Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Yüklə 149 Kb.
səhifə2/21
tarix12.06.2023
ölçüsü149 Kb.
#116805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
404 15.05.2019

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi to‘g‘risida
nizom
Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.
2. Agentlik:
davlat aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish, davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, bankrotlik, baholash va rieltorlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va hisobot beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining barcha huquqlari, majburiyatlari va davlat, shu jumladan chet eldagi aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish (shu jumladan davlat ulushlarini sotish), davlat aktivlarini ijaraga berish, xo‘jalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni joriy etish, iqtisodiy nochor xo‘jalik jamiyatlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish, bankrotlik, baholash faoliyatida davlat tomonidan tartibga solish va mulkni baholash standartlarini tasdiqlash bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
“O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi” DUKning barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
3. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
5. Agentlik, Agentlikning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan hududiy boshqarmalari va uning tarkibiga kiradigan idoraviy mansub tuzilmalari yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi bank hisobraqamlariga egadirlar.
6. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, qisqartirilgan nomi — Davlat aktivlari agentligi;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Agentstvo po upravleniyu gosudarstvennimi aktivami Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agentstvo po gosaktivam;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — The State Assets Management Agency of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — State Assets Agency.
7. Agentlikning joylashgan eri (pochta manzili): Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 6-uy.



Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə