Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]



Yüklə 149 Kb.
səhifə5/21
tarix12.06.2023
ölçüsü149 Kb.
#116805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
404 15.05.2019

Oldingi tahrirga qarang.
davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va ularning tarkibidagi korxonalar to‘g‘risidagi hisobotlar va axborot, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan idoralararo elektron hujjat aylanishi vositasida olinadigan hisobotlar asosida tahlil va monitoring qiladi;

davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari tomonidan ularning veb-saytlariga qo‘yiladigan talablarga rioya etilishini nazorat qiladi va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumot kiritib boradi;


davlat manfaatlarini ta’minlagan holda, shu jumladan davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) ishonchli boshqaruvga berish orqali investitsiya faoliyatini amalga oshirish sohasida:
davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) tanlov asosida ishonchli boshqaruvga beradi;
davlat aksiya paketlarining (ulushlarining) ishonchli boshqaruvchilar xizmatlariga ularning faoliyati uchun belgilangan tartibda haq to‘lashni tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ishtirokidagi korxonalarning korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun savolnomani ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, tijorat banklari bundan mustasno;
ishonchli boshqaruvga berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlari) mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari kun tartibiga kiritilgan qonun hujjatlarida belgilangan masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi;
davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvchilari faoliyati yuzasidan hisobotlarni oladi va tahlil qiladi;
davlat ishtirokidagi korxonalarning obligatsiya va aksiyalarini chiqarish va realizatsiya qilishni tashkil etish, shu jumladan mahalliy va xorijiy fond birjalarida ommaviy joylashtirish (IPO/SPO) hisobiga, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, shuningdek portfel investitsiyalarni jalb qilish sohasida:
davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari aksiyalarini mahalliy va xorijiy fond birjalarida ommaviy joylashtirish (IPO/SPO) tashabbusi bilan chiqadi;
mahalliy va xorijiy investorlarni xususiylashtirilayotgan davlat aktivlariga jalb etish maqsadida reklama-axborot ishlarini amalga oshiradi;
davlat aktivlarining investitsion jalb etuvchanligini oshirish yo‘li bilan xususiylashtirish jarayoniga ko‘maklashadi;
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnologik qayta jihozlash va kengaytirish jarayonlariga zarur investitsiyalarni jalb etish uchun xo‘jalik jamiyatlarining obligatsiyalarini chiqarish tashabbusi bilan chiqadi;
davlat aktivlarini realizatsiya qilish (xususiylashtirish),ijaraga berishning ochiq va shaffof mexanizmini ta’minlash, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring qilish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish sohasida:
davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirishdan oldin tayyorlashning, shu jumladan ularning jozibadorligini oshirishni ko‘zda tutuvchi samarali mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha xorijiy, xalqaro institutlar va kompaniyalar bilan samarali ishlashni tashkil etish;
xususiylashtirish obyektlarini sotishdan oldin tayyorlashni amalga oshiradi va xususiylashtirishning, shu jumladan iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korxonalarining, aniq investitsiya majburiyatlari evaziga “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilingan obyektlarni xususiylashtirishning shartnomaviy shartlarini belgilaydi;
xususiylashtirish obyektlarining oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha Agentlik tomonidan tuziladigan bitimlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi, shu jumladan investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringini olib boradi;
manfaatdor davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarini jalb etgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tasdiqlanadigan xususiylashtirish bo‘yicha davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashlari qarorlari bo‘yicha sotiladigan davlat mulki obyektlaridan tashqari, xususiylashtirish obyektlarining sotuvchisi funksiyasini amalga oshiradi, ularning boshlang‘ich sotuv narxini, investitsiyalar hajmini, savdolarning turi va shartlarini belgilaydi, shu jumladan davlatga tegishli qimmatli qog‘ozlarni mustaqil ravishda yoki shartnoma asosida jalb etiladigan mahalliy va xorijiy investitsiya vositachilari orqali ichki va xalqaro bozorlarda, birja savdolari va birjadan tashqari savdolarda sotadi;
ustav kapitaliga berilgan obyektlardan va (yoki) erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalar joylashgan obyektlardan tashqari, yangi mulkdorga xususiylashtirilgan obyektga mulk huquqini tasdiqlovchi order (sertifikat) beradi, shuningdek, xaridorning xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga uning tomonidan sotib olingan aksiyalarni o‘tkazishga (razblokirovka qilishga) depo topshirig‘ini taqdim etadi;
xususiylashtirish bilan bog‘liq jarayonlarni tahlil qiladi hamda xususiy mulkdorlar tomonidan xususiylashtirish obyektlari sotilishining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydigan xususiylashtirishning yangi shakllari va usullarini joriy etish, shu jumladan mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi;
davlat korxonalari va muassasalarining, shuningdek, davlat korxonalari va muassasalarini xususiylashtirish jarayonida tashkil etiladigan xo‘jalik jamiyatlarining O‘zbekiston Respublikasi nomidan muassisi bo‘ladi;
davlat korxonalari va muassasalarini, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarini, shu jumladan chet eldagi va davlat nomidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari ish ko‘radigan xo‘jalik jamiyatlarini hisobga oladi (xatlovdan o‘tkazish va hisobga olish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan yuritiladigan mol-mulk bundan mustasno);
davlat aksiyalar paketlarini (ulushlarni) va boshqa mol-mulkni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladigan va faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlariga kiritadi;
davlat mulki bo‘lgan mol-mulkning ijaraga beruvchisi bo‘ladi, ushbu vakolatlarni amalga oshirish huquqi boshqa davlat organlari va tashkilotlariga berilgan hollar bundan mustasno;
davlat mulki bo‘lgan mol-mulkni ijaraga berishning ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydigan ijaraga berishning yangi usullarini joriy etish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
davlat korxonalariga davlat mulkini berish bo‘yicha davlat korxonalari tashkil etilishining kelishilishini amalga oshiradi;
tahlil asosida davlat ishtirokidagi faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni aniqlash, ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
belgilangan tartibda davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy ahvoliga oid ma’lumotlar elektron bazasini shakllantiradi va shu asosda faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor davlat ishtirokidagi korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qiladi;
tahlil natijalari yuzasidan moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” — dasturlarini (keyingi o‘rinlarda “yo‘l xaritalari” deb ataladi) ishlab chiqish taklif etiladigan korxonalar ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
“yo‘l xaritalari” loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
“yo‘l xaritalari”ning bajarilishi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish orqali ularning amalga oshirilishini monitoring qiladi;
“yo‘l xaritalari”ning bajarilishida korxonalarga ko‘maklashadi;
“yo‘l xaritalari”ni bajarilishida davlat organlariga va tegishli tashkilotlarga yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni hal qilishga ko‘maklashish yuzasidan iltimosnoma yuboradi, shuningdek iltimosnoma bajarilmagan taqdirda bajarilishi majburiy bo‘lgan talabnoma yuboradi;
to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega bo‘lmagan iqtisodiy nochor davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlariga nisbatan o‘rnatilgan tartibda jamiyatlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushlarini sotish yoki bankrotlik taomillarini qo‘llash bo‘yicha taklif ishlab chiqadi;
bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bor korxonalarning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etadi;
sud boshqaruvchilari attestatsiyasini o‘tkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish, ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishib oladi;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish holati, shuningdek, bunday korxonalarning bankrotligi taomillari jarayonini nazorat qiladi;
sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda, uni vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat ishtirokidagi korxonalarda samarali dividend siyosatini olib borish sohasida:
manfaatdor davlat organlari, ishonchli boshqaruvchilar bilan birgalikda ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida samarali dividend siyosatini amalga oshirishda qatnashadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti asosiy parametrlarini tayyorlash jarayonida Agentlikka egalik qilish va foydalanish uchun berilgan davlat ulushlari yuzasidan yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘lanadigan dividendlar prognoz ko‘rsatkichlarini hisobot yilining 1-dekabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;
Agentlikka egalik qilish va foydalanish uchun berilgan davlat ulushlari bo‘yicha dividendlarni (ajratmalarni) xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to‘lanishini ta’minlashda Davlat soliq qo‘mitasiga ko‘maklashadi.
Agentlik va uning hududiy boshqarmalari muassis hisoblangan davlat korxonalari, jumladan, davlat mulkini ijaraga berish markazlari sof foydasining bir qismi yoki hammasini oladi.
baholash faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishini ta’minlash, mol-mulkni baholash standartlarini tasdiqlash, shuningdek, rieltorlarni sertifikatlashtirish sohasida:
baholash faoliyatini litsenziyalaydi;
baholovchilar va rieltorlarga malaka talablarini belgilaydi, ularga malaka sertifikatlari beradi;
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
baholash litsenziyalari hamda baholovchilar va rieltorlarning malaka sertifikatlari reyestrini yuritadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
maxsus vakolatli davlat organi bilan birga rieltorlik tashkilotlari uchun ichki nazorat qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi;
rieltorlik tashkilotlari faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni baholaydi, tahlil qiladi va o‘rganadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir choralar ko‘radi;
belgilangan tartibda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevrosiyo guruhi to‘g‘risidagi Bitimdan kelib chiquvchi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qo‘llaydi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə