Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]


Agentlik markaziy apparatining xuquqlari va javobgarligiv



Yüklə 149 Kb.
səhifə10/21
tarix12.06.2023
ölçüsü149 Kb.
#116805
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
404 15.05.2019

Agentlik markaziy apparatining xuquqlari va javobgarligiv
18. Agentlik markaziy apparati o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalaridan Agentlikning markaziy apparatida ko‘rib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur bo‘lgan materiallar hamda ma’lumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni so‘rash va olish;
2) Agentlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlash, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur bo‘lganda, Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari rahbarlari hamda vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil etish;
3) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalaridan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur bo‘lganda, ularni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarish;
4) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
5) tezkor hal etilishi lozim bo‘lgan va Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
6) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarining qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Agentlik va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini o‘rganish va belgilangan tartibda tekshirish;
7) Agentlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;
8) Agentlik Hay’ati qarori bilan Agentlikka berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlari) bo‘yicha aksiyador (ishtirokchi) huquqini amalga oshirish uchun ularni hududiy boshqarmalarga qo‘shimcha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilmasdan berish yoki hududiy boshqarmalardan shu tartibda Agentlikka olish;
9) Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘larini belgilangan tartibda shakllantirish va ulardan foydalanish;
10) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Agentlik tomonidan tartibga solinadigan sohadagi masalalar mavzusida noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
11) hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tuzilmalar tomonidan qabul qilingan qarorlarni bekor qilish, to‘xtatib turish (to‘liq yoki qisman) yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
12) mustaqil tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan Agentlik direktorining buyrug‘i asosida belgilab berilgan masalalar yuzasidan chiqish xatlariga imzo quyish.
Agentlik markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
19. Agentlik markaziy apparati:
1) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
2) Agentlik markaziy apparati bo‘linmalarining Agentlik faoliyatiga tegishli prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlashga doir ishini tashkil etish;
3) Agentlik tomonidan ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek Agentlik qabul qiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan utkazish;
4) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;
5) fukarolar va tabirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya kilinishini ta’minlash uchun javobgardir.

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə