Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]


Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish



Yüklə 149 Kb.
səhifə19/21
tarix12.06.2023
ölçüsü149 Kb.
#116805
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
404 15.05.2019

Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish
14. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish Agentlik direktori tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Jamg‘arma ishchi organi Agentlikning Jamg‘armani yuritish vazifasi yuklatilgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
16. Ishchi organ:
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognozini manbalar, hududlar va choraklar bo‘yicha tayyorlaydi, uning bajarilishini tahlil qiladi va monitoringini yuritadi;
Jamg‘arma mablag‘larining tushishi va taqsimlanishi hisobini yuritadi, mazkur Nizom va qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan xarajatlarni amalga oshiradi, Jamg‘arma budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzadi.
Jamg‘arma mablag‘larining tushishi va ulardan foydalanilishi bo‘yicha hisob, hisobot va nazorat
17. Jamg‘arma mablag‘larining tushishi va taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hududiy boshqarmalar tomonidan har oyda hisobot oyidan keyingi oyning birinchi sanasidagi holatiga ko‘ra, hisobot oyining 5-sanasidan kechikmay Agentlikka taqdim etiladi
18. Jamg‘arma hisobotining daromad va xarajat qismidan quyidagilar chegirib qolinadi:
xato va ortiqcha kirim qilingan summalar, shuningdek talabgorlar tomonidan shartnomalar (bitimlar) tuzish uchun deponentlangan, lekin ular bo‘yicha shartnomalar (bitimlar) tuzilmagan mablag‘lar - ular qaytarilgan davrda;
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xato va ortiqcha o‘tkazilgan summalar — ular o‘tkazilgan davrda.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xato va ortiqcha o‘tkazilgan summalar Jamg‘armaga qaytarilishi va mazkur Nizomga muvofiq taqsimlanishi lozim.
19. Agentlik har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamg‘arma budjetining ijrosi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
20. Jamg‘armaga tushadigan mablag‘lar hisob-kitobining o‘z vaqtida olib borilishini quyidagilar ta’minlaydi:
savdo tashkilotchilari — hisob-kliring xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarga muvofiq birja savdolarida sotilgan davlat aktivlari bo‘yicha;
Agentlik va uning hududiy bosharmalari — qonun hujjatlariga muvofiq birjadan tashqari savdolarda sotilgan davlat aktivlari bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
“UzAssets” AJ investitsiya kompaniyasi — uning ustav kapitaliga berish orqali sotilgan davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni sotishdan tushgan mablag‘lar bo‘yicha;
mablag‘lar o‘tkazishga javobgar tashkilotlar — boshqa manbalar bo‘yicha.

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə