11-Mavzu: Tuproq eroziyasi va degradatsiyasi, ularga qarshi kurash choralari. Tuproq muhofazasi reja


Yonbag’irlarning qiyalik darajasiga qarab tuproq erozilanishi gektariga quyida keltirilgan kórsatkichlar miqdorida bólishi mumkin



Yüklə 109,69 Kb.
səhifə4/5
tarix22.03.2024
ölçüsü109,69 Kb.
#180621
1   2   3   4   5
11-maruza

Yonbag’irlarning qiyalik darajasiga qarab tuproq erozilanishi gektariga quyida keltirilgan kórsatkichlar miqdorida bólishi mumkin:

  • 10-30 gacha bólgan qiyalikda -10-15 t/ga,

  • 30-50 da - 15-25 t/ga,

  • 50-70 da - 25-35 t/ga,

  • 70-100 atrofida bólganida - 35-50 t/ga va undan kóp tuproq yuvilishi mumkin.




Geologik-geomorfologik shart sharoitlar. Ózbekiston hududi geologik – geomorfologik jihatdan Turon pasttekisligi, Ustyurt platosi va tog’ oldi pasttekisliklar, adirlar, baland tog’ Tyan-Shan va Pomir-Oloy tizmalarini óz ichiga oladi. Bu maydonlarning kóp qismini Chotqol, Qurama, Turkiston, Zarafshon va Hissor tog’ tizmalari va tog’ oldi mintaqalari, ulardan keyin adirlar, lyossli tekisliklar, daryo vohalari qamrab olgan. Tog’li mintaqalarda óziga xos balandliklarning murakkab relyefi eroziya bazisining chuqurligi, tik qiyaliklar, chuqur soylar bilan xarakterlidir (Maxsudov, 1989, Tursunov va b., 2009).
Ózbekiston quyidagi litologik-geomorfologik rayonlarga ajratiladi:

  • Baland tog’li mintaqalar (Chotqol, Qurama, Turkiston, Xissor tog’lari).

  • Órtacha balandlikdagi tog’ mintaqalari.

  • Past tog’ va tog’ oldi mintaqalari, bu yerlarda asosan tórtlamchi davr yotqiziqlari, qiyalik yonbag’irlarda chag’irtoshli mayda zarrachali prolyuvial-delyuvialli yotqiziqlar bilan qoplangan.

  • Ór-qirli tog’ oldi mintaqasi, relyefi baland-past yonbag’irli qiyaliklardan iborat. Tuproq paydo qiluvchi ona jinslar asosan lyoss va lyossimon yotqiziqlar hamda skeletli mayda zarrachali prolyuviydan iborat.

  • Tog’ oldi pasttekisliklari, daryolarning yuqori terrasalari, relyefi baland-past qiyaliklardan iborat bólib, lyossimon va skeletli-mayda zarrachali prolyuviy bilan qoplangan.

  • Tog’ etagi tekisliklari, daryolarning yuqori terrasalari baland-past relyefli bólib, lyossimon yotqiziqlar bilan qoplangan, qolgan hududlar tekis relyefli bólib har xil yoshdagi geologik tog’ jinslaridan tashkil topgan. Bularning ichida qadimiy uchlamchi davr “neogen” yotqiziqlari bilan qoplangan jinslar uchraydi.

Shunday qilib, geologik-geomorfologik jihatdan qayd etilgan mintaqalarning kópchiligi bólinib–bólinib ketgan tog’li va tólqinsimon past-balandliklardan iborat murakkab relyefga ega. Bu relyeflarda rivojlangan tuproqning va tuproqosti qatlamlarining eroziyaga uchrashi oson kechadi. Ayniqsa daryolarning yuqori terrasalariga tutashgan tog’ oldi va tólqinsimon past-baland relyefli tog’ etagidagi adirlar katta qiziqish uyg’otadi. Bulardan tashqari respublikamiz hududida loyli, qumoq lesslar va skeletli-mayda zarrali yotqiziqlarda rivojlangan bóz tuproqlar mavjud. Bu yerlar asosan sug’oriladigan va lalmikor dehqonchilik mintaqalari bólib, paxta, donli – boshoqli va boshqa qishloq xójalik ekinlari óstiriladi. Bundan tashqari bu mintaqalarda bog’dorchilik va uzumchilik ham rivojlangan (Maxsudov, 2003).
Eroziya jarayonining rivojlanishida ósimlik qoplamining roli. Ma’lumki, tuproq paydo bólishida, shuningdek, oziqa-kul elementlarining biologik aylanishida, tuproqni organik moddalar bilan ta’minlanishida ósimliklar asosiy va yónaltiruvchi omil hisoblanadi.
Ayniqsa tuproq paydo bólishida oliy ósimliklarning roli kattaligi, ya’ni tuproqning rivojlanishi ósimliklar formasiyasi bilan bevosita bog’liqligini kórsatadi. Bu borada akademik V.R.Vilyams ta’limotiga murojaat qilsak, ósimliklar, jonivorlar dunyosining tuproqqa ta’sirini asosan tórtta ósimliklar formasiyasiga bólganini aniqlaymiz:
1. Órmon-daraxt formasiyasi. Bu formasiyada asosiy organik modda yaratuvchi daraxt ósimliklari bólib, ularning chirigan ildizlari va qoldiqlarini zamburug’lar va aktinomisetlar parchalaydi.
2. Pichan ót ósimliklari formasiyasi. Bu formasiyada asosiy organik modda yaratuvchi pichan ótlari bólib, ularning qoldiqlarini anaerob bakteriyalar va qisman aerob bakteriyalar parchalaydi.
3. Dasht ótlari formasiyasi. Bu formasiyada asosiy organik modda yaratuvchi dasht ótlari bólib, uning qoldiqlarini aerob bakteriyalar va qisman anaerob bakteriyalar parchalaydi.
4. Chól shóra ótlari va buta ósimliklari formasiyasi. Bu formasiyada asosiy organik modda yaratuvchi chól buta ósimliklari bólib, uning qoldiqlarini aktinomisetlar, aerob bakteriyalar va zamburug’lar parchalaydi.
Ózbekiston tuproqlarida akademik V.R.Vilyams kórsatgan mana shu tórt ósimliklar formasiyasining hammasi uchraydi va bularning ta’sirida turli xil tuproq tiplari va tipchalari hosil bóladi.
Ósimliklarning hamma xillari eroziyaga qarshi tura oladigan eng kuchli omil hisoblanadi. Ósimliklarning ta’sir kórsatish darajasi ularning xillariga va ósimliklarning ósish sharoitiga bog’liq: ya’ni ósimlik qancha yaxshi rivojlansa va tuproqning qoplama darajasi yuqori bólsa, shunchalik ósimliklarning tuproqni eroziyadan ximoyalash va suvlarni taqsimlash roli oshadi, chunki kuchli yomg’ir tomchilari ósimlik ustiga tushadi va sóngra yerga tushadi tuproq qa’riga singib, tuproq donachalarini yemirilishdan saqlaydi. Bunda birmuncha miqdordagi yog’in ósimliklarning yer ustidagi qismida saqlanadi, natijada tuproq yuzasida oqim paydo bólmaydi. Olimlarning kuzatishlariga qaraganda, havodan yoqqan yog’in-sochinlarni madaniylashgan ósimliklar 11 foizgacha, daraxtli ósimliklar 30 foizgacha ushlab qolishi aniqlangan.
Har xil ósimliklar qoplami eroziyadan saqlash xususiyati bóyicha quyidagicha joylashadi:

  • Órmon-daraxt ósimliklari

  • Pichan ót ósimliklari

  • Mevali kóchatzorlar (ularning qator oralari ósimlik qoplamida bólsa)

  • Qishloq xójalik ekinlari: a) boshoqli, dukkakli ósimliklar aralashmasi; b) boshoqli don ekinlari; v) dukkakli ekinlar; g) chopiqli ekinlar. Olimlarning kuzatishlaricha eng kuchli deflyasiya va suv eroziyasi ósimliksiz qiyalik yerlarda va yozda haydalgan ang’izlarda bóladi.

Olimlarning ta’kidlashicha, kóp yillik ótlar, dukakli ósimliklar tuproqni eroziyadan eng yaxshi ximoya qiladi, ikkinchi órinda yoppasiga ekiladigan bir yillik kuzgi ekinlar, uchinchi órinda bahorgi boshoqli ekinlar tuproqni ancha bósh himoyalaydi, chopiq qilinadiganlari – tuproqni eroziyadan eng yomon himoyalaydi. Ósimliklarning tuproqni himoyalashdagi roli rivojlanishning turli bosqichlarida turlicha bóladi. Bu ósimliklarning yer ustki massasi va ildiz tizimining holatiga bog’liq bóladi. Muayyan davrda barg yuzasining proyektiv qoplami qanchalik tóliq bólsa, ósimliklarning yashil massasi qanchalik kóp bólsa, ular tuproqni eroziyadan shunchalik yaxshi himoya qiladi.
Shu boisdan ekinlarni parvarishlash agrotexnikasi: ekishning maqbul me’yorlarini qóllash, qatorlar orasi kengligi, ekishning tóg’ri yónalishi, óg’itlar solish va ósimliklarning rivojlanishiga kómaklashadigan boshqa usullar katta ahamiyatga ega.
Respublikamizning kópgina chól va tekislik-tog’ etaklari, adirli va tog’ mintaqalaridan iborat mótadil iqlim poyasida joylashgan. Mintaqalar doirasida iqlim va tuproq sharoitlaridagi katta farq ósimliklar qoplamining xususiyati va yerlarning ózlashtirilishi darajasi bilan bog’liq.

Yüklə 109,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə