Va standartlar boʻyicha davlat standartlarni ishlab chiqish tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish Reja: va 6 Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish tartib qoidalari



Yüklə 225,79 Kb.
səhifə1/5
tarix01.10.2023
ölçüsü225,79 Kb.
#125148
  1   2   3   4   5
1 1 va 1 6 standartlar boʻyicha davlat standartlarni ishlab chiqish


1.1 va 1.6 standartlar boʻyicha davlat standartlarni ishlab chiqish tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish

Reja:

1. 1.1 va 1.6 Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish tartib qoidalari.
2. Standartlarni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
3. Texnikaviy shartlarni ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati




  1. 1.1 va 1.6 Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish tartib qoidalari.

O‘zRST 1.1 – 92 “O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. O‘zbekiston Respublikasining standartini ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi” standartiga binoan O‘zbekiston Respublikasi standarti (bundan keyin standart deb yuritiladi) standartlashtirish bo‘yicha texnikaviy qo`mitalar (bundan keyin TQ), standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlar, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, davlat, shirkat, pudratchi, aktsioner, qo‘shma korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi.
Standartni har xil tashkilotlar mutaxassislarining ishchi guruhlari tomonidan ishlab chiqishga yo‘l qo‘yiladi.
Standartning bir nechta tashkilot tomonidan ishlab chiqilishida yetakchi ishlab chiquvchi tashkilotlar (ijrochilar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi) hamkorlikda ish bajaruvchi har bir tashkilot bilan ish kulamini va muddatlarini aniqlaydi.
Standart respublika hududida kimga qarashli ekanligi va mulk shaklidan qat’iy nazar, mahsulotlarni chiqaradigan va iste’mol qiladigan hamma korxona va tashkilotlar uchun majburiydir.
Standartga kiritiladigan o‘zgarish asosiy standart uchun belgilangan tartibda majburiy kelishib olinishi, tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Standartlarning tuzilishi, mazmuni, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi GOST 1.5 – 85 ga va O’zDst 1.5-99 talablariga, texnikaviy shartlar esa O’zDst 1.2-99 ga tо‘g‘ri kelishi kerak.
О‘zbekiston Respublikasining standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va rо‘yxatga olish tartibi O’zDst 1.1-99 standartiga binoan belgilanadi.
Texnikaviy shartlar O’zDst 1.2-99 standarti bо‘yicha belgilangan tartibda ishlab chiqiladi, kelishiladi, tasdiqlanadi va rо‘yxatdan о‘tkaziladi.
Korxonlar standarti O’zDst 1.3-99 da belgilangan tartibda ishlab chiqiladi, kelishiladi, tasdiqlanadi va rо‘yxatdan о‘tkaziladi.
Davlat standartlari quyidagilarni о‘z ichiga oladi.

  1. Maxsulotning asosiy iste’mol (ekspluatasion) tavsiflarini, ularning axolining hayoti, sog’lig’i va mol mulkiga, atrof muxitga, texnika va ishlab chiqarish sanitariyasiga xavfsizligini belgilovchi talablar,

  2. Maxsulotlarning texnik va axborotli moslanuvchanligi,

o’zaroalmashuvchanligi bо‘yicha talablar;
v) maxsulotni tekshirish usullari, joylab о‘rash, markalash, transportda
tashish, saqlash, qо‘llash, tamirlash va о‘tillashtirishga bо‘lgan talablar.
g) Maxsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, sinash va undan foydalanishda, jarayonlarni bajarish va xizmat qilishda, shu jumladan texnikhujjatlarni shakllantirishda, joizlik va о‘tkazishlarda maxsulot sifatini ta’minlash umumiy qoidalari, shartli belgilar, metrologik va boshqa qoidalar va me`yorlar.

Yüklə 225,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə