11-Mavzu: Tuproq eroziyasi va degradatsiyasi, ularga qarshi kurash choralari. Tuproq muhofazasi reja



Yüklə 109,69 Kb.
səhifə3/5
tarix22.03.2024
ölçüsü109,69 Kb.
#180621
1   2   3   4   5
11-maruza

Eroziya jarayonlarining rivojlanishida iqlimning roli. Ózbekiston iqlimining tuproq paydo bólishidagi va eroziya jarayonlarini rivojlanishidagi rolini órganishda birinchi navbatda hududning meridian bóylab 920 km dan kóp chózilishi iqlimning Janubdan – Shimolga qarab ózgarishini xilma-xilligi inobatga olinadi. Bu ózgarishlarga suvsiz jazirama chóllar, adirlar, tog’ oldi va tog’ mintaqalarining joylashishi sababdir. Ma’lumki, iqlimning ózgarishiga asosan tog’lar, tog’ vodiylari, ularni ekspozisiya bóyicha joylanishi, tog’larning balandligi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun Ózbekiston hududida iqlimning shakllanishi atmosfera sirkulyasiyasining xususiyatlariga bog’liq bóladi. Yoz oylarida Markaziy Osiyoning sahro va chóllardan iborat katta kengliklarida bir zayildagi kuchli qizigan kontinental jazirama issiq hukm suradi. Shuning uchun yoz bóyi havo ochiq, behad issiq bóladi. Sovuq mavsumda esa kontinental-subtropik va mótadil kengliklarning sovuq massalari órtasida Markaziy Osiyoda janubiy siklonga xos rivojlanadigan sovuq oqim hosil bóladi, qishki-bahorgi seryomg’ir davr shuning oqibatidir.
Ózbekiston mintaqasida iqlimning shakllanishi ob-havo sharoiti xususiyatlariga bog’liq. L.N.Babushkin (1964) kórsatib ótganidek, G’arbdan kelayotgan atmosfera havo massalari va janubiy-g’arbdan keluvchi tuproq havoning iliq massasi namlik manbalari hisoblanadi. Tog’larga yaqinlashgan sari yonbag’irlardan yuqori kótarilayotgan bu havo massalari soviydi, namlik suyuqlashadi va yog’in-sochinga aylanadi. Ózbekistonga yog’in-sochin miqdori joyning dengiz sathidan kótarilib borishiga qarab kópayish qonuniyati shu bilan izohlanadi. Shuning uchun Ózbekiston iqlimi gidrotermik rejimga asosan tekis kenglik bóyicha ekstraarid iqlimli va pastlikdan yuqori balandlikka qarab ekstraaridli, arid, subgumidli va gumid subnival iqlim turlariga bólinadi. Kórsatilgan ana shu tórtta iqlimli mintaqa respublika hududlari relyefiga, ya’ni geomorfologik rayonlariga tóg’ri keladi. Turon pastekisliklari, tog’ osti va tog’ tagi baland tekisliklari, órta tog’li va yuqori baland tog’ mintaqalariga bólinadi.
Bu tórtta iqlim sharoitlarida tuproq hosil bólish jarayonlari turlicha kechadi va shu jarayonlar tufayli hududimizda har xil tuproq tiplari, tipchalari paydo bólgan. Ya’ni ekstraarid - chól tekisliklarda yog’in-sochin 70-200 mm, baland-past tekisliklar - arid mintaqalarda 250-350 mm bólsa, órta tog’ - subgumidli mintaqalarda ularning miqdori 750-1000 mm va undan kóproq, gumid subnival mintaqali baland tog’larda esa 350-400-500 mm va undan oshadi.
Joy dengiz sathiga nisbatan kótarilgan sari, odatda, havoning órtacha harorati pasayadi, haroratning vertikal gradiyentlari turli sharoitlarda har xil bóladi: qishda kamroq, odatda kótarilishning har 100 m hisobiga 0,2 – 0,50 S atrofida, yozda esa kóproq 0,7 – 0,80 S.
Tog’ va yaylov mintaqalarining iqlimi ham óziga xos xususiyatlarga ega. Ma’lumki, dengiz sathidan yuqorilashgan sari yog’in miqdori ham kópaya boradi, harorat esa pasayadi va umumiy bug’lanish kamayadi. Shuning uchun, baland tog’ chóqqilarida yoz oylarida ham erib ulgurmaydigan qorlar va muzliklarni kóramiz.
Ózbekiston iqlimi óziga xos xususiyatlarga ega, chunki u okean va katta dengizlardan juda uzoqda joylashganligi sababli tipik kontinental iqlimli ólkalar qatoriga kiradi. Serquyosh jazirama yoz, sovuqroq qish, sutka va yil davomida haroratning keskin ózgarib turishi, yog’inning kamligi va havoning quruqligi Ózbekiston iqlimining asosiy xususiyatlaridandir. Albatta, bu xususiyatlar chól va adir mintaqalarida (tog’ oldi, tog’ osti) tog’ mintaqalariga nisbatan yanada yaqqolroq namoyon bóladi.
Suv eroziyasiga bevosita ta’sir etadigan tabiiy holatlardan eng muhimi atmosfera yog’in-sochinlaridir. Yog’in-sochin yer yuzasida suv oqimi hosil qiladi va tuproq yuvilishini keltirib chiqaradi. Ustki oqim tuproqning suv singdiruvchanligi yetarlicha bólmagan tuproqlarda kuchli yomg’irlar va qor erishi davrida yonbag’irlarda paydo bóladi. Havodan tushgan yog’in suvining yillik miqdori eroziyaning faqat ma’lum qadar xavfi borligini aks ettiradi. Yog’in-sochinning yil mavsumlari bóyicha taqsimlanishi, yomg’ir tomchisining yirik va mayda bólishi kóproq ahamiyatga ega. Negaki, eroziya jarayonlarining namoyon bólish ehtimoli shunga bog’liq bóladi. Yog’in-sochinning miqdori va xususiyati, qor tóplanishi va qor erishi, tuproqning harorat va suv maromi kabilar suv eroziyasi jarayonlarining jadallashuviga bevosita ta’sir kórsatadi.
Iqlimning tik zonalliligiga xos kórsatib ótilgan xususiyatlar hisobga olinib, lalmikor dexqonchilikning rayonlashtirish sxemalari ishlab chiqilgan. Ulardan birinchi, eng takomillashganini donchilik ilmiy-tadqiqot instituti xodimi G.A.Lavronov taklif qilgan. Bu sxemada 3 ta vertikal mintaqa ajratilgan, bunda lalmi ekinlarni ósish va rivojlanishi uchun namlikni, ya’ni atmosferadan tushadigan yog’in miqdori e’tiborga olingan: yog’ingarchilik yetmaydigan (och tusli bóz tuproqlar poyasi) yog’ingarchilik yarim yetarli (tipik bóz tuproqlar) va yog’ingarchilik yetarlik yerlarga ajratgan (tóq tusli bóz tuproqlar va kam ishqorsizlangan jigarrang tuproqlar).
Ózbekistonning tog’ oldi iqlimini I.P.Gerasimov (1948) taklifi bóyicha arid iqlim deb atash qabul qilingan. Atmosfera yog’inlari nisbatan uncha kóp bólmagani holda havo haroratining sutkalik va yillik ózgaruvchanligi kattaligi bu iqlimga xos xususiyatidir.
Ózbekiston iqlimi uchun qishki vegetasiya davrining mavjudligi xos bólib, bu kuzgi boshoqli ekinlar uchun juda muhim. Lalmi yerlarda yillik harorat va yog’inlar maromning ózgarishlari majmui vegetasiyaning ikki keskin farq qiluvchi davrlarini yuzaga keltiradi. Bular: bahorgi – mezotermik (nam, salqin) va yozgi – kserotermik (quruq, issiq) davrlar.
Lalmi yerlarning xususiyatlaridan biri, bu ─ tuproq-iqlim sharoitlarining juda xilma – xilligidir. Kenglik kesimida talay farqlar mavjudligi sababli A.Z.Genusov, B.Gorbunov va N.Kimberg, L.N.Babushkin Ózbekiston lalmi yerlarini quyidagi tuproq-iqlim okruglariga bólganlar: Chirchiq-Angren, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo okruglari va hokazo.
Ózbekistonda shamol eroziyasi bóyicha ilmiy- tadqiqot ishlari olib borgan olimlar Q.Mirzajonov, Sh.Nurmatov, M.Hamrayev, A.Qayumovlarning ma’lumotlariga qaraganda, yer yuzasidan 10 sm balandlikda 12-15 m/s tezlik bilan esgan shamol, deflyasiya jarayonini boshlab beradi; 10-15 sm balandlikda 12-15 va 16-25 m/sek tezlikda esganda kuchli shamol eroziyasi róy bergani ta’kidlangan. Bunda tuproq zarrachalari bilan birga ósimliklar ham uchirilib uzoq-uzoq joylarga, yóllarga, suv havzalariga keltirib tashlangan.
Yer yuzasining tuzilishi. Ózbekiston hududining relyefi tekislik va adir-tog’ qismlardan tashkil etgan. Respublikamizning sharqida Tyan-Shan va Oloy tog’larining g’arbiy tarmoqlari, Hisor, Turkiston, Zarafshon, Chotqol, Pskom va Qurama tog’ tizmalari joylashgan. Bu tog’larning órtacha balandligi 1600, 2000-2500 metr, ayrim chóqqilarining balandligi esa 4600 metrdan oshadi. Baland tog’ qoyalari, ayniqsa ularning chóqqilari yoz oylarida ham erib tugamaydigan qorliklar bilan qoplangan. Bu qorlik va muzliklar daryolarimizning bitmas-tuganmas suv manbalaridir. Tog’li yerlarning relyefi notekis-pastliklar va balandliklardan iborat. Bu yerda bir-biriga ketma-ket ulanib ketgan vodiylar, tik balandliklar, nihoyatda tor daryo va dóngliklar bilan bir qatorda juda manzarali yaylovlar, tog’ tekisliklar ham bor.
Ma’lumki, respublikamiz yer yuzasining tuzilishi eroziya jarayonlari, ayniqsa suv eroziyasining rivojlanishiga ma’lum qadar bog’liqdir. Relyef yer betida issiqlik va namlikning taqsimlanishiga, ob-havo yog’inlarining xususiyat va miqdoriga hamda suv oqimiga katta ta’sir kórsatadi. Uning ta’siri mahalliy eroziya bazislarining chuqurligi, yonbag’irlarning tikligi (qiyalik darajasi), uzunligi va ekspozisiyasiga ham bog’liq bóladi.
Ózbekiston sharoitida eroziya jarayonlarining rivojlanishida, eroziya manbalarining tóplanishida yonbag’irlarning shakli katta rol óynaydi. Ular asosan shakliga kóra: tóg’ri qiyalikli yonbag’ir, qabariq, botiq va zinapoyasimon qiyali yonbag’irlarga bólinadi. Janubga va sharqqa qaragan qiyalik yonbag’irlari shimolga va g’arbga qaraganlariga nisbatan 18-25 kun oldinroq qor qoplamidan holi bóladi. Janubiy yonbag’irlarda qor erishi jadalroq kechadi. Shu sababli boshqa shart-sharoitlar deyarli bir xil bólgani holda, tog’li hududlarda janubga qaragan yonbag’irlardagi tuproq suv eroziyasidan, shimoldagi yonbag’rli tuproqqa qaraganda kóproq eroziyalangan. Yonbag’ir nishabligi va uzunligi oshib borgan sari odatda oqib tushayotgan yog’in suvi oqimlarining tezligi kuchayadi, shunga bog’liq holda tuproq yuvilishi va oqizib ketilishi ham jadallashadi (Xonazarov, Kumzullayev, 1999).
X.M.Maxsudovning (1989, 1998) ma’lumotlariga kóra, yonbag’ir qiyalik darajasi oshgan sari tuproqning yemirilish darajasi ham oshadi. Agar nishabligi 1-3 gradusgacha bólgan yonbag’irlarda, asosan, yemirilmagan yoki sust eroziyalangan tuproqlar tarqalgan bólsa, qiyaligi 3-5 gradusli yonbag’irlarda órtacha eroziyalangan, 5-7-10 gradusdan ham tik qiyaliklarda, asosan kuchli yemirilgan bóz tuproqlar uchraydi.
Relyef yer yuzasidagi suv va havodan tushadigan yog’in-sochinlarning taqsimlanishiga, qiyalik bóyicha oqimlarning tezligiga, tuproq va zaminning yemirilishi (yuvilishi) jadalligiga salmoqli ta’sir kórsatadi. Bu borada, Ózbekistonning relyefi juda xilma-xil bólib, asosan, sharqdan va janubiy sharqdan g’arbga va shimoliy g’arbga tomon asta-sekin pasayib boradi.



Yüklə 109,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə