Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]



Yüklə 149 Kb.
səhifə1/21
tarix12.06.2023
ölçüsü149 Kb.
#116805
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
404 15.05.2019




[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.04.00 Davlat moddiy zaxirasi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida
REja:


1. Umumiy qoidalar


2. Agentlik tuzilmasi


3. Agentlikning vazifalari va funksiyalari


4. Agentlik va uning tuzilmalarining huquqlari hamda javobgarligi


5. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari


KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2019-yil 14-yanvardagi PQ-4112-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlashga ham sarflanishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlashga oid normalar mazkur Agentlik tashkil etilgan sanadan boshlab tadbiq etiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. G‘aniyev, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.Y. Xaydarov zimmasiga yuklansin.

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə