollar sug’oriladigan yerlarga, aholi yashaydigan joylarga qumlarni uchirib kelib, qumli tepaliklar paydo bóladi, qishloq xójaligi va aholi uchun noqulayliklar keltiradi. Bulardan tashqari shamol eroziyasi bahor oylarida g’óza va boshqa qishloq xójalik ekinlari nihollarining barg, shohlarini, ayrim hollarda ildizi bilan uchirib ketadi. Buning oqibatida ekinlar bir necha marta qayta ekiladi, hosildorlik keskin kamayadi va paxta sifati yomonlashadi. Shamol eroziyasiga uchragan tuproqlarning unumdorligini tiklash uchun bir necha ón yillar kerak bóladi (Mirzajonov, 1981).
Umuman olganda, bugungi kunga kelib Ózbekiston hududida tabiiy va antropogen omillar ta’sirida yemirilish, yuvilish va uchirib ketish jarayonlari natijasida yuzaga kelayotgan suv va shamol eroziyasi bartaraf etish bóyicha bir qancha tadbirlar ishlab chiqilgan va ular asosida ijobiy natijalarga erishilmoqda.
Ma’lumki, suv va shamol eroziyasi global miqyosida eng tez yuz beradigan va kópincha fojeali oqibatlarga olib keladigan buzg’unchi omillardan hisoblanadi. Aynan tuproq eroziyasi tufayli tuproqning unumdorlik darajasini belgilovchi asosiy xossalariga qattiq zarar yetadi (Dobrovolskiy, 1997).
Yer resurslarini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish muammolarini hal qilishda tuproqlarni eroziyadan himoya qilish muhim ahamiyatga ega. Eroziya ta’sirida tuproqni yuqori unumdor qatlamini yuvilib ketilishidan tashqari bu jarayon atrof muhitni ayrim komponentlariga yomon ta’sir kórsatadi, ayniqsa suv resurslariga, suv havzalari, daryo va suv omborlarining suvi keskin loyqalanishi oshadi, qishloq xójalik ekinlariga qóllanilgan óg’itlar va boshqa kimyoviy preparatlar yuvilib ketadi.
Eroziyalangan tuproqlarda flora va faunalarning hayot sharoitlari keskin yomonlashadi. Eroziyalangan tuproqlarda ba’zi mikroelementlar miqdorining kamayib ketishi bir qator kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, tuproqni eroziyadan himoya qilish atrof muhitni muhofaza qilish muammosining ajralmas qismi bólib hisoblanadi (Zaslavskiy, 1966, 1983).
Eroziya holatlarining ta’siri ostida biroz yuvilgan, órtacha yuvilgan, kuchli yuvilgan va yuvilib tóplangan tuproqlar hosil bóladiki, ular tuproq qatlamining qalinligi, gumus, oziqa elementlari (makro- va mikro elementlar) zaxirasi va tarkibi, mikroorganizmlar miqdori va sifati, kimyoviy va fizikaviy xossalari, bioenergetika kórsatkichlari ózgarishi tufayli unumdorlik darajalari turlicha ekanligidan dalolat beradi. Shu narsa ma’lumki, irrigasiya eroziyasi natijasida tuproq yuvilishi har yili gektariga 100-150 tonnagacha va undan ham oshib ketishi mumkin (nishabligi 50 dan kóproq bólgan qiyamaliklarda gektariga 500 tonnaga qadar boradi). Ana shu tuproq bilan birga gumusning yillik nobudgarchiligi gektariga 500-800 kg, azot-gektariga 100-120 kg, fosfor 75-100 va undan kóproq kilogrammni tashkil etishi mumkin. Shuni qayd etish kerakki, eroziya jarayonlari tuproqdagi ekosistemalar biomassasiga foydalanilgan quyosh energiyasi miqdoriga ham ta’sir ótkazadi.
Chunonchi, respublikaning bóz tuproq yerlaridan nishablikning holati va tuzilishiga qarab tóplangan energiya zaxirasi gektariga 20-100∙106 kilokalloriyani tashkil etadi. Ayni vaqtda yuvilib tóplangan tuproq – kuchsiz eroziyalangan – órtacha eroziyalanan – kuchli eroziyalangan tuproqlar qatorida energiya zaxirasi kamayib boradi. Eroziya jarayonlari natijasida fitomassada, gumusda va tuproq tarkibidagi mikroblarda yutilgan quyosh energiyasining 30-50 foizi va undan kóprog’i yóqotiladi. Tuproqda sodir bóladigan biologik, biokimyoviy jarayonlarning intensivligi asosan quyosh energiyasining zaxiralari va u sochayotgan nur kórinishining ózgarishlari bilan bog’liq ekanligini e’tiborga olganda eroziya tomonidan ekosistemaga yetkaziladigan zarar miqyoslarini tasavvur etish mumkin (Gafurova, 1995, 2001).
Suv eroziyasidan yóq bólayotgan azot va fosfor miqdorini ularning ekinlarga solinayotgan mineral óg’itlar tarkibidagi miqdori bilan taqqoslaydigan bólsak, suv eroziyasiga uchragan maydonda har yili solinayotgan azotning 50-70 % va fosforning 20-50 % kóp yuvilib ketayotgani ma’lum bóladi, bu esa ekinlar hosildorligiga salbiy ta’sir qilishi shubhasizdir.
L.A.Gafurova, N.B.Raupovaning ishlarida (2004) uchlamchi davr qizg’ish yotqiziqlarda shakllangan tipik bóz tuproqlarda tuproq hosil bólish jarayonida hamda tuproq unumdorligida gumusning muhim ahamiyatini órganilgan. Uchlamchi-neogen yotqiziqlarda shakllangan tuproqlarning eroziya holatiga uchrashini hisobga olgan holda, ekologik sharoitlarini tahlil qilib, genetik xususiyatlarini aniqladi; gumus miqdori, zahiralari, tuproqdagi gumus moddalarining tarkibi va ularning eroziya jarayonida ózgarishi, tuproqlar gumusining guruhiy va fraksiyali tarkibi, ba’zi bir fizik-kimyoviy xossalari va gumus holatlari, eroziyalanish darajasi va qiyalik ekspozisiyasiga bog’liq ravishda aniqlangan.
M.Faxrutdinova (1998) tomonidan Turkiston tog’ tizmasining shimoliy yon bag’rida “Xalq bog’i” tuproqlari misolida eroziyaga uchragan tog’ tuproqlarini relyefning turli elementlarida hamda ósimlik qoplami ostida gumus hosil bólish jarayonining qonuniyatlari órganilgan va tog’ mintaqasi tuproq tiplarining gumus tarkibi bóyicha kompleks tavsif berilgan.
N.I.Shadiyeva (2010) tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalaridan ma’lum bólishicha, Sangzor havzasida tarqalgan eroziyalangan qóriq, lalmi va sug’oriladigan tuproqlarini gumus tarkibi eroziyalanmagan shunday tuproqlarga nisbatan yomonligi kuzatildi. Ya’ni ularning gumusi tarkibida kam barqaror fulvokislotalari miqdori turg’un bólgan yuqori molekulyar gumin kislotalaridan ustunligi aniqlandi. Eroziyalanmagan va eroziya natijasida «yig’ilib tóplangan» tuproqlarda esa, gumus tarkibidagi gumin kislotalarining ustunlik qilishi kuzatildi. Ma’lumki, gumin kislotalari azotga boy, kalsiy bilan tóyingan, suvga chidamli agregatlarni hosil bólishiga sabab bóladi. Shuningdek, gumusning labil holdagi shakli ham eroziyalanmagan tuproqlarda yuqoriligi aniqlandi. Bu shakldagi gumus moddalari tuproq unumdorligini muhim kórsatkichi bólib, ósimliklar ósishi va rivojlanishida ahamiyati katta. Tadqiq etilgan tuproqlarning gumusini guruhiy va fraksiyaviy tarkibiga kóra, eroziyaga uchragan qiyalik tuproqlarida organik modda tarkibidagi gumin kislota miqdori tuproqni yuqori qatlamlaridan pastki qatlamlariga tomon kamayib boradi. Fulvokislotalari aksincha, yuqoridan quyiga tomon ortadi. Bu esa, eroziya ta’sirida tuproq gumusining turg’un shakli-gumin kislotalari barqaror bólmagan fulvokislotalariga nisbatan kamayishi va ularning gumusli holatini yomonlashuvini kórsatadi.
S.M.Mirxoshimov (1963) Ózbekistonda birinchi bor tuproq eroziyasiga qarshi kurashda kóp yillik ótlarni ahamiyatini kórsatdi. Eroziyani katta-kichikligi yonbag’irlar ósimlik qoplamini holatiga bog’liq. Qiyalik yerlarni haydash, tuproq eroziyasini kuchaytiradi, kóp yillik ótlar ekish esa qiyaliklarda suv oqimini va tuproq yuvilishini 8-10 barobar susaytiradi (Tashpulatov, 1969).
A.A.Adilov (1990) Jizzax viloyatini Baxmal tumanida eroziyalangan tóq tusli bóz tuproqlar ustida izlanishlar olib borgan va bu yerni tuproqlari har xil darajada eroziyalanganligini aniqlagan. U izlanishlarida kóp yillik ótlar va ularni aralashmasini (beda, esparset, yeja sbornaya) ekish eroziyalangan tuproqlar unumdorligini va ulardan eroziyaga qarshi chidamliligini oshishiga imkon yaratishini isbotlab berdi va bu tuproq eroziyasiga qarshi kurashishda ilmiy asos bólib hisoblanadi.
X.M.Maxsudov ma’lumotlariga asosan, tuproqning yuvilishi, suv oqimining tezligi, qiyalikning qavariq va qavariq botiq maydonlarida faollashadi, qiyalik darajasini 3,5 gradusdan 5 gradusgacha va qiyalik uzunligini 30 metrdan 80 mertgacha oshishida suvni loyqalanishi 3,5 barobar kópayadi, qiyalik darajasi yana 1,5 gradusga va uzunlik 40 metrga oshganda loyqalanishi 1,5 barobar kópayadi (1989).
Shuningdek, X.M.Maxsudov (1998, 2003) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalariga kóra, eroziyalanmagan tóq tusli bóz tuproqlarning yuqori qatlamlarida gumus 2,3 %, N 0,15-0,18 % tuproq kesmasining pastki qatlamlarida bu kórsatkichlar kamayib borgan. Gumusli qatlam A+V+V2 qalinligi 70-90 sm mexanik tarkibi og’ir va órta qumoqdir. Karbonatlar 30 smdan soxta miseliylar kórinishida 65 smdan esa ohak zarrachalari kórinishida namoyon bóladi. Kam eroziyalangan tóq tusli bóz tuproqlar yuqori qatlamlari 1 % dan kóp bólmagan (yuqori qatlamlari 0,1 %) gumus miqdoriga ega. Gumusli qatlam qalinligi esa 30-40sm, tuproqni yuqori qatlamlari karbonat hosilalari bilan qoplangan. Uningcha eroziya natijasida «yig’ilib tóplangan» tuproqlar gumus miqdorini kópayganligi va gumusli qatlamni qalinligini 100 smga oshganligi azotga boy va karbonatlar miqdori 60-80sm va undan chuqurroqda kuzatiladi.
Eroziyaning qishloq xójalik ekinlari hosildorligiga ta’siri g’oyat kattadir. X.Maxsudovning kóp yillik tadqiqotlarida yuvilgan tuproqlarda g’óza ósimligi bosh poyasining balandligi yuvilmagan tuproqlardagiga nisbatan past bólishi, yuvib tóplangan tuproqlarda esa bóyi yana ham baland bólishi kuzatilgan. Yuvilgan tuproqlarda gul, g’uncha va kósaklar soni eng kam, hosil nishonalarining tókilishi esa eng kópni tashkil etdi. Paxta hosildorligi ham mana shu xususiyatlarga muvofiq shakllanadi.
Eroziya natijasida ósimliklarni oziqa rejimi, tuproqni fizik xossalari yomonlashadi, tuproqda nam zahiralari kamayadi. Shuningdek kuchli eroziyalangan tuproqlar qishloq xójalik ekinlarining 1 gr. quruq hosilini olish uchun eroziyalanmagan tuproqlarga nisbatan kóp nam sarf qiladi, nam tóplash qobiliyati esa, eroziyalanmagan tuproqlardagiga nisbatan kam (Gussak, 1959).
Eroziyalangan tuproqlarda hosil pasayishini ana shunday qonuniyati Q.U.Usmonov, A.A.Adilov, M.Yunusov, X..X.Yusupov va S.S.Rustamovni Jizzax viloyatining bóz tuproqlarida hamda X.M.Maxsudov, Derressa Aberra, G.Mirxaydarova, G.Nabiyeva, G.Djalilova, T.Shamsitdinovlarni Chotqol tog’ oldi tuproqlarida olib borgan tajribalarida ham shu qonuniyatlar tasdiqlandi. Yuqoridagi mualliflarning tadqiqotlari shuni kórsatadiki, bug’doy hosildorligini kamayishi bilan bir qatorda 1000 dona urug’ massasi ham pasayadi.
Deressa Aberra (1991) ilmiy izlanishlarida kuzgi bug’doy hosildorligi bóyicha quyidagicha analogik qonuniyatni kuzatish mumkin: eroziyalanmagan va eroziya natijasida «yig’ilib tóplangan» tuproqlarda hosildorlik 15,7-18,3 s/ga bólsa, órtacha va kuchli eroziyalangan yerlarda 10,3-7,2 s/gani tashkil etadi. Shu sababli tuproq eroziyasiga qarshi kurash lalmi dehqonchilikning asosiy muammolaridan biridir.
Ma’lum bólishicha, 1mm tuproq qatlamini qayta tiklash uchun ósimlik qoplami yaxshi bólgan taqdirda 100-200 yildan 1000 yil va undan ham kóproq vaqt talab etilishi ma’lum, ya’ni keyingi 70-100 yillar mobaynida yerdan notóg’ri foydalanishi oqibatida keyingi kamida 1000 yillar va hatto 10000 yillar mobaynida tabiat kuchlari bajargan ishlarning natijalari yóqqa chiqarilishi mumkin. Shu bois, tuproqni eroziya jarayonlaridan muhofaza qilish hozirgi kunning g’oyat ótkir jahonshumul muammosidir.
Eroziya jarayonlari róy berishi natijasida yerlarni degradasiyalanish muammolari nafaqat Ózbekistonda, balki chet mamlakatlarda ham dolzarbdir. Ma’lum bir mintaqaning tuproq hosil bólish jarayonining óziga xos regional xususiyatlarini hisobga olmagan holda yerlardan oqilona foydalanmaslik, órmonlarni yóq qilinishi, chorva mollarini tartibsiz boqilishi oqibatida tabiiy tuproq qoplamining ózgarishiga, tuproq unumdorligini pasayishiga, qishloq xójalik ekinlari hosilining kamayishi va ular sifatini pasayishiga olib keluvchi eroziya jarayonlarini yanada kuchaytiradi. Shunday ekan, eroziyalangan tuproqlar unumdorligini saqlash, oshirish va muhofaza qilish masalalari, shuningdek respublikamizning turli tabiiy-ekologik mintaqalaridagi yer resurslaridan maqsadga muvofiq foydalanish hozirgi kunning muhim masalalaridan hisoblanadi (Maxsudov, Djalilova, 2006).
Ma’lumki, eroziya jarayonlarining paydo bólishi va rivojlanishiga asosan 2 xil omil ta’sir etadi: tabiiy va antropogen. Inson tomonidan yerning ózlashtirilishi va g’ayri tabiiy usullar qóllab notóg’ri foydalanishi natijasida eroziya jarayonlari sezilarli rivoj oldi. Hozirgi zamon eroziyasi yuqorida kórsatilgan ikkala omil bir-birlari bilan birlashishi natijasida namoyon bólayotir. Iqlim ózgarishi, yer yuzasining notekisligi, yerning geologik - geomorfologik kabi tabiiy omillar bilan birgalikda inson tomonidan yer, suv manbalari notóg’ri foydalanilishi tuproq suv va shamol eroziyasini rivojlanishiga asosiy sababdir.

Yüklə 109,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə