Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]


Agentlik rahbarlarining javobgarligi



Yüklə 149 Kb.
səhifə12/21
tarix12.06.2023
ölçüsü149 Kb.
#116805
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
404 15.05.2019

Agentlik rahbarlarining javobgarligi
26. Agentlik direktori:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 22-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
27. Direktorning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari:
Agentlikning o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarida Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Agentlikning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 23-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
28. Markaziy apparat tarkibiy tuzilmalari rahbarlari:
tegishli tarkibiy tuzilmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;
ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Agentlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 24-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
29. Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari rahbarlari:
hududiy boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
hududiy boshqarmalarning ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 25-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Agentlik faoliyatini tashkil etish
Agentlik rahbariyati
30. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
31. Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
32. Direktor, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari maqomi, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish shartlari bo‘yicha tegishli ravishda vazir, vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
33. Direktor bo‘lmagan vaqtda, uning vakolatlari direktorning birinchi o‘rinbosari tomonidan, u bo‘lmagan vaqtda esa direktor buyrug‘iga asosan boshqa o‘rinbosar tomonidan amalga oshiradi.
34. Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlari lavozimga Agentlikning direktori tomonidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlari lavozimdan direktor tomonidan ozod etiladi.
Agentlikning tarkibiy tuzilmalari rahbarlari direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, qonun hujjatlari bilan belgilangan hollar bundan mustasno.
35. Agentlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari to‘g‘risidagi nizom direktor tomonidan tasdiqlanadi, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa.



Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə