Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]


Agentlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari



Yüklə 149 Kb.
səhifə6/21
tarix12.06.2023
ölçüsü149 Kb.
#116805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
404 15.05.2019

Agentlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
11. Agentlik markaziy apparatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1) Hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tuzilmalar bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;
2) davlat aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish, davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, bankrotlik, baholash va rieltorlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvini ta’minlash va muvofiklashtirish;
3) rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish asosida davlat aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish, davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, bankrotlik, baholash va rieltorlik faoliyatini takomillashtirishni tashkil etish;
4) davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, vazirlik va idoralardan markaziy apparatda ko‘rib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni so‘rash va olish;
5) Agentlik vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish;
6) mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilish, Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida ekspert va ishchi guruhlarni tashkil qilish;
7) hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tuzilmalarni kadrlar bilan ta’minlanishini muvofiqlashtirish;
Agentlik markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
12. Agentlik markaziy apparati o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) Agentlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi;
2) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining Agentlik hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
3) Agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini hamda ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi o‘tkazilishini tashkil etadi;
4) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatini boshqarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishni amalga oshiradi;
5) Agentlik faoliyatini huquqiy ta’minlashni amalga oshiradi, shu jumladan norma ijodkorligi sohasida;
6) Agentlik vakolatiga kiruvchi tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik hamda boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
7) Agentlik vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqadi va kelishadi, shuningdek, Agentlikning normativ-huquqiy hujjatlarini qabul qiladi;
8) davlat aktivlarini samarali boshqarish, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, menejment sifatini oshirish, shuningdek xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylangan a’zolari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
9) davlat aktivlarini boshqarish masalalari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
10) tegishli idoralar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida davlat ishtirokidagi korxonalarning hisobini yuritadi;
11) ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining samarali biznes-rejalari ishlab chiqilishiga ko‘maklashadi va ularning parametrlari bajarilishi monitoringini olib boradi;
12) ishonchli boshqaruvchilarning xizmatlariga ularning faoliyati uchun belgilangan tartibda haq to‘lashni tashkil etadi;
13) xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislari kun tartibi masalalari yuzasidan ovoz berish siyosati bo‘yicha ishonchli boshqaruvchilarga, ularning kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylangan a’zolariga va ishonchnoma berilgan Agentlik vakillariga tegishli ko‘rsatmalar beradi;
14) ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy majlisida ishtirok etish uchun o‘zining vakillariga ishonchnomalar beradi;
15) xo‘jalik jamiyatlari, shu jumladan chet eldagi, boshqaruv organlarida o‘ziga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlar) bo‘yicha aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini ifodalaydi;
16) zarurat bo‘lganda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarga murojaat qilish, shu jumladan yuqori malakali mutaxassislarni yollash yo‘li bilan aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi;
17) aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar va kuzatuv kengashlarining rolini tubdan oshirishga, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari yuzasidan ijro etuvchi organlarning aksiyadorlar oldidagi javobgarligini kuchaytirishga yo‘naltirilgan korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
18) xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylanadigan a’zolariga malakaviy talablarni belgilaydi;
19) ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritadi;
20) respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining ijro etuvchi organi va kuzatuv kengashining korporativ boshqaruvning sifatli tizimini joriy etish bo‘yicha hisobotlarini vaqti-vaqti bilan eshitishni tashkil etadi;
21) korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish va xo‘jalik jamiyatlarida davlat ulushini boshqarish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
22) xo‘jalik jamiyatlarini samarali boshqarishni ta’minlash uchun ularni korporativ boshqaruvning eng yaxshi ilg‘or tajribasini joriy etish ishlarini olib boradi;
23) soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga boshqa to‘lovlar, davlat maqsadli fondlari, ish haqi va dividendlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlik hosil bo‘lganda, shuningdek, ketma-ket ikki chorak mobaynida biznes-rejaning asosiy parametrlari bajarilmagan taqdirda, xo‘jalik jamiyatining ijro etuvchi organi bilan mehnat munosabatlarini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani jamiyatning kuzatuv kengashi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga kiritadi;
24) korporativ boshqaruvni rivojlantirish va rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasini joriy etish yo‘li bilan davlat aktivlarini samarali boshqarish, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining menejmenti, xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylangan a’zolariga, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari bilim va ko‘nikma darajasini oshirish bilan bog‘liq seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;
25) davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tamoyillar va qoidalar asosida tavsiyalar ishlab chiqadi;
26) davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
27) davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor etilishini ta’minlaydi;
28) davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini, shu jumladan ularning daromadlarini va kapitallashuv darajasini oshirish choralarini ko‘radi;
29) davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari aktivlarini xatlovdan o‘tkazishni tashkil etadi va ulardan samarali foydalanish choralarini ko‘rishda ishtirok etadi;

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə