Mavzu: Insonning bioijtimoiy mavjudotga aylanishida ma’naviyatning o‘rni. Tekshirdi: D. O’rinboyev Bajardi: J. Bobonazarov reja



Yüklə 217,78 Kb.
səhifə1/6
tarix22.03.2024
ölçüsü217,78 Kb.
#180352
  1   2   3   4   5   6
Bobonazarov Jo‘rabek



Mavzu: Insonning bioijtimoiy mavjudotga aylanishida ma’naviyatning o‘rni.


Tekshirdi: D.O’rinboyev
Bajardi: J. Bobonazarov


REJA:
I.Kirish………………………………………………………………………. 3-bet
II.Asosiy qism.
1. Insonning bioijtimoiy mavjudotga aylanishida ma’naviyatning o‘rni........... 5-bet
2. Ma'naviyatning jamiyat hayotidagi o'rni. .................................................... 19-bet
3. Insonning ma'naviy madaniyati va ma'naviy hayoti.................................... 29-bet
3. Yangi insonni shakllanishida ma’naviyatning o’rni………………………39-bet
III. Xulosa ………………………………………………………………….. 44-bet
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………… 46-bet

KIRISH
Inson – tabiatning, barcha mavjudotning gultoji deyilganda uning ushbu xislati, ya'ni yuksak ma'naviyat egasi bo‘la olish imkoniyati nazarda tutiladi. Bu imkonni boshqa jonzotlarda ko‘rmaymiz. Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma'naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag‘ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta'minlanish bilan kifoyalanish – ongsiz va ruhsiz mahluqotlarga xos. Ma'naviyatga intilish esa ruh va ong egasi bo‘lmish odamzotgagina xos fazilatdir. Ma'naviyat odamning aqliy va ruhiy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir.
“Ma’naviyat” ko‘p qirrali tushuncha. U insonning zoxiriy va botiniy jihatlarini o‘zida qamrab oladi. SHu bois, uning mohiyati, predmeti, tushunchalari va rivojlanish qonuniyatlariga bag‘ishlanib respublikamiz ziyolilari o‘rtasida qizg‘in munozaralar olib borilmoqda.
“Ma’naviyat” tushunchasiga ilmiy, falsafiy, adabiy, axloqiy yoki oddiy tilda ifodalanadigan ko‘plab ta’riflarni keltirish mumkin. SHu nuqtai nazardan qaralganda, olimlarimiz tomonidan tayyorlangan ilmiy maqolalar, risolalar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlarda “Ma’naviyat” tushunchasi va uning tamoyillariga o‘ziga xos izoh va ta’riflar berib kelinmoqda. Bunga sabab “Ma’naviyat” tushunchasi keng ma’noda jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o‘zida to‘la mujassam etgan ijtimoiy-ma’naviy hodisa ekanligidir.1
Aslida ma’naviyat – insonni jamiki boshqa mavjudotlardan ajratib turadigan eng baquvvat ma’naviy-ruhiy omil hisoblanadi. Inson – tabiatning, barcha mavjudotning gultoji- deyilganda uning ushbu xislati, ya’ni yuksak ma’naviyat egasi bo‘la olish imkoniyati nazarda tutiladi. Bu imkonni boshqa jonzotlarda ko‘rmaymiz.
Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag‘ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta’minlanish bilan kifoyalanish – ongsiz va ruhsiz mahluqotlarga xos. Ma’naviyatga intilish esa ruh va ong egasi bo‘lmish odamzotgagina xos fazilatdir. Ma’naviyat odamning aqliy va ruhiy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir.
Ma’naviyat juda keng qamrovli tushuncha bo‘lganligi uchun ham, yuqorida ta’kidlaganimizdek uni bir jumlada ifodalash nihoyatda mushkul.
Ma’naviyat ko‘proq inson qalbiga, botiniy dunyosiga qaratilganligi bilan ajralib turadi. SHu ma’noda ma’naviyat inson qalbidagi ilohiy bir nur sanaladiki, bu ilohiy nur hech bir jonzotda yo‘q. Ma’naviyat shunday sehrli tilsimki, uni tugal echishga bashar qudrati etmaydi. SHunday ekan, «ma’naviyat» tushunchasiga bir yo‘la mukammal ta’rif berish murakkab hisoblanadi.
Unga ta’rif berishda Prezidentimiz Islom Karimovning nazariy qarashlariga, milliy qadriyatlarimizni, tarixiy va madaniy-ma’naviy merosimizni tiklash borasidagi amaliy faoliyatlariga tayanishimiz, uni o‘zimiz uchun dasturulamal qilib olishimiz maqsadga muvofiq. YUrtboshimiz «YUksak ma’naviyat- engilmas kuch” asarida insonni inson qiladigan, uning ongi va ruhiyati bilan chambarchas bog‘langan bu tushuncha har qaysi odam, jamiyat, millat va xalq hayotida hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan o‘rin tutishligini uqtirib: «Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon – e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”2 deb ta’riflagan edilar. Bu ta’rifda inson faoliyatining barcha ma’naviy qirralari qamrab olingan bo‘lib, biz bundan buyon ma’naviyat haqida so‘z yuritganimizda unga metodologik asos sifatida tayanamiz.



Yüklə 217,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə