Umumiy qoidalar Departamentning asosiy vazifalari va funksiyalari Departamentning huquqlari va javobgarligi



Yüklə 37,78 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü37,78 Kb.
#164247
  1   2
1483464015 66999



IQTISODIY JINOYATLARGA QARSHI KURASHISH DEPARTAMENTI NIZOMI

REJA:

  1. . Umumiy qoidalar

  2. Departamentning asosiy vazifalari va funksiyalari

  3. Departamentning huquqlari va javobgarligi


Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb yuritiladi):
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (keyingi o‘rinlarda Bosh prokuratura deb yuritiladi) huzurida iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlari bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyati, tergovga qadar tekshiruv va surishtiruvni amalga oshiruvchi, shuningdek, mazkur jinoyatlar sodir etilishi natijasida yetkazilgan iqtisodiy zararning qoplanishini ta’minlovchi mustaqil ixtisoslashtirilgan huquqni muhofaza qiluvchi organ;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Departamentning qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
3. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining (keyingi o‘rinlarda Bosh prokuror deb yuritiladi) buyruq va ko‘rsatmalariga amal qiladi.
4. Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyani aniqlash hamda oldini olish bo‘yicha protsessual harakatlarning uzviyligi va izchilligi jinoyat ishi qo‘zg‘atishdan boshlab uni sudda ko‘rib chiqqunga qadar, Departament va uning hududiy bo‘linmalarining jinoyatlarni tergov qiluvchi hamda ular bo‘yicha sudda davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlovchi barcha darajadagi prokuratura organlari bilan o‘zaro uzviy hamkorligi va harakatlarni muvofiqlashtirish natijasida ta’minlanadi.
5. Departament tizimiga quyidagilar kiradi:
Departamentning markaziy apparati;
Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi);
Departamentning tuman (shahar) bo‘limlari.
6. Departament quyi turuvchi rahbarlarning yuqori turuvchilarga va Bosh prokurorga bo‘ysunuv va hisobdorlik asosida faoliyat ko‘rsatadi.
7. Departament o‘z vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
8. Departamentning moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar xisobidan amalga oshiriladi.
Departamentda shakllantirish va foydalanish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan budjetdan tashqari jamg‘armalar tashkil etiladi.
9. Departament yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq ochiladigan bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi.

Yüklə 37,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə