Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]


Agentlikning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi



Yüklə 149 Kb.
səhifə14/21
tarix12.06.2023
ölçüsü149 Kb.
#116805
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
404 15.05.2019

Agentlikning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi
40. Agentlik o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
41. Agentlikning hududiy boshqarmalari o‘z vakolati doirasida boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Agentlikning hududiy boshqarmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik qiladi.
42. Agentlikning faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari hamda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri mutasaddilik qiladi.
Agentlikning hay’ati, boshqa kengash, maslahat, ekspert organlari
43. Agentlikda direktor, (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek, uning faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy tuzilmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Hay’at tarkibining soni va shaxsiy tarkibi direktorning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
44. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Agentlik faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
qonun hujjatlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Agentlik tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rgan holda, tarkibiy va hududiy tuzilmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlarini muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
tizimli ravishda Agentlik faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam ko‘rib chiqish;
Agentlik faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishni ta’minlagan holda, Hay’atning kengaytirilgan, shu jumladan joylarda sayyor majlislarini o‘tkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Agentlik markaziy apparati va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Agentlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqish;
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xodimlarni uy-joy sotib olishlari uchun imtiyozli moliyalashtirish masalalarini ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Agentlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at Agentlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishga haqlidir.
45. Hay’at majlisiga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.
46. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
47. Hay’at qarorlari direktorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
48. Direktor va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, direktor yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga o‘z fikrini xabar qilishi mumkin.
49. Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.
50. Agentlikda kengash, maslahat va ekspertlik organlari tuzilishi mumkin.
51 Agentlik huzurida tuziladigan kengash, maslahat va ekspertlik organlari tarkibi va ular to‘g‘risidagi nizomlar direktor tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan hollar bundan mustasno.

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə