Mavzu: Insonning bioijtimoiy mavjudotga aylanishida ma’naviyatning o‘rni. Tekshirdi: D. O’rinboyev Bajardi: J. Bobonazarov reja


Yangi insonni shakllanishida ma’naviyatning o’rni



Yüklə 217,78 Kb.
səhifə5/6
tarix22.03.2024
ölçüsü217,78 Kb.
#180352
1   2   3   4   5   6
Bobonazarov Jo‘rabek

4. Yangi insonni shakllanishida ma’naviyatning o’rni.
Jamiyatning taraqqiyoti uni harakatlantiruvchi kuchiga bog‘liq. Jamiyatni harakatlantiruvchi kuch esa –xalq. Xalq tafakkurini, umuman dunyoqarashini o‘stirmasdan, o‘zgartirmasdan ma’rifatni yuksak pog‘onaga ko‘tarmasdan turib yuksak ma’naviyatga erishish mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 26 martda imzolagan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida “ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish” kabi o‘ta dolzarb vazifalar belgilab berilgan.
Mamlakat taraqqiyoti birinchi galda yoshlarga bog‘liq. Yoshlarni aql-idrokli, bilimli, oriyatli, did-farosatli qilib tarbiyalashimiz shart. Yoshlar tarbiyasida, avvalo, oila mas’ul. Ko‘pincha ota-onalar o‘z ayblarini maktabga ag‘daradi. Holbuki, maktabning birinchi galdagi vazifasi bolaga bilim berishdir. Bolani shaxs sifatida shakllanishi oilaga bog‘liq.
Davr oila oldidagi vazifalarni yanada takomillashtirish lozimligini ko‘rsatmoqda. Yangi turmush tarzini shakllantirishda ma’naviyatning roli beqiyos. Qaror Yangi O‘zbekistonni yangi yoshlari dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiladi.
Xalqimiz – qadimdan yuksak ma’naviyatli millat sifatida tanilgan. Butun dunyo xalqlariga o‘z bilimi, e’tiqodi, mardligi, vatanparvarligi, oilaparvarligi, tarbiyachiligi bilan o‘rnak bo‘lib kelganligi tarixiy haqiqat.
Qadimdan xalqimiz – oilaparvar bo‘lgan. Oila – muqaddas. Oila – ma’naviyatlilikni shakllantirish vositasidir.
Qarorda “2021-2023 yillarda Ma’naviyat va ma’rifat maskanlarini barpo etish” vazifasi belgilangan. Har bir tuman, qishloq markazlarida Ma’naviyat va ma’rifat maskanlarini barpo etish bu yoshlar dunyoqarashini o‘zgartirishiga, milliy urf-odatlarimizni, milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga o‘rgatishi shubhasiz. Shu bilan birgalikda har bir mahalla guzarlarida, har bir tashkilot binosida ziyo maskani “Ma’naviyat va ma’rifat” xonalari tashkil etilsa bu xonada Qarorda “2021-2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimining tegishli ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga bakalavriat bosqichida “Ma’naviyatshunoslik”, magistratura bosqichida “Kasbiy ma’naviyat” fanlari kiritilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Davlatimiz rahbarining 2021 yil 19 yanvardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytgan “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir”, degan fikri mamlakatimizdagi barcha rahbarlarni, ayniqsa, ziyolilarni yanada hushyor torttirdi. Demak, jamiyatda ma’naviyatning roli, ahamiyati beqiyos.
Ma’naviyatlilikni shakllantirish nafaqat bog‘cha, maktab, kollej, litsey, oliy o‘quv yurtlari oldidagi vazifalar emas, balki butun insoniyat oldidagi insoniy mas’uliyatdir.
“Ma’naviyatshunoslik” fanida Markaziy Osiyo mutafakkirlari ilmiy meroslarini, Axloq, Nafosat, Mantiq fanlarini ham qamrab olsa yaxshi bo‘ladi. Avvalo bu insoniylikni shakllantiradigan fanlar alohida-alohida o‘qitilsa yanada yaxshiroq, foydaliroq bo‘lardi.
Ma’naviyatlik insonga xos. Demak, insonlarni, ayniqsa, Yangi O‘zbekistonni yangi yoshlari yuksak ma’naviyatli, yuksak bilimli, yuksak didli, yuksak farosatli, yuksak aqlli, bilimli, yetuk mutaxassis bo‘lishi zarur.
Qaror Uchinchi Renessans poydevorini bunyod etishga xizmat qiladigan eng muhim hujjatdir.
Endigi asosiy vazifa esa qarorni barcha bandlarini vijdonan bajarish uning mazmun-mohiyatini xalqqa yetkazishdir.
Buning uchun ma’naviyat muallimi, faylasufdan farqli o‘laroq, o‘z mulohazalarini sof mantiqiy mulohazalar tarzida emas, balki ma’naviy merosga, bu sohada ajdodlarimiz erishgan beqiyos yutuqlarga asoslangan holda olib boradi, ya’ni bu fan, ma’lum ma’noda, tarixiy-nazariy fandir. Uning teranligi va ko‘lami ajdodlarimizning ming yillar davomida to‘plagan yaxlit tarixiy-ma’naviy tajribasi bilan belgilanadi, shu bilan birga xalq donishmandligining turli suratlarda. zuhur etishi ham undagi nazariy xulosalarning manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
Milliy ma’naviyat o‘tmishnigina emas, ham bugun, ham kelajakni o‘zida mujassam etadi. Buning uchun uning manbayi sifatida biz faqat ajdodlarimizning yozma merosiga tayanib qolmay, balki ushbu merosdan anglaganimizni bir paytning o‘zida xalqning tirik xotirasi bilan, uning ma’naviy qadriyatlari bilan qiyoslab, ularning uyg‘un jihatlariga e’tibor qaratishimiz lozim bo‘ladi. SHu bilan birga tarix tajribasi va sinovlaridan o‘tgan qiymatlarni umumbashariy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirib, hozir va kelajak uchun ahamiyati nuqtai nazaridan baholash ko‘zda tutiladi. Xullas, milliy ma’naviyat nazariyasi voqelikni faqat ong bilan, aql bilan tushunib etish tajribasiga emas, Haqiqatni anglab etishning barcha vositalari, e’tiqod, ibrat, taqvo, riyozat, irfon, mehr, did-farosat, amaliy yaratuvchilik faoliyatining barcha turlariga e’tibor qaratib, millatning barcha amaliy va nazariy tajribasini o‘rganishga intiladi, ushbu tajribani ongli o‘zlashtirishda har bir insonga ko‘maklashadi, maqsad bitta, ko‘ngil ko‘zgusiga sayqal berishda har bir shaxsga iloji boricha yordam berish.
Inson ruhida tabiatga nisbatan, o‘zgalarga nisbatan mehr va adolat tuyg‘ulari shakllanishiga uning moddiyligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan nafsi ammorasi, ya’ni g‘aflat, shahvat va kibr kabi qusurlar doimo xalaqit berib turadi, shuning uchun har bir kishi hayotga, o‘z faoliyatiga sergak boqishi lozim. Ushbu illatlar har bir inson fitrati bilan bog‘liq bo‘lgani tufayli inson moddiy mavjudot sifatida tirik ekan, ulardan butkul qutulish umidi xom xayol, faqat ulami muvozanatlovchi kuch kerak. Ayni shu kuch ma’naviyatdir.
1999-yil 14-aprel kuni ochilgan Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 14-sessiyasida «O‘zbekiston 21 asrga intilmoqda» deb nomlangan ma’ruzasida Prezident I.Karimov mamlakatimizni yangi asr arafasi va uning dastlabki yillaridagi rivojlanish strategiyasini belgilab berar ekan, «jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish»ni ustuvor yo‘nalishlardan ekanligini alohida ta’kidlab, ma’naviyatga mukammal ta’rif berish bilan birga bu sohada bugungi kunda oldimizda turgan eng muhim masalani ham aniq ko‘rsatib o‘tdi: "Erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda, biz o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak»38. SHu ma’noda har bir inson ruhida Borliq haqiqati bilan uyg‘unlik hosil etishga har taraflama ko‘maklashish "Milliy ma’naviyat asoslari" fanining asosiy maqsadi bo‘lib qoladi.
"Milliy ma’naviyat asoslari" mustaqillikkacha maxsus fan sifatida biror o‘quv yurtida o‘qitilgan emas va bu sohaga etarli e’tibor ajratilgan emas. "Ma’naviyat" tushunchasi faqat ba’zi hollarda "madaniyat" tushunchasining tarkibida "ma’naviy madaniyat" ("duxovnaya kultura") sifatida olib qaralgan. Bugungi kunda bu masalaga yangicha qarash shakllanib kelmoqda. Bu qarashga binoan ma’naviyat moddiy ehtiyojlar hosilasi sifatida emas, inson va jamiyat hayotining asosini tashkil etuvchi mustaqil uch yo‘nalish (iqtisod, siyosat, ma’naviyat)ning biri sifatida olib qaralmoqda. SHunday yondoshuvdan kelib chiqqanimizda, aksincha, "madaniyat" inson ma’naviy faoliyatining hosilasi, boshqa so‘z bilan aytganda, inson ma’naviyatining moddiy voqelikdagi izlari sifatida namoyon bo‘ladi. "Milliy ma’naviyat asoslari" fani dasturiy tizimini belgilashda ushbu yangicha yondoshuvga tayanildi.
Har bir mustaqil millat o‘z hayot tarzini, kelajagini ajdodlarning tarixiy tajribasi va jahondagi ilg‘or tamoyillar uyg‘unligi asosiga qursa, yanglishmaydi. Bunday mustaqil rivojlanish yo‘li istiqlolning dastlabki yillaridan e’tiboran O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov tomonidan ishlab chiqildi va o‘tgan yillar mobaynida izchil amalga oshirib kelinmoqda.
Ma’naviyat insondagi yaratuvchilik qudratidir, insonda shu qudratni uyg‘otish va harakatga keltirishga muvaffaq bo‘linsa, barcha ulug‘vor rejalarni amalga oshirish uchun voqe imkon vujudga keladi. Masalaga bugungi jahon taraqqiyotining ilg‘or tamoyillari darajasida yondoshilsa, milliy ta’limning eng muhim vazifasi ham ana shu imkonni shakllantirish, ya’ni yosh avlod ruhida yaratuvchilik qudratini uyg‘otib, uni bashariyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muayyan o‘zanlar sari yo‘naltira bilish bilan belgilanadi.
Ma’naviyat poydevori baquvvat bo‘lmasa, unday insonning butun g‘ayrati, jo‘shqin faoliyati, oxir natijada, xalq va vatan uchun, bashariyat kelajagi uchun, qolaversa, uning o‘z shaxsi uchun qanday xulosaga olib keladi, aytish qiyin. Imom G‘azzoliy o‘z davrida bekorga aytmaganlar. "SHuni bilsinlarki, odamzodni azbaroyi o‘yin uchun yaratmishlar, aning amali ulug‘dir va uning uchun buyuk xatar bordir". Ana shu "ulug‘ amal" va "buyuk xatar" oralig‘ida yo‘nalishni to‘g‘ri belgilab olmoq ko‘p jihatdan ma’naviy ogohlik va kamolotga bog‘liq. "Milliy ma’naviyat asoslari" fanini o‘qitish jarayonida asosiy e’tibor ushbu "ma’naviy ogohlik" masalasiga qaratiladi, shu bosh maqsaddan kelib chiqqan holda, imkon darajasida yosh avlodni milliy ma’naviyatimizning asosiy tamoyillari, uning mingyillik ildizlari, takomil bosqichlari, bosh qadriyatlari va tayanch nuqtalari, kelib chiqish manbalaridan ogoh etiladi.

XULOSA
Inson mohiyatini tushunishga nafaqat falsafa, balki din ham katta ta'sir ko'rsatdi. Ko'pgina zamonaviy olimlarning fikricha, inson tabiiy va ijtimoiy organik birlik, ammo uning mohiyati ancha ijtimoiydir. Uning jismoniy va ma'naviy tashkiloti tufayli inson ijodkorlik, ongli faoliyat, maqsadga muvofiq harakatlar va axloqiy mas'uliyatga qodir insonga aylanadi. U dunyoni hislar bilan idrok etish va bilish qobiliyatiga ega, ammo yaxshilik va yomonlik tushunchalariga muvofiq harakat qiladi.
Inson jamiyatda mavjud bo'lib, ijtimoiy turmush tarzi uning hayotidagi ijtimoiy, biologik bo'lmagan qonuniyatlarning rolini oshiradi. Ishlab chiqarish, siyosiy, ma'naviy faoliyat - bu tabiatdan farqli o'laroq, o'z qonunlariga binoan rivojlanadigan sof ijtimoiy hodisalar. Ong tabiiy boylik emas, tabiat buning uchun faqat fiziologik asos yaratadi. Ongli aqliy fazilatlar tarbiyalash, o'qitish, tilni, madaniyatni o'zlashtirish natijasida shakllanadi.
Inson faoliyati maqsadga muvofiq, u ongli-irodali xarakterga ega. Odamlar o'zlarining xatti-harakatlarini modellashtirishadi va turli xil ijtimoiy rollarni tanlashadi. Ular o'zlarining harakatlarining uzoq muddatli oqibatlarini tushunish qobiliyatiga ega. Hayvonlar sifatli tub o'zgarishlarni amalga oshira olmaydi, ular o'zlarining hayot tarzini belgilaydigan atrofdagi dunyoga moslashadilar. Inson haqiqatni doimiy ravishda o'zgarib turadigan ehtiyojlaridan kelib chiqib o'zgartiradi, ma'naviy va moddiy madaniyat dunyosini yaratadi.
O‘tmish avlodlar yaratgan madaniy yodgorliklarning hammasi ham madaniy meros bo‘lavermaydi, chunki o‘tmishdan qolgan narsalarning hammasi ham qadriyat ahamiyatiga ega bo‘lavermasligi hammamizga ma’lum. Masalan, SHo‘rolar davrida yaratilib, uning siyosati, mafkurasini targ‘ib etgan, endilikda o‘z umrini yashab o‘tgan kitoblarning bugun uchun ham, kelajak uchun ham qadriyati, ahamiyati yo‘q. To‘g‘ri, ular meros, lekin madaniy meros emas, ularni tarixiy fakt sifatida saqlab qo‘yish mumkin.
YUqoridagilardan kelib chiqib, madaniy meros deb, o‘tmish avloddan keyingi avlodga vorislik asosida qoldirilgan, zamonda barqarorlik sinovidan o‘tgan, saralangan, insoniyatning hozirgi va kelgusi taraqqiyotiga xizmat qiladigan moddiy va ma’naviy madaniyat majmuiga aytishimiz mumkin.
Kishilikning har bir avlodi ajdodlari tomonidan yaratilgan madaniy boyliklarni meros sifatida qabul qilib oladi. Tarixiy vorislik – jamiyat va uning madaniyati ravnaqi shartidir. Ming afsuslar bo‘lsinkim, SHo‘rolar davrida madaniy merosga to‘g‘ri munosabatda bo‘linmadi. «Boy-yu zamindorlarga, hokim sinf tabaqalariga xizmat qilgan o‘tmish madaniyatining bizga keragi yo‘q, yangi proletar (yo‘qsil) madaniyatni yaratamiz» degan shior ostida sobiq Sovet Ittifoqi xalqlarining, jumladan o‘zbek xalqining moddiy va ma’naviy madaniyatiga qiron keltirildi, saroylar, masjid va madrasalar buzib tashlandi, qarovsiz xaroba holiga keltirildi, nodir asarlar yondirildi. Bu siyosat tufayli madaniy merosimiz toptaldi.
Madaniy merosda ko‘proq umumiylik ustunlik qilsa, ma’naviy merosda xususiylik ustunlik qiladi. Madaniy meros umuman madaniyat yutuqlarini o‘z ichiga qamrab olsa, ma’naviy meros ma’naviy madaniyat yutuqlarini o‘z ichiga qamrab olishi bilan farqlanadi. Madaniy merosning qadri abadul – abad tushmaydigan qismiga milliy qadriyat deyiladi. Ma’naviy boyliklar avloddan avlodga, bir tuzumdan ikkinchi tuzumga meros sifatida o‘tadi va jamiyat, uning ma’naviy taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviy meros deb uzoq va yaqin o‘tmishdagi, hozirgi davrdagi ma’naviy jihatdan g‘oyat qimmatli, o‘chmas iz qoldiradigan, mangu yashaydigan, butun ijtimoiy manfaati va ehtiyojiga, ezgulikka xizmat qiladigan umuminsoniy ma’naviy boyliklarga aytiladi. Ma’naviy meros ma’naviy qadriyat sifatida namoyon bo‘lib, unga ilm-fan, jumladan falsafa, adabiyot, san’at, axloq, diniy va dunyoviy ta’limotlar, hurfikrlik va boshqalar kiradi.


Yüklə 217,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə