Va standartlar boʻyicha davlat standartlarni ishlab chiqish tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish Reja: va 6 Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish tartib qoidalari



Yüklə 225,79 Kb.
səhifə2/5
tarix01.10.2023
ölçüsü225,79 Kb.
#125148
1   2   3   4   5
1 1 va 1 6 standartlar boʻyicha davlat standartlarni ishlab chiqish

Standartlashtirish obektlarining xususiyatlari va ularga qо‘yiladigan talablarga qarab me`yoriy hujjatlarning quyidagi turlari ishlab chiqiladi:
1) asos bо‘luvchi; 2) mahsulotga:
3) jarayonlarga; 4) tekshirish (sinash, о‘lchash, tahlil qilish) usullariga.
Asos bo‘luvchi me`yoriy hujjatlar ma’lum faoliyat doirasi va umumtexnikaviy talablar uchun, maxsulotni yaratish va undan foydalanish jarayonlarida tabiatni, mexnatni muhofaza qilishda о‘zaro tushunish, texnikaviy hamjixatlik, о‘zaro bog‘liqlikni ta’minlaydigan umumiy usuliyatli qoidalarni belgilaydi.
Maxsulot me’yoriy hujjatlari bir turdagi yoki aniq maxsulotlar uchun talabalarni belgilaydi. Jarayonlar me`yoriy hujjatlari maxsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, saqlash, tashish, transportda tashish, foydalanish, ta’mirlash va о‘tillashtirish, texnologik jarayonlardagi turli ishlarni bajarishdagi usullariga (rejim, usul, me`yor, tartib) talablarni belgilaydi.
Tekshirish usullariga oid me`yoriy hujjatlar maxsulotni yaratish, sertifikatlashtirish va undan foydalanish (qо‘llash)da uni sinash, о‘lchash qilish usullarini belgilaydi.
Standartlarni ishlab chiqish tartibi. Standartni ishlab chiqishda tashkiliy – usuliy birlikka erishish maqsadida hamda standartni ishlab chiqish bosqichlari bajarilishini nazorat qilish uchun 4 bosqich joriy etiladi (8.1 – rasm).

1 – rasm. Standartni ishlab chiqish bosqichlari.
Standartlarni ishlab chiqish bosqichlarini bir – biri bilan qo‘shib olib borishga yo‘l qo‘yiladi.
Standart loyihasi TQ ish rejasiga, tasdiqlangan standartlashtirish jadvaliga, yangi mahsulot turlarini yaratish rejasiga, manfaatdor tashkilotlar taklifi va ishlab chiquvchi korxonalarning tashabbusiga binoan ishlab chiqiladi.
Standart loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda standart loyihasiga tushuntirish xati ham tuziladi va lozim topilsa standartni joriy qilish bo‘yicha asosiy tashkiliy – texnikaviy tadbirlar rejasining loyihasi ishlab chiqiladi (keyinchalik asosiy tadbirlar rejasining loyihasi deb yuritiladi).
Standart loyihasi tushuntirish xati va asosiy tadbirlar rejasi loyixasi bilan birgalikda ko‘paytiriladi va ro‘yxat bo‘yicha hamma manfaatdor tashkilotlarga fikr – mulohazalar olish uchun yuboriladi.
Standart loyihasi korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilganidan so‘ng o‘z fikr – mulohazalarini tuzib, standartni ishlab chiquvchi tashkilotga qabul qilgan kundan boshlab 15 kun ichida, kechiktirmasdan yuboradilar.
Fikr – mulohazalar ustida ishlash, standart loyihasini ishlab chiqish (so‘nggi tahriri), kelishish va uni tasdiqlashga taqdim etish.
Korxona va tashkilotlar tomonidan yuborilgan standart loyihasi bo‘yicha fikr – mulohazalar qayta ishlanib, ular asosida fikr – mulohazalar majmui tuziladi.
Yetakchi ishlab chiquvchi tashkilot tuzilgan fikr – mulohazalar majmuiga binoan standart loyihasining so‘nggi tahririni ishlab chiqadi hamda tushuntirish xatini va asosiy tadbirlar rejasining loyihasini aniqlaydi.
Ishlab chiquvchi tashkilot bilan boshqa manfaatdor tashkilotlar orasida standart loyihasi yoki asosiy tadbirlar rejasi loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklar bo‘lsa, yetakchi ishlab chiquvchi tashkilot kelishmovchiliklarni muhokama qilish uchun kengash o‘tkazadi.
Kengashga ko‘rib chiqilgan standart loyihasi bo‘yicha va qaror qabul qilish vakolati berilgan asosiy manfaatdor tashkilotlarning va buyurtmachilar (asosiy iste’molchilar)ning vakillari taklif etiladi. Ushbu kengashda ko‘rib chiqilayotgan masalalarning har taraflama muhokama qilinishi va bu masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinishini ta’minlanish lozim bo‘ladi.
Yetakchi ishlab chiquvchi tashkilot kengash qatnashchilariga munozarali masalalar bo‘yicha fikr – mulohazalar majmuidan ko‘chirmalar yuboradi. Kengash taklifnomalarini uning qatnashchilariga kengash boshlanishiga kamida 10 kun qolganda oladigan qilib yuboriladi.
Kengash qarori uning qatnashchilari imzo chekan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada yoki unga ilova qilingan alohida ro‘yxatga kengash ishtirokchisining har birining familiyasini, ismi, otasining ismi va mansabi (tashkilotning nomini qo‘shib) ko‘rsatiladi.
Kengashda qabul qilingan qarorga binoan, standart, loyihasining so‘nggi tahriri tuziladi hamda tushuntirish xati va asosiy tadbirlar rejasining loyihasi aniqlanadi. Bundan tashqari, agar standart loyihasida Davlat nazorati, kasaba uyushmasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyati doirasiga taalluqli talablar qo‘yilgan bo‘lsa, loyiha ushbu idoralar bilan ham kelishib olinishi kerak.
Chet elga chiqariladigan mahsulotlarning standartlari esa GOST 122 – 85 bo‘yicha kelishib olinadi.
Standart loyihasi yuzasidan tashkilotlar o‘rtasida davom etayotgan kelishmovchiliklar bo‘yicha O‘zstandart Agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi, sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zlariga yuklatilgan faoliyat turlari to‘g‘risida so‘nggi qarorni qabul qiladi.
Standartga o‘zgartirish kiritilganda, agar u ilgari, kelishib olingan tashkilotlarning manfaatlariga mo‘nelik qilmasa, o‘zgartirish faqat buyurtmachi (asosiy iste’molchi) bilan kelishiladi. Standartni bekor qilish yoki joriy etish vaqtini cho‘zish bo‘yicha faqat buyurtmachi (asosiy iste’molchi) bilan kelishiladi.


Yüklə 225,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə