Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]


Jamg‘armaga kelib tushgan mablag‘larni taqsimlash va ulardan foydalanish



Yüklə 149 Kb.
səhifə18/21
tarix12.06.2023
ölçüsü149 Kb.
#116805
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
404 15.05.2019

Jamg‘armaga kelib tushgan mablag‘larni taqsimlash va ulardan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
6. Jamg‘armaga mazkur Nizom 3-bandining “b” kichik bandiga muvofiq kelib tushgan mablag‘larni taqsimlash quyidagi nisbatlarda amalga oshiriladi:
a) mablag‘larning (ushbu bandning “b” — “d” kichik bandlari bundan mustasno):
87 foizi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
10 foizi — Jamg‘armaga;
3 foizi — Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga;
b) hududi 10 000 kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari (bundan ushbu bandning “v” kichik bandi mustasno), shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari asosida sotiladigan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotishdan tushadigan mablag‘lar:
90 foizi — tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga hamda obyekt joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetiga teng ulushlarda;
10 foizi — Jamg‘armaga;
v) mahalladagi hududi 2 000 kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan sotishdan tushadigan mablag‘lar tegishli mahallalarning Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armalariga;
g) xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan davlat aktivlarini (bundan ushbu bandning “b” kichik bandi mustasno) sotishdan tushgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamg‘armasiga;
d) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara yoki mulk huquqini sotishdan tushgan mablag‘larni taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7. Davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘lardan davlat aktivlarini sotish bilan bog‘liq xarajatlar (baholovchi tashkilotlar, savdolar tashkilotchilari, vositachilar va depozitariylar xizmatlarini to‘lash xarajatlari) chegiriladi.
Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) bekor qilingan taqdirda avval taqsimlab, yo‘naltirilgan mablag‘lar qaytarilmaydi.
Xaridor oldida qoplanmagan qarzdorlik qismi boshqa davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qaytariladi, bunda savdo tashkilotchilari yoki vositachilarining xarajatlari qaytarilmaydi.
Davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘lar har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan tegishli mablag‘ oluvchilarning hisobvaraqlariga yo‘naltiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlarida aniq davlat aktivini sotishdan tushgan mablag‘lar boshqa maqsadlarga to‘liq yoki qisman yo‘naltirish ko‘zda tutilgan taqdirda, mazkur Nizomning 6-bandi mablag‘larning qolgan qismiga tatbiq etiladi.
Bunda tushgan mablag‘lar nazarda tutilgan maqsadlarga:
sotib olish to‘lovlari (shu jumladan, hisoblangan taqdirda - penyalar) to‘liq to‘langandan keyin yo‘naltiriladi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat maqsadli jamg‘armalari va davlat boshqaruv organlari va/yoki budjet tashkilotlari hisobraqamlariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar bundan mustasno;
davlat aktivlarining tuzilgan va bekor qilingan oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) bo‘yicha penya va jarimalar summasi, shuningdek ushbu davlat aktivini sotish bilan bog‘liq xarajatlar (baholovchi tashkilotlar, savdolar tashkilotchilari, vositachilar va depozitariylar xizmatlarini to‘lash xarajatlari) chegirilgan holda yo‘naltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mazkur Nizomning 3-bandining “v” kichik bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar Jamg‘armaning shaxsiy hisobvaraqlarida jamlanib, taqsimlanmaydi va belgilangan tartibda foydalaniladi.
a) davlat mulkini ijaraga berishdan:
40 foiz — davlat mulkini balans saqlovchisiga;
25 foiz — tegishli mahalliy budjet daromadiga;
20 foiz — Jamg‘armaga;
15 foiz — tegishli davlat mulkini ijaraga berish markazlariga;
b) ijara to‘lovini to‘lash kechiktirilganligi uchun undirilgan penya va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarima summasidan:
50 foizi — Jamg‘armaga;
50 foizi — tegishli davlat mulkini ijaraga berish markazlariga.
Mazkur Nizomning 3-bandining “v” kichik bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar Jamg‘armaning shaxsiy hisobvaraqalarida jamlanib, taqsimlanmaydi va belgilangan tartibda foydalaniladi.
10. Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomasi (bitimi) bekor qilinganda:
mablag‘larni sotib oluvchiga qaytarish, agar sudning qarorida yoki shartnoma tomonlarining alohida kelishuvi bilan boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘langan mablag‘lardan penyalar yoki jarimalar summasini ushlab qolgan holda davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomasi (bitimi) shartlariga muvofiq amalga oshiriladi;
davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomasi (bitimi) bo‘yicha xorijiy valyutada to‘langan to‘lovlar xaridor roziligi bilan mablag‘lar qaytarilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha belgilangan tartibda milliy valyutada qaytarilishi mumkin;
xorijiy valyutada tuzilgan va to‘lov milliy valyutada amalga oshirilgan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomasi (bitimi) bo‘yicha penya yoki jarima, shartnomani (bitimni) bekor qilish to‘g‘risidagi sudning qarori kuchga kirgan kundagi, boshqa hollarda esa shartnoma (bitim) belgilangan tartibda bekor qilingan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha xorijiy valyutada hisoblanadi;
11. Mablag‘larni mazkur Nizomning 6-bandiga muvofiq taqsimlash quyidagilarni chegirgan holda amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan Jamg‘armaning umumiy mablag‘lari hisobidan bir yo‘la to‘lovlar;
belgilangan tartibda bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) bo‘yicha Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan xaridorlarga qaytarilgan mablag‘lar;
talabgorlar tomonidan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) tuzish uchun deponentlangan, lekin ular bo‘yicha shartnomalar (bitimlar) tuzilmagan va ularning egalariga qaytarilishi kerak bo‘lgan mablag‘lar;
Jamg‘armaga noto‘g‘ri tushgan va ortiqcha o‘tkazilgan, shuningdek aniqlashtirilgungacha summalar;
davlat aktivlarini sotish, shu jumladan aksiyalarni ikkilamchi ommaviy taklif qilish, Agentlik boshqaruvidagi davlatga tegishli aksiyalarga bo‘lgan huquq hisobini yuritish bo‘yicha depozitariy xizmatlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar;
Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari buyurtmalariga asosan davlat aktivlarini xususiylashtirish, davlat korxonalarini qayta tashkil etish, davlat aktivlarini xo‘jalik jamiyatlariga operativ boshqarish huquqi bilan va ustav fondiga berish maqsadida hamda davlat manfaatlarini ko‘zlab boshqa hollarda baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar;
yuridik shaxslarning aksiyalari (ulushlari, paylari)ni, shuningdek boshqa aktivlarni davlat manfaatlarini ko‘zlab sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar;
davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining boshqaruv organlari manfaatlarini ifodalovchi davlat vakillari – jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar;
sud qarorlari asosida amalga oshirilgan xarajatlar.
12. Jamg‘armaning tasarrufida qolgan mablag‘lar quyidagilarga sarflanadi:
davlat aktivlarini boshqarish, transfarmatsiya va xususiylashtirish bilan bog‘liq tadbirlarni (simpoziumlar, konferensiyalar, forumlar, seminarlar, trening va o‘quv kurslari, tashriflar, aksiyalar, ko‘rgazma va tanlovlar, ommaviy axborot vositalarida chiqish va yoritishlar va boshqalarni) o‘tkazishga;
xo‘jalik jamiyatlarini xususiylashtirishdan oldin tayyorlashga;
ilmiy-tadqiqot, auditorlik, moliyaviy, konsalting xizmatlari, boshqa mahalliy va xorijiy tashkilotlar, amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha mustaqil ekspertlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, uslubiy hujjatlar, davlat aktivlarini oldindan sotishda mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy va konsalting tashkilotlarini jalb qilishga – Davlat mulkini sotish yuzasidan tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan shartlarga va mezonlarga muvofiq jalb etilgan taqdirda;
xususiylashtirishdan oldin chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Agentlik tomonidan aksiyalari (ulushlari) boshqariladigan xo‘jalik jamiyatlariga foizsiz qarz (zayom) mablag‘larini ajratishga;
Agentlikning ma’muriy va boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni, shu jumladan, davlat aktivlari elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish xarajatlariga;
Agentlik va uning idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlashga, shu jumladan, ular tomonidan uy-joy sotib olishlari uchun imtiyozli moliyalashtirishga, shuningdek, Agentlik rahbarlari va mutaxassislarini o‘qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga, shuningdek Agentlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarga.
Bunda, ushbu bandning ikkinchi, to‘rtinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida ko‘zda tutilgan xarajatlarga mablag‘, Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi hamda ushbu xarajatlar Agentlik direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Nizomga asosan amalga oshiriladi.
13. Jamg‘armaning joriy moliya yili yakuni bo‘yicha qoldiq mablag‘lari olib qo‘yilmaydi va keyingi yilga o‘tadi.

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə