Va standartlar boʻyicha davlat standartlarni ishlab chiqish tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish Reja: va 6 Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish tartib qoidalari


Texnikaviy shartlarni ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va



Yüklə 225,79 Kb.
səhifə4/5
tarix01.10.2023
ölçüsü225,79 Kb.
#125148
1   2   3   4   5
1 1 va 1 6 standartlar boʻyicha davlat standartlarni ishlab chiqish

3.Texnikaviy shartlarni ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi.

Standartlarni har xil tashkilotlar mutaxassislarining ishchi guruhlari tomonidan ishlab chiqishga ruxsat etiladi.
Standartning bir necha tashkiliy tomonidan ishlab chiqilishida, etakchi ishlab chiquvchi tashkilot hamkorlikda ish bajaruvchi har bir tashkilot bilan ish ko’lami va muddatlarini belgilaydi. Etakchi ishlab chiqaruvchi tashkilot standart loyihasini o’z vaqtida ishlab chiqishga, hamkorlikda ish bajaruvchi tashkilotlar o’zlariga topshirilgan ishlarni (vazifalarni) o’z vaqtida bajarilishiga javobgar hisoblanadi.
Standart loyihasining mazmuni va texnik-iqtisodiy tomonidan asoslanganligi, ko’rsatkichlarining me’yor va talablarini fan va texnikaning hozirgi yutuqlarga mos kelishiga standartni ishlab chiquvchi va tasdiqlovchi tashkilot javob beradi.
Respublikada me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlashga taqdim etish va tasdiqlash, joriy etish, amalda standartlarni qayta ko’rish, o’zgartirishlar kiritish va bekor qilish qoida va tartiblari O’zDSt 1.4:1998 standart talablari asosida amalga oshiriladi.
Standartlarni ishlab chiqish to’rt bosqichdan iborat bo’ladi. Birinchi bosqichda texnik topshiriq, ikkinchi bosqichda - standart loyihasi (birinchi tahriri) tayyorlanadi va fikr-mulohazalar olish uchun yuboriladi, uchinchi bosqichda - fikr mulohazalar va standartlarning oxirgi tahriri ustida ishlanib standartning oxirgi tahriri tayyorlanadi hamda tasdiqlashga taqdim ztiladi, to’rtinchi bosqichda esa standart tasdiqlanadi va davlat ro’yxatidan o’tkaziladi. Standart uchun texnik topshiriq, faqat zarurat tug’ilganda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Qolgan holarda birdaniga standart loyihasining birinchi tahriri ishlab chiqiladi.



Standart loyihasi texnik qo’mita ish rejasi, tasdiqlangan standartlashtirish jadvali, yangi mahsulot turlarini yaratish rejasi, manfaatdor tashkilotlar taklifi va boshqa ishlab chiqaruvchi korxonalarning tashabbusiga asosan ishlab chiqiladi.
Agar standart loyihasini ishlab chiqish jarayonida muomaladagi o’zaro bog’liq bo’lgan me’yoriy hujjatlarni qayta ko’rib chiqish, o’zgartirish yoki bekor qilish lozim topilsa, u holda etakchi ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan me’yoriy hujjatlarni ko’rib chiqish, o’zgartirish yoki bekor qilish bo’yicha asoslangan takliflar tayyorlanadi va ular asosiy tadbirlar rejasiga kiritiladi.
Standart loyihasini ishlab chiqishda uning toifasi, turi va bo’lishi zarur bo’lgan elementlari e’tiborga olinadi va ular qo’yidagilarni o’z ichiga oladi:

  • titul varag’i;

  • so’z boshi;

  • kirish qismi;

  • mundarija;

  • standartning nomi;

  • qo’llanish doirasi; - me’yoriy havolalar;

  • umumiy qoidalar;

  • belgilanish va kisqartirishlar;

  • talablar (me’yorlar);

  • ilovalar va biografik ma’lumotlar.

Standart loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda standart loyihasiga tushuntirish xati ham to’ziladi va maqullansa standartni joriy qilish bo’yicha asosiy tashkiliy-texnik tadbirlar rejasining loyihasi ishlab chiqiladi.
Tushuntirish xatida standart toifasi va to’liq nomi, standart loyihasi tahririning tartib raqami va standartni ishlab chiqish bosqichlari to’g’risida ma’lumotlar beriladi. Tushuntirish xatida ko’rsatilishi bo’yicha standart loyihasining bo’limlari qo’yidagilardan iborat bo’ladi:

  • standartni ishlab chiqish uchun asos;

  • standartni ishlab chiqish maqsadi va vazifalari;

  • standartlashtirish ob’ektining tavsifi;

  • standartning ilmiy-texnik darajasi;

  • standartni joriy qilishdagi texnik-iqtisodiy samaradorligi;

  • standartni joriy qilish, harakatga kiritish va nazorat qilish;

  • boshqa me’yoriy hujjatlar bilan o’zaro bog’liqligi;

  • fikr-mulohazalar olish uchun yuborilganligi to’g’risida ma’lumot;

  • kelishilganligi to’g’risida ma’lumot; - axborot manbalari;

  • qo’shimcha ma’lumotlar.

Tushuntirish xati standart loyihasining har bir tahririga to’ziladi.
Agar ishlab chiqarilayotgan standart loyihasi standartlashtirish rejasiga kiritilmagan bo’lsa, u holda yuqori idoraning ushbu standartni ishlab chiqish uchun asos qilib olingan hujjati asos bo’ladi. Shuning bilan birgalikda standart loyihasi kelishishni talab etmasa, u holda tushuntirish xatida standartning kelishilishi shart emasligi ko’rsatiladi va asoslab beriladi.
Standart loyihasiga tushuntirish xatining oxirgi varag’ida standartni ishlab chiquvchi etakchi tashkilot (korxona) rahbarining o’rinbosari, standart loyihasini ishlab chiquvchi rahbar va hamkorlikda bajaruvchi tashkilotlar rahbarlarining imzolari bo’lishi kerak.
Standart loyihasiga tushuntirish xati va asosiy tadbirlar rejasi loyihasini fikrmulohazalar olish uchun yuborishdan oldin kerak bo’lgan ilmiy-texnik kengash yoki etakchi ishlab chiquvchi tashkilotning texnik kengashida buyurtmachitashkilot (asosiy iste’molchi) vakilining ishtirokida ko’rib chiqiladi. So’ngra standart loyihasiga tushuntirish xatining asosiy tadbirlar rejasi loyihalar bilan birgalikla ko’paytirilib, fikr-mulohazalar olish uchun qo’yidagi manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi:

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati






  1. Yüklə 225,79 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə