Umumiy qoidalar Departamentning asosiy vazifalari va funksiyalari Departamentning huquqlari va javobgarligi


Departamentning asosiy vazifalari va funksiyalari



Yüklə 37,78 Kb.
səhifə2/2
tarix30.12.2023
ölçüsü37,78 Kb.
#164247
1   2
1483464015 66999

Departamentning asosiy vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
budjet tizimi budjetlari mablag‘larini talon-toroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish, davlat xaridlarida narxlarni oshirib yuborish, davlat organlari va tashkilotlarda debitor hamda kreditor qarzdorlikning asossiz ortishi holatlarini aniqlash, yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha choralar ko‘rish;
yoqilg‘i-energetika kompleksida, ijtimoiy, bank-moliya, soliq, transport va qurilish sohalarida iqtisodiy jinoyatlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
davlat manfaatlariga zid ravishda bitimlar tuzish holatlariga qarshi kurashish, chet el valyutasi mablag‘larini g‘ayrihuquqiy ravishda chiqib ketishi, olib kirish va olib chiqish, ularning noqonuniy muomalasi, “xufyona iqtisodiyot” shakllanishining turli sxemalari va kanallarini aniqlash;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini samarali ijro etilishini ta’minlash;
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar narxlarini manipulatsiya qilish, ularga bo‘lgan sun’iy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirish, shuningdek, sifatsiz yoxud qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari muomalaga chiqarilishi bilan bog‘liq g‘ayrihuquqiy harakatlarga qarshi kurashish;
iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha chet davlatlarining vakolatli organlari, xalqaro ixtisoslashgan va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va axborot ayirboshlash, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish;
iqtisodiy jinoyatlarga va korrupsiyaga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni kompleks tahlil qilish, qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
iqtisodiy va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni, terrorizmni moliyalashtirishni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishni oldini olish bo‘yicha keng tushuntirish va profilaktika ishlarini amalga oshirish.
11. Departament o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
2) budjet tizimi budjetlari mablag‘larini talon-toroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish, davlat xaridlarida narxlarni oshirib yuborish, davlat organlari va tashkilotlarda debitor hamda kreditor qarzdorlikning asossiz ortishi holatlarini aniqlash, yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha choralar ko‘rish sohasida:
davlat tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilar tomonidan budjet tizimi budjetlari mablag‘larini rastrata qilish, talon-toroj qilish, kamomadlar, noqonuniy sarf qilish, davlat xaridlarida narxlarni oshirish, debitor va kreditor qarzdorliklarni asossiz orttirish holatlarini aniqlash va oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radi;
davlat tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilar faoliyatini tekshirish va taftish qilish jarayonida mol-mulk xatlovini, bajarilgan ishlarning nazorat o‘lchovlarini o‘tkazadi;
3) yoqilg‘i-energetika kompleksida, ijtimoiy, bank-moliya, soliq, transport va qurilish sohalarida iqtisodiy jinoyatlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish sohasida:
a) yoqilg‘i-energetika kompleksining quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya holatlarini aniqlaydi va chek qo‘yadi:
eksport salohiyatini rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish va ichki bozorni mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar va butlovchi buyumlar bilan to‘ldirish, tovarlar va mahsulotlarni import qilish, budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish;
xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish, yoqilg‘i-energetika va geologiya-qidiruv tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb etish;
ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, muqobil energiya ulushi ko‘payishini ta’minlash;
yer qa’rini geologik tadqiq qilish, yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish samaradorligini oshirish, qidiruv va razvedka ishlarini o‘tkazish;
b) ijtimoiy sohaning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya holatlarini aniqlaydi va chek qo‘yadi:
tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik ta’minlash, o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, dori vositalari va tibbiyot buyumlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning davlat tomonidan narxlarni tartibga solishning belgilangan tartibiga rioya etishi;
oliy ta’lim muassasalariga kirish va ta’lim olish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ta’lim muassasalarini oziq-ovqat mahsulotlari va jihozlar bilan ta’minlash, sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
ijtimoiy himoyaga muhtoj va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarning, shu jumladan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashni tashkillashtirish;
aholining kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy himoya qilish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash;
v) bank-moliya va soliq sohalarining quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya holatlarini aniqlaydi va chek qo‘yadi:
bank-moliya va soliq qonunchiligiga rioya etish, budjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish, budjet qoidalari, shuningdek, budjet va smeta-shtat intizomiga rioya etish;
kredit ajratish, boshqa moliyaviy xizmatlarni taqdim etish, donor mamlakatlar, xalqaro, chet el hukumati va nohukumati tashkilotlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida taqdim etiladigan chet el grantlari, shuningdek, davlat kafolati ostida jalb qilinadigan chet el kreditlaridan maqsadli foydalanish;
bank-moliya muassasalari va sug‘urta kompaniyalarining mahalliylashtirish dasturlari, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bilan ta’minlash va eksport salohiyatini rivojlantirishda ishtirok etishi;
g) qurilish va transport sohalarining quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya holatlarini aniqlaydi va chek qo‘yadi:
qurilish uchun ajratilgan yerlardan oqilona foydalanish, geodeziya va kartografiya faoliyati, davlat kadastrini yuritish, obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashda texnika shartlari va reglamentlariga rioya etish, uy-joy va yo‘l qurilish dasturlari ijrosi;
mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bilan ta’minlash va eksport salohiyatini rivojlantirish;
fuqarolarga, birinchi navbatda, yosh oilalarga va yetim bolalarga arzon uy-joylar ajratilishi, namunaviy loyihalar bo‘yicha sifatli uy-joy qurilishini ta’minlash;
mahalliy, respublika va xalqaro ahamiyatga molik avtomobil, temiryo‘l yo‘llari, mahalliy va xalqaro aeroportlarni qurish va rekonstruksiya qilish;
transport sohasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, avtomobil, temiryo‘l va havo transportida yuklarni va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlarning daraja va sifatini oshirish, xalqaro logistika markazlarini tashkil etish;
4) davlat manfaatlariga zid ravishda bitimlar tuzish holatlariga qarshi kurashish, chet el valyutasi mablag‘larini g‘ayrihuquqiy ravishda chiqib ketishi, olib kirish va olib chiqish, ularning noqonuniy muomalasi, “xufyona iqtisodiyot” shakllanishining turli sxemalari va kanallarini aniqlash sohasida:
davlat tashkilotlari va budjet mablag‘larini oluvchilar tomonidan davlat manfaatlariga zid ravishda bitimlar tuzish holatlariga qarshi kurashadi;
valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar bilan birgalikda chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirishdagi huquqbuzarliklarni aniqlash, bartaraf etish, oldini olish va profilaktika qilish choralarini ko‘radi;
chet el valyutasi mablag‘larining g‘ayrihuquqiy chiqib ketishi, olib kirilishi va olib chiqilishi, ularni noqonuniy muomalada bo‘lish kanallarini o‘rganadi va aniqlaydi;
“xufyona iqtisodiyot” shakllanishining holatlarini aniqlash bo‘yicha choralar ko‘radi, yashirin ishlab chiqarish, kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish faoliyatiga chek qo‘yadi;
5) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini samarali ijro etilishini ta’minlash sohasida:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish alomatlarini aniqlash maqsadida pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni tizimli monitoringi va moliyaviy tahlilini olib boradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq ma’lumotlar va axborotni almashish hamda yuborish bo‘yicha hamkorlik tartibini huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan birgalikda belgilaydi;
terrorizmga, ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlardan rasmiy kanallar orqali olingan ma’lumotlar asosida terrorchilik faoliyatida yoxud ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning ro‘yxatini shakllantirish va yuritishni amalga oshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
yetarli asoslar mavjud bo‘lgan hollarda iqtisodiy jinoyatlarni sodir etishda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishda, terrorizmni moliyalashtirishda va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishda ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish choralarini ko‘radi;
ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish xavflarini baholashni tashkillashtirish bo‘yicha choralarni ko‘radi;
jalb etilgan vazirlik va idoralarning ishini muvofiqlashtiradi, xavflarni (tavakkalchiliklarni) baholash orqali jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimining samarali ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi muammo va kamchiliklarni tizimli tahlil qiladi, ularni kamaytirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlardan kelib tushadigan shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni qabul qiladi, qayta ishlaydi va ma’lumotlar bazalarini shakllantiradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni takomillashtirish uchun ilg‘or dasturiy mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
6) ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar narxlarini manipulatsiya qilish, ularga bo‘lgan sun’iy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirish, shuningdek, sifatsiz yoxud qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari muomalaga chiqarilishi bilan bog‘liq g‘ayrihuquqiy harakatlarga qarshi kurashish sohasida:
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlariga (mahalliy ishlab chiqarilgan o‘simlik yog‘i va un, go‘sht, shakar), shuningdek, paxta shroti va sheluxasiga bo‘lgan narx-navoni asossiz va sun’iy oshirishga, ularga bo‘lgan tanqislik va ajiotaj talabning vujudga keltirishga qaratilgan g‘ayrihuquqiy harakatlarni aniqlash va oldini olish choralarini ko‘radi;
markazlashtirilgan resurslar hisobidan oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasini xarid qilish, yetkazib berish va sotishda korrupsiyaga qarshi kurashadi;
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlariga, shuningdek, paxta shroti va sheluxasini sotishda narx-navoni shakllantirishning belgilangan mexanizmlariga rioya etilishini aniqlangan qonun buzilishlari bo‘yicha materiallarni qonun hujjatlariga muvofiq chora ko‘rish uchun vakolatli organlarga yo‘naltirgan holda tizimli o‘rganadi;
nazorat qiluvchi organlar xodimlari va bozor ma’muriyati tomonidan korrupsiya holatlari, ularning bozorlar faoliyatini tashkil etishning belgilangan tartibiga rioya etilishini ta’minlamaslik, shu jumladan narx-navolarni asossiz va sun’iy oshirish, ularning hududida noqonuniy faoliyat yuritayotgan shaxslarga nisbatan choralar ko‘rmaslik holatlarini aniqlash choralarini ko‘radi;
sifatsiz yoxud qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini muomalasini aniqlaydi va chek qo‘yadi;
7) iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha chet davlatlarining vakolatli organlari, xalqaro ixtisoslashgan va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va axborot ayirboshlash, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida:
xalqaro ixtisoslashgan va boshqa tashkilotlar bilan iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi;
Yüklə 37,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə