Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]



Yüklə 149 Kb.
səhifə4/21
tarix12.06.2023
ölçüsü149 Kb.
#116805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
404 15.05.2019

Oldingi tahrirga qarang.
o‘ziga mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) funksiyalarini amalga oshirish uchun berilgan davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi a’zoligiga, shuningdek, ijroiya organga (rahbar va rahbar o‘rinbosarlariga) nomzodlar ko‘rsatish;
xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislari kun tartibi masalalari yuzasidan ovoz berish siyosati bo‘yicha ishonchli boshqaruvchilarga, ularning kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylangan a’zolariga va ishonchnoma berilgan Agentlik vakillariga tegishli ko‘rsatmalar beradi;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy majlisida ishtirok etish uchun o‘zining vakillariga ishonchnomalar beradi;
xo‘jalik jamiyatlari, shu jumladan chet eldagi, boshqaruv organlarida o‘ziga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlar) bo‘yicha aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini ifoda etadi;
zarurat bo‘lganda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarga murojaat qilish, shu jumladan yuqori malakali mutaxassislarni yollash orqali aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi;
ilg‘or xorijiy tajriba asosida davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv shakl va usullarini joriy qilish, ularni boshqarishda kuzatuv kengashi va aksiyadorlarning rolini tubdan oshirish sohasida:
aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar va kuzatuv kengashlarining rolini tubdan oshirishga, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari yuzasidan ijro etuvchi organlarning aksiyadorlar oldidagi javobgarligini kuchaytirishga yo‘naltirilgan korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylanadigan a’zolariga malakaviy talablarni belgilaydi;
ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritadi;
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining ijro etuvchi organi va kuzatuv kengashining korporativ boshqaruvning sifatli tizimini joriy etish bo‘yicha hisobotlarini vaqti-vaqti bilan eshitishni tashkil etadi;
korporativ boshqarish tizimini takomillashtirish va xo‘jalik jamiyatlarida davlat ulushini boshqarish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ushbu yo‘nalishda xorijiy, xalqaro institutlar va kompaniyalar bilan samarali ishlashni tashkil etadi;
davlat ishtirokidagi korxonalarni, shu jumladan xalqaro moliya institutlari tavsiyalari asosida bosqichma-bosqich ichki va tashqi bozorlarda raqobatlasha oladigan, samarali korxonalarga aylantirishga ko‘maklashish sohasida:
xo‘jalik jamiyatlarini samarali boshqarishni ta’minlash uchun ularni korporativ boshqaruvning eng ilg‘or tajribasini joriy etish ishlarini olib boradi;
soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga boshqa to‘lovlar, davlat maqsadli fondlari, ish haqi va dividendlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlik hosil bo‘lganda, shuningdek, ketma-ket ikki chorak mobaynida biznes-rejaning asosiy parametrlari bajarilmagan taqdirda, xo‘jalik jamiyatining ijro etuvchi organi bilan mehnat munosabatlarini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani jamiyatning kuzatuv kengashi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga kiritadi;
korporativ boshqaruvni rivojlantirish va rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasini joriy etish yo‘li bilan davlat aktivlarini samarali boshqarish, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining menejmenti, xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylangan a’zolari, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari bilim va ko‘nikma darajasini oshirish bilan bog‘liq seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;
davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatining samaradorligi va shaffofligini ta’minlash, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirish, yuqori daromadlilik va kapitalizatsiyani oshirish, sohasiga kirmaydigan va foydalanilmayotgan aktivlarini chiqarib tashlashga qaratilgan rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlashni muvofiqlashtirish sohasida:
davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tamoyillar va qoidalar asosida tavsiyalar ishlab chiqadi;
davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlarini bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor etilishini ta’minlaydi;
davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini, shu jumladan ularning daromadlarini va kapitallashuv darajasini oshirish choralarini ko‘radi;
davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari aktivlarini xatlovdan o‘tkazishni tashkil etadi va ulardan samarali foydalanish choralarini ko‘rishda ishtirok etadi;

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə